Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr)


"iqtisodiy mo"jiza"si, "katta sakrash"



Yüklə 456,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix18.02.2022
ölçüsü456,74 Kb.
#52774
1   2   3   4   5   6
5 MAVZU TTI

"iqtisodiy mo"jiza"si, "katta sakrash". 

Asosiy sabollar 

15.1.  Yaponiyada harbiy sohaning rivoji va urushdan keyingi qiyinchiliklar 

15.2.  Ikkinchi jahon urushidan oldin va urush davrida iqtisodiyotning harbiylashtirilishi 

15.3.  Urushdan  keyingi  ijtimoiy-iqtisodiy  o'zgarishlar.  Dzaybaysu

2

larni  qayta  tashkil 



etish. 

15.4.  Yapon "iqtisodiy mo"jiza"si va uning sabablari 

15.5.  Tashqi iqtisodiy aloqalar 

15.6.  Osiyocha ishlab chiqarish usullari va ularning parchalanishi 

15.7.  Xitoyda revolyutsion o'zgarishlar va "katta sakrash" 

15.8 


. Iqtisodiy islohotlar 

 

Yaponiyada harbiy sohaning rivoji va urushdan keyingi qiyinchiliklar 



Birinchi jahon urushida Yaponiya Antanta tarkibida urush olib bordi. Uning Germaniya 

bilan  kelishmovchiligi  yo'q  edi,  lekin  Antanta  tomonida  urushish  afzalroq  edi:  Germaniyaning 

Uzoq Shar- qda harbiy qo'shinlari yo'q edi, lekin tortib olish mumkin bo'lgan mustamlakalari bor 

edi. Agar Yaponiya Antantaga qarshi urush- ganda u Rossiyaga qarshi urushishi kerak edi. 

Yaponiya  Angliya  oldidagi  ittifoqdoshlik  majburiyatiga  rioya  qilib  urushga  kirishdi. 

Angliya  shartnoma  haqiqatda  ham  bor  edi,  lekin  u  Yaponiyani  Angliya  tarafida  urushishga 

                     

2

 Dzaybaysu - (yap.MH, mulk) - "pullik klan" yoki konglomerat i anglatuvchi yaponcha termin. 




 

majburlamas  edi.  Angliya  hukumati  Yaponiyani  urushda  qatnashishi  nemis  mus-  tamlakalarini 



bosib  olinishga  olib  kelishini  tushungandan  so'ng  Yaponiyani  urushda  qatnashishdan  voz 

kechishini talab qilgan, lekin natija bo'lmagan. 

Yaponiya  urushda  nominal  ravishda  qatnashgan  bo'lsa  ham  o'ziga  yaqin  bo'lgan 

Germaniya mustamlakalarini (Shandundagi konsessiya, Tinch okeanidagi Mariana, Karolina va 

Marshall orol- lari) muvaffaqiyatli bosib oldi. 

Shu bilan urushdan olingan foydalar cheklanmagan. Urush davrida Yevropa mamlakatlari 

o'z tovarlarini osiyo bozorlariga olib kelishni to'xtatishdi va Yaponiya shoshilinch ravishda ushbu 

bo- zorlarni o'zlashtirishni boshladi. Yaponiyada eksport 3 marotaba o'sdi, sanoat ishlab chiqarishi 

esa  5  marotaba.  Eksport  kambag'al  Yaponiyaga  oltin  oqib  kelishini  ta'minladi,  urush  davrida 

Yaponiya oltin zaxirasi deyarli 7 marotaba o'sdi. 

Urushdan keyingi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar. Dzaybaysularni qayta tashkil etish. 

Urushdan  so'ng  amerika  qo'shinlari  tomonidan  okkupatsiya  qilingan  Yaponiyada 

militarizm-fashizm  tartiblarini  yo'q  qilishga  qaratilgan  islohotlar  amalga  oshirildi.  Iqtisodiy 

jihatdan ikkita islohot muhim edi. 

Birinchisi:  1945  yilda  dzaybatsularni  yo'q  qilish  to'g'risida  qonun  qabul  qilindi.  Lekin 

hanuzgacha  Yaponiyaning  yetakchi  moliya  guruhlari  tarkibida  Mitsui,  Mitsubisi,  Sumimotolar 

mavjud. Bun- ing sabablari: qonun loyihasini guruhlarning birini rahbari Yasuda ishlab chiqqan 

edi. Keyinchalik ushbu loyiha boshqa guruhlar tomonidan ma'qullangan va shundan so'ng davlat 

tomonidan  qabul  qilindi.  Ushbu  qonun  bilan  guruhlarning  bosh  xolding-kompani-  yalari  yo'q 

qilindi. Natijada guruhlarni boshqarish funksiyasi banklarga o'tdi. Gap shundaki, har bir dzaybatsu 

tarkibida  guruh  nomi  bilan  nomlanuvchi  bank  mavjud  edi  (Mitsui  Banki,  Mitsubisi  Banki  va 

boshq).  Bu  banklarning  nomlari  o'zgartirilgan  edi,  lekin  ular  keyinchalik  avvalgi  nomlarini 

tiklashdi, Yasuda bankidan tashqari, chunki uning nomi yaponlarning muqaddas tog'i Fudzi nomi 

bilan  nomlangan  edi.  Guruhlar  oilaviylik  xarakterini  yo'qotib  bordi:  banklar  xoldinglar  kabi 

oilaviy mulk emas edi. Moliya guruhlarining oilaviy xarakterini yo'qotishi umumiy qonuniyatdir. 

Undan  tashqari,  yetakchi  sanoat  kompaniyalari  1945  yildagi  qonunga  binoan  (huddi 

Germaniyadagi kabi) parchalanib tash- langan edi. Lekin keyinchalik ular birlashib ketish asosida 

avvalgi holatiga qaytib kelishdi. 

Yapon "iqtisodiy mo''jiza"si va uning sabablari 

Ikkinchi  jahon  urushi  oxiriga  kelib  sanoat  ishlab  chiqarishi  urushdan  oldingi  davrga 

nisbatan  10  barobar  qisqargan  edi.  Shu  sababdan,  bu  yerda  tiklanish  jarayoni  boshqa 

mamlakatlarga nisbatan uzoqroq davom etdi: urushdan oldingi darajaga 1952 yilda erishildi. Lekin 

bu  yerda  boshqa  narsa  muhim  edi:  tiklanish  eski  texnik  asosda  amalga  oshirildi,  ya'ni  boshqa 

mamlakatlardagi kabi texnik yangilanish bu yerda amalga oshirilmagan edi. Yapon sanoatchilari, 

huddi avvalgidek, arzon ish kuchi bilan yutib chiqish niyatida edi va katta kapital va yuqori texnika 

talab etmasdan ko'p jonli mehnat talab qiladigan tarmoqlarni tiklashar edi. 

Osiyocha ishlab chiqarish usullari va ularning parchalanishi 

Xitoy osiyocha ishlab chiqarish usulidan foydalanadigan qadimgi  davlatlardan biridir va 

ushbu rivojlanish usulining oqi- batlari sotsializm qurishdagi "katta sakrash" va "madaniy inqilob" 

kabi jarayonlarda o'z aksini topdi. 

Osiyocha usulning asosiy belgisi - yer davlat mulki ekanligidir va bu holat Xitoyning butun 

tarixida  o'zgarmasdan  qolgandi.  Dav-  latning  yeri  dehqonlar  o'rtasida  yerdan  foydalanish 

tamoyilidan kelib chiqib taqsimlanar edi. 

Avvaliga bu tizim "quduqli dalalar" tizimi edi. Uning bunday nomlanishiga sabab dalalarni 

joylashuv sxemasi "quduq" iero- glifini eslatar edi. 8 ta oiladan iborat jamoa a'zolari chekkalar- 

da joylashgan o'z dalalariga ishlov berishdan tashqari markazda joylashgan umumiy maydonga 

ishlov  berishlari  kerak  edi.  Uning  hosili  hukmdorga  topshirilardi.  Har  bir  dala  100  mu

3

  (6  ga) 



maydonga  ega  edi.  Eramizdan  avvalgi  4  asrdagi  faylasuf  Men-Szi  "...  yerga  ishlov  berishning 

bunday usuli ideal tizim hisoblagandi"- deb ta'kidlagan. 

Revolyutsion o'zgarishlar va "katta sakrash" 

Xorijiy va byurokratik kapitalga qarshi xitoy inqilobi  25  yil (1924  yilda 1949  yilgacha) 

                     

3

 Mu - Xitoyda yer maydonini o'lchash birligi. (1 mu = 666.7 kvadrat metr) 194 




 

davom etdi va uchta fuqarolik urushlari va Yaponiyaga qarshi milliy-ozodlik urushidan iborat edi. 



U 1949 yilda Xitoy Xalq Respublikasini e'lon qilinishi bilan yakunlandi. 

Xitoyda  25  yil  davomida  harbiy  harakatlar  bo'lganligi  sababli  ma'lum  bir 

vayronagarchiliklarga olib keldi. 1949 yilga kelib sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi davrga 

nisbatan  ikki  barobar,  qishloq  xo'jaligi  ishlab  chiqarishi  30-40%ga  qisqardi.  Inflyasiya  yuqori 

cho'qqisiga chiqdi. 1937 yilda 100 yuanga ikkita sigir sotib olsa bo'lardi, 1943 yilda - tovuq, 1946 

yilda - 1 ta tuxum, 1948 yilda hech narsa sotib olib bo'lmasdi. 




Yüklə 456,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin