kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va ijrosini
taʼminlash vazifasi yuklatiladi.
Prezident qabulxonalarining ikki yillik ish tajribasi shuni koʻrsatdiki, biz yaqin
oʻtmishda xalqdan, uning tashvish va muammolaridan ancha uzoqlashib qolgan
ekanmiz.
Biz fuqarolar bildirgan fikr-mulohaza va takliflarni inobatga olib, davlat boshqaruv
tizimini
isloh qilishimiz, ilgʻor davlat menejmenti va “aqlli” boshqaruv
prinsiplariga bosqichma-bosqich oʻtishimiz lozim.
Bu shuni bildiradiki, endi davlat muassasalari bevosita
fuqaro bilan ishlashga
oʻtadi.
Davlat idoralari xalqqa, jumladan, tadbirkorlarga yaqin koʻmakchi boʻlishi zarur.
Davlatning boshqaruv sohasidagi baʼzi funksiyalarini
davlat-xususiy sheriklik
asosida, jumladan, “autsorsing” shaklida xususiy sektorga topshirish lozim.
Dostları ilə paylaş: