O‘zbekistonda fermerlikni rivojlantirishni ustuvorligi. Fermer xo’jaliklarining yer maydonlarini optimallashtirish.
1. Fermer xo’jaligini tashkil etish va rivojlanish asoslari
Fermer xo’jaligi o’ziga tanlov asosida va ijara shartnomasiga ko’ra uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi.
Fermer xo’jaligi tuman (shahar) hokimligida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi va o’z nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va mulkiy tusda bo’lmagan huquq va majburiyatlarga ega bo’lish, shuningdek bank muassasasida hisob raqami ochish, muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarga ega bo’lish huquqini oladi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.
Fermer xo’jaligi davlat majburiyatlari yuzasidan, davlat esa fermer xo’jaliklari yuzasidan javob bermaydi.
Fermer xo’jaligi o’z majburiyatlari bo’yicha, shu jumladan tuzilgan kontraktasiya shartnomalariga muvofiq nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetkazib berishni ta’minlash, shuningdek yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va ko’rsatilgan xizmatlar uchun o’z vaqtida haq to’lash yuzasidan majburiyatlari bo’yicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo’lgan mol-mulki bilan javob beradi.
Fermer xo’jaligining mol-mulki daxlsizdir va uning davlat organlari tomonidan olib qo’yilishiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari yo’l qo’yilmaydi,
Fermer xo’jaligining maqsadi vazifalari va faoliyati. Tovar, qishloq xo’jaligi mahsulotlariyetishtirishyo’libilandaromad(foyda)olish,o’ziningijtimoiyvaiqtisodiyehtiyojlariniqondirishfermerxo’jaliginingmaqsadi hisoblanadi.
Fermer xo’jaligining vazifalari faoliyat sohasi quyidagilardan iborat:
ajratilgan yer va suv resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash;
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda yerlarni muhofaza qilish;
mustaqil ravishda qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va sotish, shuningdek xizmatlar ko’rsatish.