Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi


Beshinchidan, xotin-qizlar va yoshlarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/27
tarix25.08.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#140426
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy.pdf1

Beshinchidan, xotin-qizlar va yoshlarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-
quvvatlashni yanada kuchaytirish lozim.
Bu borada joriy yilda koʻrilgan amaliy choralarga qaramasdan, haligacha ogʻir 
turmush sharoitida yashab, ish bilan taʼminlanmagan 13 mingdan ziyod xotin-
qizlar borligi achinarlidir. 
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Xotin-qizlar qoʻmitasi hududiy 
hokimliklar bilan birgalikda bir oy muddatda ana shunday ayollarni ish bilan 
taʼminlashga qaratilgan dastur ishlab chiqishi zarur. 
Markaziy bank, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri 
rahbarlariga 2019 yilda turmush sharoiti ogʻir boʻlgan 1 ming 600 nafar xotin-
qizlarni imtiyozli kreditlar asosida arzon uy-joylar bilan taʼminlash vazifasi 
topshiriladi. 
Mamlakatimiz aholisining qariyb yarmini tashkil etadigan yoshlar bilan ishlash 
masalasi, bundan buyon ham eng asosiy vazifalarimizdan biri boʻlib qoladi. 
Yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning bandligini taʼminlash 
maqsadida 
“Yoshlar – kelajagimiz”
jamgʻarmasi faoliyatini yanada kengaytirish 
zarur. 
2019 yilda jamgʻarma uchun 2 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ ajratish va shu 
orqali 50 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratish lozim. 


Farzandlarimizning turli radikal va zararli gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishiga yoʻl 
qoʻymaslik – asosiy vazifamizdir. Bu boradagi ishlarni yangicha yondashuvlar 
bilan davom ettirishimiz kerak. 
Jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida yangi madaniyat va istirohat bogʻlarini 
tashkil etish, ularni zamonaviy yoshlar maskanlariga aylantirish choralarini koʻrish 
zarur. Ushbu bogʻlar tarkibida birinchi navbatda sport maydonchalari, amfiteatr va 
kichik sahnalar, kutubxona, “Kitob kafelari” boʻlishi lozim. 
Bugungi kunda yoshlarimizning bilim va maʼlumot olishining asosiy manbai 
Internet ekani hech kimga sir emas. 
Shu sababli tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlagan holda, jamoat joylarida bepul “vay-
fay” hududlarini tashkil etish choralarini koʻrishimiz kerak. 
Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda ushbu masalalar boʻyicha dastur ishlab 
chiqish yuklatiladi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin