Hozirgi zamon sharoitida xalqaro raqobat va uning namoyon bo‘lishi
Raqobatning turlari, mohiyati va usullari. Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni
cheklash va raqobat to‘g‘risidagi qonon bugungi kunda eskirdi va zamon talablariga
javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga olgan xolda “Raqobat to‘g‘risidagi” yangi qonunni
ishlab chiqarishimiz va qabul qilishimiz zarur.”
6
- deb ta’kidlagan edilar.
Shulardan kelib chiqqan xolda, raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi
mexanizmi hisoblanadi. Zero, raqobat tashqi kuch sifatida maydonga chiqib,
korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish, harajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish
va mehnatni oqilona tashkil etishga, binobarin ishlab chiqarishni kengaytirish va
samaradorligini oshirishga doimo undab turadi.
Raqobat nima ishlab chiqarish kerak? degan savolga aniq javob beradi. Chunki
haridorning tovar va xizmatlarni sotib oligga sarflash uchun mo‘ljallangan mablag‘lari
doimo cheklangan bo‘ladi. O‘z navbatida tovar ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlarini
sotish orqali Ushbu mablag‘larga ega bo‘lish maqsadida kurashadilar.
Shuni aloxida ta’kidlash kerakki raqobat iqtisodiy agentlarning bitimlarini
uzluksiz oshirishga, rag‘batlantirib turadi. Busiz raqobatda g‘olib chiqish mumkin
emasligini ta’kidlab, shuni aytish kerakki fan-texnika taraqqyoiti yutuqlarini vaqtida
ishlab chiqarish, joriy etish yuqori saviyadagi mutaxassislarni talab etadi. Ushbu ishlarni
amalga oshirmaslik esa muqarrar ravishda raqobat kurashini boy berishga olib
keladi.Bozorda firmalar resurslarini arzon olish va tovarlarni qimmatroq sotishga
intiladilar va foydani ko‘proq olish uchun kurashadilar. Haridor mollarni bozorda arzon
olmoqchi bo‘lsa, sotuvchi qimmatroqqa sotishni o‘ylaydi. Raqobatda aniq maqsadlar
qanday bo‘lmasin, pirovard natija daromad ko‘rish yoki imidj ortishidan iborat.
Raqobatsiz bozor iqtisodiyotining bo‘lishi mumkin emas va bunda iqtisodiyot mavjud
bo‘la olmaydi ham.
Bozor raqobati qanday xususiyatga ega? Birinchi navbatda, rivojlangan bozorda
raqobat iste’molchilar (haridorlar) o‘rtasida emas balki tovarlar va xizmatlarni
sotuvchilar ham iste’molchilar singari foyda olish yo‘lida harakat qiladi. Ammo ishlab
chiqaruvchining shaxsiy foydani ko‘zlashi raqobat bo‘lganda yuqori raqobatdoshlikka