O‘zbekistonda fermer va dehqonxo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish yo‘llari
Fermerxo’jaligidamehnat.Fermerxo’jaliginingfaoliyatifermerningvamehnatshartnomasi bo’yicha unda ishlovchi shaxslarning shaxsiy mehnatiga asoslanadi, mehnatfaoliyati hisobini yuritish fermer xo’jaligi rahbari tomonidan tashkil etiladi va haq to’lashqonunhujjatlaridabelgilanganengkamoylikishhaqidankambO’lmaganmiqdorda,tomonlarningkelishuvigabinoanhampultarzida,hamnaturatariqasidato’lanadi.
Fermer xo’jaligida ishlangan vaqt mehnat stajiga qo’shiladi. Ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalar va pensiyalar tayinlash hamda tO’lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
Fermerxo’jaliginingmablag’larivahisob-kitoblari.
Fermer xo’jaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablag’larini saqlab turish va bu mablag’larni erkin tasarruf etish uchun bank muassasida hisob raqamlari ochish huquqiga ega. Fermer xo’jaligining hisob raqamidan mablag’larni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobdan chiqarish mumkin.
Qishloq xo’jaligi ekinlari, shu jumladan paxta va g’alla hosili uchun sarflangan barcha xarajatlar fermer xo’jaligining mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlari hisobiga qoplanadi.
Fermer xo’jaliklari elektr energiyasi, yonilg’i-moylash materiallari, mineral o’g’itlar yetkazib beruvchilar va fermer xo’jaliklariga xizmatlar ko’rsatuvchilar bilan o’z vaqtida hisob-kitob qilishlari lozim.
Shartnoma shartlari bajarilmaganligi natijasida fermer xo’jaligiga yetkazilgan zarar uning mol- mulki va boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.