Tayyorlov guruhida applikatsiya qilishga o‘rgatish. Tayyorlov guruh bolalari bilan
dasturda mazmunli applikatsiyalarni berish ko‘zda tutiladi. Ular ko‘cha, akvarium kabi mavzularda shuningdek,
«Bo‘g‘irsoq» kabi
ertaklarga illyustratsiyalar bajarishlari mumkin.
Tayyor shakllarni
yopishtirish tayyorlov guruhida ham davom ettiriladi.
Simmetrik shakllardan
naqishlar tuzishda ularga turli razmer va rangdagi
tayyor shakllar beriladi
va bu guruhda ham katta guruhdagi kabi qog‘ozni qo‘l
bilan yirtish usulidan
foydalanish davom etadi.
Тayyorlov guruh
bolalari bilan dasturda mazmunli applikatsiyalarni
bajarish ko‘zda tutilgan. Ular «Ko‘cha», «Akvarium»
kabi
mavzularda, shuningdek, «Bo‘g‘irsoq» kabi ertaklarga
illyustratsiyalar bajarishlari mumkin. Tayyor shakllarni
yopishtirish tayyorlov guruhida ham davom ettiriladi.
Simmetrik
shakllardan naqshlar tuzishda turli o‘lcham va
rangdagi
tayyor shakllar beriladi. Bu guruhda ham katta
guruhdagi
kabi qog‘ozni qo‘l bilan yirtish usulidan foydalanishi
davom
etiladi.
Ikkinchi kichik guruhda bolalarni appilikatsiya qilishga o‘rgatishga ish
uchun beriladigan materiallar va mashg‘ulotni tashkil etish muhim
ahamiyatga egadir. Materialning rangi bolalarni diqqatini o‘ziga tortib ularni
chalg‘itadi. Shuning uchun dastlab mashg‘ulotlarda material alohida
paketlarda tushuntirilib bo‘lgandan so‘ng tarqatiladi. Tarbiyachi mavzuni
tushuntirib bo‘lgandan so‘ng material tarqatilib, bolalar materialni
topshiriqqa mos ravishda qog‘oz varag‘ida terib chiqadilar. Tarbiyachi
dastlab elementlarni qo‘yib yig‘ilganligini tekshiradi, shundan keyingina bolalarga yelim ishlatish uchun beriladi.
Bu guruhda tarbiyachi bolalar bilan naturani kuzatishi namuna bilan birgalikda olib borishi kerak. Namunani
ko‘rayotgan jarayonidatarbiyachi shaklning rangini aniq atashi va barmog‘i bilan uni ko‘rsatib, shu shaklning
xususiyatlarini bolaga aniq ko‘rsatib beradi. Tarbiyachi tomonidan ishni bajarilishini ko‘rsatib berilishi bolalarni
turli malaka va o‘quvini vujudga kelishida muhimdir. Shuningdek, tarbiyachi ish tartibini ham boshidan ko‘rsatib
beradi. Qanday shaklni oldi, qanday qilib quyib yelim surtdi va boshqalar. Tarbiyachi o‘zining har bir harakatini
so‘z bilan birgalikda olib boradi.
Tayyorlov guruhda ishning dastur materialiga siluet qirqish usuli kiritiladi. Shuning uchun o‘rgatish
usullarining xarakteri bir muncha o‘zgaradi. Naturani tahlil qilishda tarbiyachi ularning diqqatini predmetni
konturiga tortadi, barmoq harakati orqali. Bunda harakatni qirqish qaysi qismdan boshlanadigan bo‘lsa o‘sha
qismdan boshlash lozim. Bu guruhda bolalar endi predmet konturiga qandaydir qism qirqishga o‘rganadilar
(tipratikan ignalari bilan). Albatta bolalarga bu qiyn. Shuning uchun bu ishda ikki etapdan foydalaniladi. Oldin
tayyorlangan qog‘ozdan umumiy kontur qirqiladi. So‘ngra uning qismlari, masalan: oyog‘i yoki suzgichlari
qirqiladi. Ba’zi vaqtlarda siluet qirqish oldindan chizilgan kontur asosida qirqiladi. Bu narsa ko‘proq murakkab
o‘simlik elementlaridan dekorativ shakllar tuzishda qo‘llaniladi. Bu guruhda qog‘ozni ikkiga buklab qirqishning
murakkabroq usuli bilan tanishtiriladi. Masalan: archa, odam, hayvon shakllari. Yana bu guruhda qirqishning
murakkab usuli-qog‘ozni bir necha marta buklash orqali qirqishga o‘rgatish usuli o‘rgatiladi. Bu usul salfetka, qor
parchalari hosil qilishda qo‘llaniladi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Ziyo.net
2. Ilk qadam dastur 2021 yil nashr
3.Arxiv.uz
4.D.T Sabirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirish.
(13.00.01.-Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha yozilgan dissertatsiyaning avtoreferati). T.2007
5.“Bola shaxsini rivojlanishining dolzarb muammolari”.com sayti
Dostları ilə paylaş: |