Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi


Toʻrtinchidan, xalqimiz genofondini mustahkamlash maqsadida tibbiy



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/27
tarix25.08.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#140426
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy.pdf1

Toʻrtinchidan, xalqimiz genofondini mustahkamlash maqsadida tibbiy 
xizmatlar sifatini yaxshilash va koʻlamini kengaytirish lozim.
Bizning bosh maqsadimiz – nafaqat kasallikni davolash, balki uning oldini 
olishdan iborat. 
Tibbiy-ijtimoiy 
yordam koʻrsatish jarayonida davlat-xususiy sheriklik 
munosabatlarini kengaytirish lozim. Davlat tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy 
xizmatlar doirasi belgilanib, pullik va bepul davolanish oʻrtasida aniq chegara 
oʻrnatilishi kerak. 
Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 
davlat shifoxonalarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar 
kiritsin. 
Nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish kerak. 
Kelgusi yilda Rossiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Italiya tibbiyot institutlari 
bilan qoʻshma fakultet va filiallar ochish boʻyicha amaliy choralarni koʻramiz. 
Navbatdagi dolzarb muammo – aholi oʻrtasida onkologik kasalliklar koʻpayib 
borayotgani bilan bogʻliq. 
Misol uchun, yurtimizda yiliga 22 mingdan ortiq bemorda onkologik kasallik 
aniqlanmoqda. 
Bu, oʻz navbatida, mazkur kasallikka qarshi kurash tizimini takomillashtirishni 
talab etib, yuqori texnologik tibbiy yordamga ehtiyojni kuchaytirmoqda. 


Ushbu yoʻnalishdagi kasalliklarni barvaqt aniqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga 
bir oy muddatda alohida qaror va dastur qabul qilish, uni moliyalashtirish 
manbalarini aniq belgilash vazifasi yuklatiladi. 
Koʻpayib borayotgan bir qator jiddiy kasalliklar profilaktikasi boʻyicha xalqaro 
institutlar, nufuzli xorijiy shifoxonalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish zarur. 
Xalqimiz genofondini saqlash uchun homilador ayollar va bolalarning ovqatlanish 
ratsioni boʻyicha amaldagi meʼyorlarni xalqaro standartlar asosida qayta koʻrib 
chiqish lozim. 
Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda bu borada oʻrta va uzoq muddatga 
moʻljallangan dastur ishlab chiqish vazifasi topshiriladi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin