och, to‘q, yorqin ranglar va boshqalar. Bular orqali bolalar rangni sezishga, uni tanlay bilishga o‘rganib boradilar.
Applikatsiya jarayonida figuralarni bir-biri bilan taqqoslashga o‘rganadilar, baland-past, keng-tor ya’ni qalin-
ingichka kabi tushunchalarni egallab, tushunib boradilar. Shuningdek, qog‘oz varag‘ini mo‘ljallay bilish bilan
bog‘liq bo‘lgan tushunchalar, tepada, pastda, o‘rtasida, ketma-ket tushunchalarni egallashga harakat qiladilar.
Bu ishda bolalarni qaychi bilan qirqish usullariga o‘rgatib borish davom ettiriladi. Bu bilan o‘rgatib borish davom
ettiriladi, bu bilan bolalar o‘rta guruhda egallagan qirqish usullarini takrorlab, mustahkamlaydilar va yangi kirqish
usullarini egallaydilar. Bular quyidagilar: qog‘ozni 2 buklab bir xil shakllar qirqish usuli, simmetrik shakllarini ham
bir necha marta buklab (garmoshka qilib taxlab) qirqishga o‘rganadilar.
Dostları ilə paylaş: