Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/27
tarix25.08.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#140426
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy.pdf1

Uchinchidan, 
jinoyat 
qonunchiligini 
yanada 
takomillashtirish 
va 
liberallashtirish boʻyicha ishlarni davom ettirish lozim.
Nega deganda, Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslari qariyb 25 yil oldin qabul 
qilingan. Oʻtgan davrda jamiyatdagi munosabatlar, odamlarning yashash tarzi, 
ongi, dunyoqarashi oʻzgardi. 
Shu sababli bu kodekslar bugungi davr talablariga javob bermay qoldi. 
Maʼlumki, qonunchilikda jazoni ogʻirlashtirish yoki yengillashtirishga oid 
moddalar bor. 
Lekin ular tergovchi yoki sudyaning ixtiyoriga, yaʼni, inson omiliga toʻliq bogʻliq 
boʻlib qolmasligi kerak. 
Aks holda biz uchun muqaddas boʻlgan adolat mezoni buziladi. 
Shuning uchun jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni tubdan qayta koʻrib 
chiqish zarur. 
Shu maqsadda Bosh prokuror rahbarligidagi idoralararo komissiya 2019 yil 1 
iyulga qadar Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarining yangi loyihalarini 
tayyorlashi lozim. 
Hurmatli yigʻilish qatnashchilari! 


Mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini turli 
tahdidlardan himoya qilish, tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlash – 
barcha yutuqlarimizning bosh garovidir. 
Bu borada quyidagi vazifalar dolzarb ahamiyatga ega. 
Birinchidan, mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini, Qurolli Kuchlarning 
jangovar salohiyatini oshirish, milliy mudofaa sanoati kompleksini 
shakllantirish, har qanday xavf-xatarga qarshi doimo shay turishimiz lozim.
Mamlakat mudofaasini harbiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha boshlangan 
islohotlarni mantiqiy yakuniga yetkazish kerak. 
Mudofaa vazirligi ikki oy muddatda mudofaa sanoati kompleksiga kiradigan 
korxonalarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin. 
Yana bir muhim masala. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 
keng foydalanib, davlatimiz chegara xavfsizligini kuchaytirish va nazorat sifatini 
oshirish lozim. 
Qurolli Kuchlarimizda jangovar ruhni yuksaltirish, askar va ofitserlarimizni 
jismoniy va maʼnaviy jihatdan barkamol etib tarbiyalashga eʼtiborni yanada 
kuchaytirishimiz kerak. 
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini har tomonlama 
takomillashtirish muhim vazifalarimizdan biri boʻlishi lozim. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin