Angren universiteti mustaqil ish


Masalan: gullar, barglar va hokazo



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix08.04.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#95069
1   2   3   4   5
applikatsiya 2

Masalan: gullar, barglar va hokazo. 
Bu guruhda tarbiyachi bolalarning diqqatini doimo ishning sifatiga qaratib boradi. Chunki qirqish va 
yopishtirishning sifati butun bir ishning, applikatsiyaning sifatiga ta’sir etadi. O‘quv yilining boshida bolalar bilan 
doiraviy shakllarni qirqish ustida ishlanadi, chunki bolalar bu usulni o‘rta guruhda yetarli darajada egallamagan 
bo‘ladilar. Bolalar predmetlarni qismlarga bo‘lib, qirqib yopishtirishni o‘rgangach, ularning qirqishning ratsional 
usuli, ya’ni garmoshka usulida qog‘ozni buklab qirqishga o‘rganadilar. Ammo yilning boshida dumaloq shaklidagi 
predmetlarni qirqishni mustahkamlashga tarbiyachi quyidagi mavzularda ishlar berishi mumkin. Masalan: kuzgi 
barglar, sabzavot, mevalar, qo‘ziqorinlar va hokazo. O‘quv yili davomida bolalar predmetli applikatsiya ishlarini 
bajaradilar. Masalan: samolyot, raketa, mashinava hokazo. Qog‘ozni garmoshka usulida buklab qirqishga turli hil 
predmetlarni taklif qilish mumkin. Masalan: bargli shoxcha, gullar, archa o‘yinchoqlari. Shuningdek, dekorativ 
applikatsiya bo‘yicha ham shar, sochiq, kvadrat, gilam, doira, tarelka va shuningdek tayyor siluetlarni zontik, 
choynak, fartuk kabilarni bezatishni taklif etish mumkin. Bolalarni simmetrik figuralarni qirqishga o‘rgatishda 
tarbiyachi simmetrik tuzilishga ega bo‘lgan predmetlarni taklif etadi. Masalan: guldon, nok, kapalak, masxaraboz 
va hokazo. 
Bolalar predmetli, dekorativ applikatsiyadan tashqari mazmunli applikatsiya ham bajaradilar. Masalan: 
quyonning bo‘g‘irsoq bilan uchrashuvi, qor bosgan uycha, qiz bayroq ushlab turibdi va hokazo. Katta guruhda 
bolalar o‘z ixtiyorlari bilan ham applikatsiya ishlarini bajaradilar. Bolalar olgan bilim, malakalar asosida o‘zlari 
mustaqil applikatsiya ishlarini bajaradilar. Applikatsiya mashg‘ulotlarida bolalar jamoa ishlar bajaradilar. Gullar 
va afsonaviy qushlar tasvirlangan gilam, sevimli o‘yinchoqlari va boshqalar. 
Katta guruhda ham applikatsiya mashg‘ulotida tasvirlash kerak bo‘lgan predmetlarni tahlil qilishga katta o‘rin 
ajratiladi va unda bolalarni savollar bilan faollashtirilsa, katta guruhlarda esa bolalarni mustaqilligini qo‘proq 
ta’minlaydi. Tahlil jarayonida bolalar predmetning shakliga, rangiga, turli xil xususiyatlariga e’tibor berishi lozim. 
Xalq amaliy san’ati asarlarini ko‘rib tahlil qilishga, bolalarga ranglar garmoniyasining go‘zalligini sezishga, 
ko‘pincha kompozitsiyaning mazmundorligini ochishga o‘rgatiladi. Bu guruhdan namunadan ayrim hollarda, 
ya’ni ishning yakunini namoyish qilishda foydalanish mumkin. Har bir qirqish usullarini ko‘rsatib berishga 
maqsadga muvofiq bo‘lmadi. Tarbiyachi ko‘proq bolalarning o‘zlarini faollashtirib, bolalarning o‘zlariga mustaqil 
ravishda qirqish yo‘llarini, yopishtirish tartibini qidirib topishga undaydi. Agarda yangi qirqish yo‘llari kiritiladigan 


bo‘lsa, tarbiyachining o‘zi qirqish yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Masalan: qat-qat usulida qirqish, ayniqsa, simmetrik 
figuralarni qirqishda bolalar ancha qiynaladilar. Shuningdek, tarbiyachi ayrim predmetning qog‘ozdagi tasviridan 
foydalanish mumkin (qo‘l harakatlari bilan yurgizib chiqish). Dastlab tarbiyachi «predmetning yarmi» deb 
tushuntirish asosida bolalar usulni tushunib yetadilar. Bu guruhda bolalar qog‘ozni qo‘l bilan yirtib, mayda 
bo‘lakchalardan foydalanib tasvirini hosil qilishga o‘rganadilar. Tarbiyachi bolalarni mustaqil, ijodiy ishlashga 
o‘rgatib, mazmundor applikatsiya yaratishga, tayyorlov guruhga o‘tgach ularning applikatsiya bo‘limi ancha 
murakkablashadi. Ular qirqimning yangi usullarini egallay boshlaydilar. Bu usullari - bir necha marta buklangan 
qog‘ozdan qirqish va siluet qirqish hisoblanadi. Shu bilan bu guruh bolalarni turli xil shakllarda dekorativ naqsh 
tuzishga va bir necha qismdan tuzilgan predmetlarni tuzishga hamda mazmunli applikatsiya tuzishda 
predmetlarni joylashtirishga o‘rganadilar. Shu bilan birga rang spektrining barcha ranglaridan foydalanishga 
o‘rganadilar. 
Siluet qirqish - eng murakkab usullardan biridir. Siluet kiritish jarayonida bola doimo predmetning obrazni 
xotirasida tutib turishga va uning konstruksiyasi va proporsiyasini kuzatib turishga, qo‘l harakatini hosil 
qilinayotgan shaklning yo‘nalishiga moslashishga to‘g‘ri keladi. shuning uchun bolalarni siluet kirishga o‘rgatishni 
sodda shakllaridan baliqlar, sabzavot, mevalardan boshlash lozim. 
Кatta guruhda bolalarni applikatsiya qilishga o‘rgatishda quyidagi vazifalar turadi: Bolalarni to‘g‘ri harakat 
bo‘ylab qirqish, dumaloq shakllarni va ikkiga buklangan qog‘ozni qirqishga o‘rgatiladi. Bir nechta qismdan 
tuzilgan
predmetlarni 
hosil 
qilishga, 
geometrik shakllaridan chiroyli dekorativ 
naqsh tuzishga o‘rganadilar. Demak, bu guruhda asosiy 
vazifa qirqishning xilma-xil usullarini egallashdan iborat 
ekan. Oldin bu guruhda ham o‘rta guruhdagi kabi 
mavzularda, faqat qismlar soni ko‘paytirilib qorbobo, 
qalpog‘i boshida yoki qo‘lida xaltasi bilan, samolyot esa 
qanotlarida yulduzi bilan va qorboboning yuz qismidan 
mayda qismlarini: burun, ko‘z va boshqalar. Bu 
guruhda bolalar ba’zi shakllarni ikkiga buklangan 
qog‘ozdan, shoxchasi barglari bilan. Bu usullarni ishlatilishi vaqtni ancha tejaydi va chiroyli mazmun yoki 
kompozitsiyani tayyorlash mumkin. Qog‘ozni ikkiga buklab qirqish, bir-biriga simmetrik shakllarni qirqishni 
osonlashtiradi. Bu usuldan foydalanib bolalar vaza, barglar, sabzavot va mevalarni shaklini qirqadilar. Katta 
guruhda bolalar shakllarni qog‘ozning uchini qo‘li bilan tekislab, barmoqlarda qirqishga o‘rganadilar. Katta guruh 
bolalarning ishlaydigan ish mazmuni shu bolalarda qirqishning ko‘nikma va malakasini rivojlantirishdir. Dekorativ 
applikatsiya ishlarida esa, bu guruhda faqatgina tayyor geometrik shakllar berilmay, balki xilma-xil o‘simlik 
shakllaridan barg gullar va boshqalarni elementlari kiritiladi. 


Тayyorlov guruhga o‘tgach, ularning appilikatsiya bo‘limi ancha 
murakkablashadi ular qirqishning yangi usullarini egallay 
boshlaydilar. Bu usullar-bir necha marta buklangan qog‘ozdan 
qirqish va siluet qirqish hisoblanadi. Shu bilan birga bu guruh 
bolalarini turli xil shakllarda dekorativ naqsh tuzishga va bir necha 
qismdan tuzilgan predmetlarni tuzishga hamda mazmunli 
Applikatsiya tuzishda predmetlarni joylashtirishga o‘rganadilar. Shu 
bilan birga spektrning barcha ranglaridan foydalanishga 
o‘rganadilar. 
Siluet qirqish - eng murakkab usullaridan biridir. Siluet qirqish jarayonida bola doimo predmetining obrazini 
xotirasida tutib turishga va uning konstruksiyasi va proporsiyasini kuzatib turishga, qo‘l harakatini hosil 
qilishayotgan shaklining yo‘nalishiga moslashishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun bolalarni siluet qirqishga 
o‘rgatishni sodda shakllaridan (baliqlar, sabzavot 
va mevalar) dan boshlash lozim. 
Кatta guruh bolalarini applikatsiya qilishga 
o‘rgatishda qirqimning turli 
usullarini 
egal lash muhim ahamiyatga egadir. Bolalarning 
tasavvuriga asoslangan holda tarbiyachi bolalar 
bilan 
natura 
ni, uning qismlari, tuzilishini tahlil 
qilib, 
alohida qimlarga 
ajratib ko‘rsatadi. Namunada 
bolalar predmetni birinchi 
marta tasvirlayotgan bo‘lishsa foydalanish mumkin. Uni tahlil qilishni 
bolalarning o‘ziga topshirish mumkin bo‘ladi. Agar bolalar o‘zlariga 
tanish predmetni bir necha qismlari bilan tasvirlanayotgan bo‘lishsa, 
namuna o‘rnini natura bilan almashtirish mumkin bo‘ladi. Masalan, 
oddiy uyni emas, afsonaviy uyni yoki bayramga bezatilgan uyni; 


Кatta va tayyorlov guruhlarda bir necha namunalardan foydalanib, ko‘rsatish 
tavsiya etiladi. Chunki bu narsa bolalarning ijodiy faolligini tarbiyalaydi. Bu guruhda 
bolalar qog‘ozni ingichka buklab simmetrik shakllar qirqishga o‘rganadilar. Bu albatta 
qiyin usul, shuning uchun I.A.Gusakova bolalarni bu usul bilan dastlab tanishtirishda 
qog‘ozni buklab chizilgan kontur berishni tavsiya etadi. Bolalar bu usulni egallab 
olgach ularni qunt bilan chamalab qirqishga o’rgatiladi. 
Кatta guruhda 
jamoa bo‘lib applikatsiyalar bajariladi. Masalan: «Akvariumdagi 
baliqlar», «O‘tloqdagi gullar», «Ko‘chadagi uy va mashinalar». Har bir bola ishning 
qaysidir qismini bajaradi. Keyin har bir qism umumiy fondga birlashtiriladi. 
Tarbiyachi 
ishni 
bolalarni hoxishiga qarab taqsimlaydi. Ba’zi jamoa 
ishlarni bajarishda bolalar 4-5 ta bo‘lib, guruhchalarga birlashishadi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin