Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi


Sakkizinchidan, turizmni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb etish



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/27
tarix25.08.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#140426
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy.pdf1

Sakkizinchidan, turizmni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb etish, 
kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha kompleks choralar koʻrishimiz lozim.
Bizda turizm koʻpincha qadimiy shaharlarimiz, tarixiy-madaniy yodgorliklar 
doirasida cheklanib qolmoqda. 
Vaholanki, mamlakatimizning betakror tabiati, milliy qoʻriqxonalar, togʻli 
hududlarda turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud. 
Ayniqsa, tibbiyot turizmi, ziyorat turizmi va ekoturizmni rivojlantirish nafaqat 
iqtisodiyot, balki ijtimoiy sohalar rivojiga ham katta turtki beradi. 
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantirish 
milliy konsepsiyasini ishlab chiqishi va ijrosini taʼminlashi zarur. 
Shu asosda 2025 yilda yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 
million nafarga, turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2 milliard 
dollarga yetkazish lozim. 
Toʻqqizinchidan, oldimizga qoʻygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz 
uchun kuch-qudrat manbai boʻladigan milliy gʻoyani rivojlantirishimiz zarur.
Xususan, milliy oʻzligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini 
oʻrganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari 
faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashimiz lozim. 
Oʻtmishga berilgan baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy 
qarashlardan xoli boʻlishi zarur. 
Afsuski, yurtimiz tarixini oʻrganishda oʻtgan davrda arxeologik tadqiqotlar yetarli 
darajada olib borilmadi. 
Shuning uchun Fanlar akademiyasining Arxeologiya va Sanʼatshunoslik institutlari 
faoliyatini, oliy oʻquv yurtlari va muzeylardagi arxeologik izlanishlarni chet ellik 
hamkorlar bilan birga tashkil etish zarur. 
Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas 
sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy 
gʻurur va iftixor tuygʻularini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratishimiz kerak. 


Shu maqsadda, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin