Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi


Uchinchidan ,  davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish maqsadida davlat



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/27
tarix25.08.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#140426
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy.pdf1

Uchinchidan
,
 davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish maqsadida davlat 
xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar 
siyosatini shakllantirish zarur.
Bugun oddiy bir haqiqatni tan olishimiz kerak. Davlat idoralarida malakali va 
yetuk kadrlar yetishmayapti. 
Hanuzgacha davlat xizmatchilarining maqomi belgilanmagan, davlat xizmatiga 
qabul qilishning oshkora mexanizmlari ishlab chiqilmagan. 
Bu boradagi muammolarni hal etish uchun, avvalo, davlat xizmatchilari faoliyatini 
xolisona baholash boʻyicha samarali tizim joriy etish zarur. 
Eʼtiboringizni yana bir muhim masalaga qaratmoqchiman. 
Davlat organlarida ertaga, istiqbolda qanday vazifalar dolzarb boʻlishi, sodda qilib 
aytganda, besh, oʻn, yigirma yildan keyin qanday muammolar oldimizda 
koʻndalang boʻlishini prognoz qiladigan tizim hali shakllangani yoʻq. 
Prezident Administratsiyasiga tarmoqlar faoliyatini samarali boshqarishda 
strategik tahlil, rejalashtirish va prognoz tamoyillariga asoslangan uzoq 
muddatli davlat siyosati Konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatiladi.


Bunda davlat boshqaruvi idoralarida strategik tahlil va prognozlashtirish 
tuzilmalarini tashkil etish lozim. 
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida alohida Ekspert 
kengashi tashkil etilib, unga xorijiy mamlakatlarning nufuzli olimlari va 
amaliyotchilari jalb qilinishi lozim. 
Toʻrtinchidan, mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va masʼuliyatini 
qayta koʻrib chiqishimiz, ularning mustaqilligini yanada oshirishimiz lozim.
Hududlarni rivojlantirishga oid masalalarni hal etishda aksariyat hokimlarda 
masʼuliyatni oʻz zimmasiga olib, mustaqil qaror qabul qilish va tashabbuskorlik 
yetishmayapti. 
Maʼlumki, 2018 yilda Toshkent shahrida eksperiment tariqasida davlat 
boshqaruvining yangi tartibi joriy etilib, shahar hokimi va tuman hokimlariga 
moliya, iqtisodiyot, investitsiya, qurilish, uy-joy va kommunal xizmat sohalari 
rahbarlarini tayinlash vakolati berildi. 
Natijada 30 dan ortiq komissiya va kengashlar tugatilib, ularning vakolatlari 
tegishli hududiy organlarga berildi. Samarasiz ishlayotgan 12 ta davlat unitar 
korxonasi tugatildi. 
Davlat byudjetiga tushadigan mablagʻlarning bir qismini mahalliy byudjetlar 
ixtiyorida qoldirish tartibi oʻrnatilgani tufayli Toshkentda soliq tushumi prognozga 
nisbatan 2 trillion soʻmga koʻpaydi. 
Davlat boshqaruvi sohasida ijobiy natija berayotgan ana shu eksperimentni endi 
boshqa hududlarda ham joriy etishimiz zarur. 
Kelgusida hokimning ayni vaqtda xalq deputatlari Kengashi raisi sifatida faoliyat 
koʻrsatishiga doir tartib bekor qilinishi lozim. 
Oliy Majlis palatalari rahbarlariga (N.Yoʻldoshev, N.Ismoilov) 2019 yil davomida 
ushbu masalalarni parlamentda atroflicha muhokama qilib, amaliy choralar 
dasturini qabul qilish tavsiya etiladi. 
Kelgusi yili mamlakatimizda Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga navbatdagi 
saylov oʻtkaziladi. 


Yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻlgan 
ushbu siyosiy jarayonni milliy qonunchiligimiz va xalqaro standartlar asosida 
yuqori saviyada oʻtkazish uchun har tomonlama tayyorgarlik ishlarini 
boshlashimiz zarur. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin