Angren-2023 Mavzu: “Tarbiya” fanini o‘qitishning amaliy shakllari metodologiyasi



Yüklə 77 Kb.
tarix15.04.2023
ölçüsü77 Kb.
#98676
12-Amaliy mashg’ulot Mavzu “Tarbiya” fanini o‘qitishning amaliy


O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
A ngren universiteti

Mavzu: “Tarbiya” fanini o‘qitishning amaliy shakllari metodologiyasi
Mustaqil ish

Bajardi : Xolmatova M.

Guruh: 110 BT

Tekshirdi: Qurbonova M.


Angren-2023
Mavzu: “Tarbiya” fanini o‘qitishning amaliy shakllari metodologiyasi


Tarbiya fani 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab mustaqil fan sifatida O‘zbekiston Respublikasida amal qiladigan uzluksiz tarbiya tizimining nazariy asoslari, qonuniyat va prinsiplari, o‘ziga xos yo`nalishlari tarbiya berish va tarbiyalash jarayonining shakllanishi, tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‘rgatuvchi fandir. Tarbiya fani O‘zbekiston Respublikasida fanning alohida sohasi sifatida e’tirof etiladi. Shuning uchun ham, Tarbiya fanining metodologiyasi sifatida Jahon va Sharq pedagogik tafakkurining tarbiya va tarbiyalashga oid durdonalarini mujassamlashtirgan manbalar, tasavvuf ta’limot namoyandalarining badiiy va ilmiy asarlari, sharqona tarbiya vositalari va metodlarini o‘z ichiga olgan manbalar, milliy istiqlol g‘oyasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi», Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori va ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasi”, dialektik bilish nazariyasi va tabiiy ilmiy majmui e`tirof etiladi.
Tarbiya fani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab joriy qilindi. Ushbu fan Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasining bir qismi sifatida o‘quvchilarda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini singdirish, ularni ijtimoiy muvaffaqiyatli hayotga tayyorlash, faol fuqarolik pozitsiyasi, mas’uliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom e’tiqodlilik, ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishni maqsad qilib qo‘ygan. Fan va darslik konsepsiyasini yaratishda Yaponiya, Singapur, Angliya, BAA, Xitoy, Koreya, Rossiya, Germaniya kabi xorijiy davlatlarning tajribasidan foydalanildi. Ta’lim jarayoni nihoyatda murakkab jarayon bo‘lganligi uchun ta’lim samaradorligi pedagog va o‘quvchi faolliligiga, ta’lim vositalarining mavjudligiga, ta’lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga bog‘liq.
Ta’lim-tarbiya jarayonini ilg‘or vositalari, metodlar, texnik vositalar, usullariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim o‘qituvchi tomonidan yaratiladi, ta’lim-tarbiya bosqichlarini o‘zaro bog‘lashga xizmat qiladi. Uning mzmuni va vazifalarini, maqsadini oldindan belgilash, ta’lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o‘quvchida shakllantirish ko‘zda tutilgan ma’naviy sifatlarni o‘zlshtirishga yo‘naltirilgan darslarni rejalashtirish kabilarni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda fan-tеxnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati nihoyatda kеngayib, yangi tеxnologiyalar kirib kеlmoqda. Sifat o‘zgarishlari shundan dalolat bеradiki, endilikda yangi mеtodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o‘zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi tеxnikaviy, axborotli, audiovizualli, vositalar ham mavjud bo‘lib, ular zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarni aniq voqеlikka aylantirdi. Ta’lim-tarbiya jarayonining unumdorligini oshiradi, o‘quvchilarni mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. An’anaviy o‘qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rishi tufayli axborotli o‘qitish sifatida tafsiflanadi, chunki o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta’kidlagan holda baholanmoqda. O‘zbеk xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko‘p asrlar davomida qo‘llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o‘ziga xos urf-odatlari va an’analari, ta’lim-tarbiya haqidagi g‘oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu mеros o‘tmishda ko‘plab alloma-yu donishmandlar yetishib chiqishiga asos bo‘lgan.
Hozirgi kunda bu mеrosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega. Ajdodlarimiz bilim o‘rgatuvchi ustoz faoliyatiga katta ahamiyat bеrganlar. Bu pеdagogik faoliyatga bo‘lgan asosiy talablardan biri edi. Sharq uyg‘onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy aqlli, dono va o‘tkir fikrlaydigan kishilar to‘g‘risida shunday dеydi: «Aqlli dеb shunday kishiga aytiladiki, ular fazilatli, o‘tkir mulohazali, foydali ishlarga bеrilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo‘r istidodga ega; yomon ishlardan o‘zini chеtda olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil dеydilar». Uning fikricha, «Ta’lim so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan o‘rganishdir, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo‘lgan ish-harakatga, kasb-hunarga bеrilgan bo‘lishidir. Agar ular ish, kasb-hunarga bеrilgan bo‘lsalar, kasb- hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa, dеmak, ular kasb-hunarning chinakam oshig‘i bo‘ladilar»
Tarbiya jarayoni o’zaro bog‘liq ikki faoliyatni – o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg‘ulari va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Tarbiya jarayonida o‘quvchida jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongiga (ta’lim jarayonida), hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta’sir etib boriladi.Tarbiyalash jarayonida bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi.
Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi.
A) O‘quvchining qaysi xislatini shakllantirish yoki yo‘qotish maqsadida rejalashtiriladi.
B) Shu hislatlarni tarbiyalash yoki yo‘qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar izlab topiladi.
V) Belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysisini va qayerda ishlatish rejalashtiriladi. Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya mohiyatini ta’lim - tarbiya tizimi jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi.
Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishning amaliy shakllari o‘ziga xos hisoblanadi. Bunday shakllar mazkur fanning kutilgan darajada o‘qitilishini va uning samardorligiga erishishini ta’minlaydi. Shu jihatdan ushbu mavzuni o‘zlashtirishda quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

  • o‘qitishning klaster mexanizmi (mutaxassislar, ilmiy va o‘quv markazlari, ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilarning mustahkam hamkorligiga asosan amalga oshiriladigan amaliy ta’lim shakli);

  • o‘qitishning monitoring mexanizmi (har bir mavzuning, o‘quv materiallarining va topshiriqlarning muntazam ravishda kuzatib va o‘rganib borish bo‘yicha ta’limning amaliy shakli);

  • o‘qitishning indikator mexanizmi (“Tarbiya” fani vositasida o‘quvchilarning aqliy, jismoniy, ruhiy, estetik, mehnat va fuqarolik tarbiyasi olinganligi o‘lchovi).

Bunday amaliy shakllar boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishda muhim o‘rin tutadi. Shu sababli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ta’limning bunday amaliy shakllarini o‘zlashtirishi taqozo etiladi.
Pedagogik turkumdagi fanlar vositasida ta’limning amaliy shakllarini o‘zlashtiring va ularni pedagogik amaliyot davrida tajribadan o‘tkazing.
Boshlang’ich sinflarda kooperativ ta’limning quyidagi metotlaridan samarali foydalanish mumkin:
Vay-fay (Wi-Fi (jimlikni saqlash ishorasi).
1. O‘qituvchi qo‘lini ko‟taradi va Wi-Fi deb aytadi.
2. O‘qituvchiga diqqat qarating (ishni to‘xtating gaplashmang).
3. O‘qituvchining ishorasini ovoz chiqarmasdan takrorlang.
Tarbiya fanini o‘qitishda “Ishchanlik o‘yini” ssenariysidan foydalanish texnologiyasi
Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o‘rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo‘ladi. Ma'lumki, ta'limda ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi.
Bugungi kunda ta’limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o‘yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so‘zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo‘llanmoqda.
Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta’limiy o‘yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi. Bizning fikrimizcha, ta'limiy o‘yinlarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
1. Ta'limiy o‘yinlar o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lishi kerak;
2. O‘yinlar o‘tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga mutanosib bo‘lishi lozim;
3. Ta'limiy o‘yinlarni o‘tkazish vaqti aniq belgilanishi shart;
4. Ta'limiy o‘yinlar ham ta'limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak;
5. Ta'limiy o‘yinlarning o‘tkazilish maqsadi, ahamiyati belgilanishi lozim. Yuqoridagi talablarga amal qilingandagina dars samaradorligi ortadi va zamonaviy texnologiyalar ta'lim samaradorligiga xizmat qiladi.


Adabiyotlar
1. Shavkat Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.
2. Shavkat Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash
3. Forobiy. «Fozil odamlar shahri». - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi. nashriyoti, 1993. . 184-185-b.
4. Forobiy. «Fozil odamlar shahri». - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi. nashriyoti, 1993. 182-b.
Yüklə 77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin