Bugungi kunda mamlakatimizning urbanizatsiya darajasi 35,5 foizni tashkil etadi
va hozirdan boshlab zarur choralar koʻrilmasa, ushbu koʻrsatkich yaqin kelajakda
pasayishi mumkin.
Bosh vazir A.Aripov mamlakatimiz aholisining urbanizatsiya darajasini 2030 yilga
qadar 60 foizga yetkazish boʻyicha Davlat dasturi ishlab chiqish uchun shaxsan
masʼul etib belgilanadi.
Bu borada faqat poytaxt va viloyat markazlari boʻlgan shaharlarni emas, avvalo,
hududlarda joylashgan shahar va posyolkalarni kompleks rivojlantirish eʼtibor
markazida turishi kerak.
Qishloq joylarda namunaviy uy-joylar qurish dasturlaridan bosqichma-bosqich
shahar va posyolkalarda koʻp qavatli uylar qurishga oʻtishimiz lozim.
Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ham uy-joylarni qurish dasturlari
bilan uzviy bogʻliq holda rivojlanishi darkor.
Bu ishlarga Iqtisodiyot vazirligi bosh-qosh boʻlishi lozim.
Shu bilan birga, ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun maxsus jamgʻarma
tuziladi. Binolar va inshootlar joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirishdan
tushgan mablagʻlar ana shu jamgʻarmada toʻplanadi.
Biz bu yangi tizim orqali hududlarimiz qiyofasini yanada obod qilishga va aholi
farovonligini oshirishga erishamiz.
Dostları ilə paylaş: