Mavzu: O‘zbekistonda fermer va dehqonxo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish yo‘llari


Fermer xo’jaligi quyidagi majburiyatlarga ega



Yüklə 36,16 Kb.
səhifə3/9
tarix03.05.2023
ölçüsü36,16 Kb.
#107033
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O‘zbekistonda fermer va dehqonxo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish yo‘llari

Fermer xo’jaligi quyidagi majburiyatlarga ega:


  • yer uchastkasidan ijara shartnomasida belgilangan maqsad va shartlarda maqsadli, samarali va oqilona foydalanilishini ta’minlash;

  • ekologiya talablariga va atrof muhitni muhofaza qilishning boshqa qoidalariga rioya etish;

  • yerning meliorativ holatini yaxshilash va yer uchastkasining unumdorligini oshirish chora- tadbirlarini amalga oshirish, biznes-rejalarda ushbu maqsadlar uchun mablag’lar ajratilishini nazarda tutish;

  • yer uchastkasidan, basharti ijara shartnomasida boshqa muddat belgilangan bO’lmasa, bir yil mobaynida foydalanish;

  • paxta va g’allani navlar bo’yicha joylashtirishning belgilangan talablariga rioya qilish;

  • suvdan limit asosida foydalanish to’g’risidagi shartnomaga muvofiq suv resurslaridan foydalanish;

  • xo’jalik ichki meliorasiya tarmog’ini tozalash va ta’mirlash;

  • yer uchastkasidan foydalanish shartlariga va servitutlarga rioya etish;

  • fermer xo’jaligining majburiyatlari va qarzlari yuzasidan to’liq javob berish;

  • tuzilgan kontraktasiya shartnomalariga muvofiq nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetkazib berishni ta’minlash;

  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq va boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida to’lash;

  • yetkazib berilgan elektr energiyasi, yonilg’i- moylash materiallari, mineral o’g’itlar, o’simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, kO’rsatilgan xizmatlar uchun o’z vaqtida hisob- kitob qilish;

  • qishloq xo’jaligi mahsulotlari va boshqa mahsulotlar yetishtirishda standartlar talablariga rioya qilish;

  • qishloq xo’jaligi zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash olib borish.

Fermer xo’j aligi qonun hujj atlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham o’z zimmasiga oladi.

Yüklə 36,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin