2. O’zbekistonda fermerlikni rivojlantirishni ustuvorligi. Fermer xo’jaliklarining yer maydonlarini optimallashtirish.
Qishloq xo’jaligida davom etayotgan tarkibiy o’zgarishlar jarayoni fermerlikni, dehqon xo’jaliklari bilan bir qatorda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilishning asosiy shakllaridan biriga aylantirdi. Fermer xo’jaliklarini rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ularning barqaror va samarali rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.
1-jadval
Qishloq xo‘jaligining asosiy ko‘rsatkichlari1
|
Ko‘rsatkichlar
|
2019
|
2020
|
2021
|
2022 Q4
|
2023 Q1
|
Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekin maydoni, ming gektar
|
3309,4
|
3396,1
|
3260,7
|
x
|
x
|
Qishloq xo‘jaligi mahsuloti, mlrd. so`m
|
216283,1
|
250250,6
|
303415,5
|
347564,4
|
37760,2
|
shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
dehqonchilik
|
111904,8
|
123858,8
|
152130,4
|
179853,4
|
2752,9
|
chorvachilik
|
104378,3
|
126391,8
|
151285,1
|
167711,0
|
35007,3
|
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur'ati, o‘tgan yilga nisbatan foizda
|
103,3
|
102,7
|
103,9
|
103,6
|
103,2
|
shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
dehqonchilik
|
104,8
|
103,2
|
104,3
|
103,8
|
97,7
|
chorvachilik
|
101,6
|
102,1
|
103,5
|
103,4
|
103,6
|
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Ammo, bog’dorchilik yo’nalishida tashkil etilgan fermer xo’jaliklari o’lchamlari juda kichikligi (o’rtacha 1,5-2,5 ga) bilan birgalikda, yirik qishloq xo’jaligi korxonalarini qayta tashkil etish natijasida bitta shirkat xo’jaligi o’rnida 300-400 fermer xo’jaliklari paydo bo’lishi yetishtirilgan mahsulotni tayyorlash, tashish, saqlash va sotish, shuningdek, moddiy-texnika ta’minoti borasidagi fermerlar faoliyatini muvofiqlashtirishda bir qator muammolar yuzaga keladi. Shu bois bunday muammolar paydo bo’lishining oldini olish, mavjud muammolarning samarali yechimlarini topish maqsadida fermer xo’jaliklari va hududdagi boshqa qishloq xo’jaligi korxonalari, qayta ishlovchilar, savdo va transport tarmog’i korxonalari tomonidan ixtiyoriylik asosida agrosanoat firmalari tashkil etildi.
Yangidan tashkil etilgan bog’dorchilik yo’nalishidagi fermer xo’jaliklari yagona yer solig’i to’lashdan 5 yil muddatga; fermer xo’jaliklari, qayta ishlash va xizmat ko’rsatish sohasi korxonalari ishtirokida ixtiyoriylik asosida yangidan tashkil etilgan agrosanoat firmalari esa daromad (foyda) solig’i to’lashdan, yer solig’i, mulk solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i (importga qo’shilgan qiymat solig’idan tashqari), yagona soliq to’lovi to’lashdan - 3 yil muddatga ozod qilindi.
Ayni paytda soliq solishdan bo’shaydigan mablag’lar maqsadli ravishda meva-sabzavotni qayta ishlash sohasini rivojlantirish, yangi bog’ va uzumzorlar yaratish, kengaytirishga yo’naltirilishi qat’iy belgilab qo’yildi. Ushbu tadbirlar yangi bog’ va uzumzorlar barpo etilishini hamda mavjudlarining hosildorligini oshirishni, agrosanoat firmalari tashkil qilishni rag’batlantiruvchi muhim iqtisodiy dastak vazifasini o’tadi.
Dostları ilə paylaş: |