Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi


Yettinchidan, biz erkin bozor tamoyillarini oʻrnatmoqchi ekanmiz



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/27
tarix25.08.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#140426
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy.pdf1

Yettinchidan, biz erkin bozor tamoyillarini oʻrnatmoqchi ekanmiz, 
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini isloh qilish va
rivojlantirish orqali 
sogʻlom raqobat muhitiniyaratishimiz shart.
Bu borada birinchi qadam sifatida “Oʻzbekenergo” va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” 
tizimini tubdan isloh qilish haqida qarorlar qabul qildik. 
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi qayta tashkil etilib, 
parvozlarni amalga oshirish, aeroportlarni boshqarish va aeronavigatsiya xizmatlari 
bir-biridan ajratildi. 
Kelgusi yilda boshqa strategik tarmoqlarni ham, jumladan, “Oʻzbekneftgaz”, 
“Oʻzkimyosanoat” jamiyatlari, Navoiy kon-metallurgiya kombinatini bosqichma-
bosqich isloh qilishni davom ettiramiz. 
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va uning narxini belgilash amaliyotini butunlay 
qayta koʻrib chiqib, bozor tamoyillarini joriy etish zarur. 
Vazirlar Mahkamasiga ushbu masalalar yuzasidan ikki oy muddatda Hukumat 
dasturlari va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish topshiriladi. 
Sakkizinchidan, iqtisodiyotimizni jahon bozoriga integratsiya qilish va 
eksportni qoʻllab-quvvatlash ustuvor vazifadir.
Kelgusi yili eksport hajmini 30 foizga oshirib, 18 milliard dollarga yetkazishni 
maqsad qilib qoʻymoqdamiz. 


Biz eksportga yoʻnaltirilgan iqtisodiyotga oʻtishimiz, ichki bozorda raqobat 
muhitini shakllantirishimiz zarur. 
Shuningdek, transport-logistika tizimini takomillashtirish ham eng dolzarb 
masaladir. Chunki dengizga chiqish imkoniyatimiz cheklangani uchun mahsulotni 
eksport qilishda koʻplab qiyinchiliklar paydo boʻlmoqda. 
Shu bois, “Uzbekistan Eyrveys” va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyalari 
tovarlarimizni eksport qilish boʻyicha zamonaviy logistika yoʻnalishlarini 
yaratishlari zarur. 
Vazirlar Mahkamasi eksport yuklarini qoʻshni davlatlardan temir yoʻl orqali 
imtiyozli narxlarda oʻtkazish boʻyicha muzokaralar olib borishi kerak. Shu bilan 
birga, Jahon bankining 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin