Farzandlarimizning turli radikal va zararli gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishiga yoʻl
qoʻymaslik – asosiy vazifamizdir. Bu boradagi ishlarni yangicha yondashuvlar
bilan davom ettirishimiz kerak.
Jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida yangi madaniyat va istirohat bogʻlarini
tashkil etish, ularni zamonaviy yoshlar maskanlariga aylantirish choralarini koʻrish
zarur. Ushbu bogʻlar tarkibida birinchi navbatda sport maydonchalari, amfiteatr va
kichik sahnalar,
kutubxona, “Kitob kafelari” boʻlishi lozim.
Bugungi kunda yoshlarimizning bilim va maʼlumot olishining asosiy manbai
Internet ekani hech kimga sir emas.
Shu sababli tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlagan holda, jamoat joylarida bepul “vay-
fay” hududlarini tashkil etish choralarini koʻrishimiz kerak.
Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda ushbu masalalar boʻyicha
dastur ishlab
chiqish yuklatiladi.
Dostları ilə paylaş: