Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Orolboʻyi mintaqasi uchun
Inson xavfsizligi
boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik asosida “Trast fondi”
ning tuzilishi oʻzbek
diplomatiyasining katta yutugʻi boʻldi.
Biz Oʻzbekiston tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani
uchun Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Bosh kotibi janob Antoniu Guterrish
hamda Birlashgan Millatlar
Tashkiloti
institutlaridan, hamkor davlatlardan minnatdormiz.
Biz Orol dengizining suvsiz qolgan hududida yashil oʻrmonlar
barpo etishga
alohida eʼtibor bermoqdamiz.
Agar mustaqillik yillarida Oʻzbekiston boʻyicha 1 million 220 ming gektarga yaqin
oʻrmonzor yaratilgan boʻlsa, shundan 400 ming gektardan ortigʻi aynan Orolboʻyi
hududida barpo etilgan.
Bu masalada qabul qilinayotgan maxsus dasturga koʻra,
Orol dengizining suvsiz
hududida kelgusi yilda yana 500 ming gektar oʻrmonzor barpo etiladi.
Aholining hayot sharoitini yaxshilash maqsadida Qoraqalpogʻiston
Respublikasi
shahar va qishloqlarida yangi qurilishlar amalga oshiriladi.
Xususan, Moʻynoq tumanida barcha zarur infratuzilmalarga ega boʻlgan
zamonaviy shaharcha bunyod etiladi.
Uchinchidan
,
ochiqlik, oʻzaro teng va manfaatli hamkorlikka asoslangan
Dostları ilə paylaş: