Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi


Oʻninchidan, qishloq xoʻjaligi sohasini boshqarish tizimini isloh qilish, yer va



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/27
tarix25.08.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#140426
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy.pdf1

Oʻninchidan, qishloq xoʻjaligi sohasini boshqarish tizimini isloh qilish, yer va 
suv resurslaridan oqilona foydalanish borasidagi ilgʻor texnologiyalarni joriy 
etish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash eng muhim
vazifamizdir.
Keyingi yilda klaster usulida paxta yetishtirishni kamida 52 foizga yetkazish uchun 
48 ta paxta-toʻqimachilik klasterini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. 
Shu bilan birga, gʻalla va meva-sabzavot klasterlari faoliyatini har tomonlama 
rivojlantirish kerak. Bu soha biz uchun nisbatan yangi ekanini inobatga olib, uni 
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, jumladan, kredit tizimini soddalashtirish, 
xarajatlarni subsidiyalash, yer ajratish bilan bogʻliq tartiblarni qayta koʻrib chiqish 
talab etiladi. 
Urugʻchilikda asl navlarni yaratish maqsadida tajriba-seleksiya ishlarini tubdan 
jonlantirish lozim. 


Buning uchun urugʻchilik va seleksiya bilan shugʻullanadigan institutlarning 
moddiy-texnik bazasini yaxshilash, davlat-xususiy sheriklik asosida urugʻchilik 
klasterlarini tashkil qilish talab etiladi. 
Qishloq xoʻjaligi ekinlari va chorvachilik boʻyicha yangi tarmoqlarni 
rivojlantirishimiz zarur. 
Bugungi kunda fermer xoʻjaliklarining yillik chorva ozuqasiga boʻlgan 
ehtiyojining faqat 35 foizi mahalliy imkoniyatlar hisobidan qoplanmoqda. 
Shu sababli yangi yerlarni oʻzlashtirish orqali ekin maydonlarini kengaytirish 
evaziga chorvaning ozuqa bazasini mustahkamlash, shuningdek, baliqchilik, 
parrandachilikni rivojlantirish hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari hajmini keskin 
koʻpaytirishimiz kerak. 
Yana bir muhim vazifa – suvni tejaydigan sugʻorishtexnologiyalarini keng 
qoʻllashdan iborat.
Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda bu masala boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni 
ishlab chiqish topshiriladi. 
Qishloq xoʻjaligi maqsadlarida yer berish tizimini tubdan qayta koʻrib chiqish 
kerak. 
Yerdan samarali foydalanib, moʻl hosil olayotgan koʻp tarmoqli fermer 
xoʻjaliklariga oʻz faoliyatini kengaytirishi uchun qoʻshimcha yer maydonlarini 
ajratish lozim. 
Agrar sohada eng katta muammo – fermerlarning qishloq xoʻjaligi sohasida yetarli 
bilimga ega emasligidir. 
Toʻgʻri, ularda kuch-gʻayrat, tashabbus, yerga mehr bor, koʻpchiligining koʻzi 
yonib turibdi. 
Lekin, afsuski, birgina xohish bilan biz yuqori hosildorlikka va pirovard natijaga 
erisha olmaymiz. 
Bizga qishloq xoʻjaligi texnologiyalarini mukammal egallagan, zamonaviy ishlab 
chiqarish va innovatsiya usullaridan xabardor fermerlar suv bilan havodek zarur. 


Fermerlar kengashi Qishloq xoʻjaligi va Suv xoʻjaligi, Innovatsion rivojlanish 
vazirliklari bilan hamkorlikni kuchaytirishi, fermerlarni oʻqitish va qayta 
tayyorlash dasturlarini ishlab chiqishi lozim. 
Qishloq xoʻjaligidagi islohotlardan maqsad – iqtisodiy foyda koʻrish bilan birga, 
oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, xalq farovonligini oshirishdan iboratdir. Buni 
hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur. 
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin