O’rta guruh bolalari kichik guruhga nisbatan malaka va ko‘nikmalarini ancha egallagan bo‘ladilar. Bu guruh
bolalari 2-3 qismli emas, balki 4-5 qismdan iborat predmetlarni tuzishga o‘rganadilar. Dastlab, bu guruhga
qaychi bilan ishlash kiritiladi. Bolalar qaychini to‘g‘ri ushlashga, uni richagini yopishga va ochish to‘g‘ri qirqim
olishga o‘rganadilar. Buning uchun oldin eskiz, keyin esa enli yoki keng qog‘oz lentalar qirqishga o‘rganadilar. Bu
guruhda
bolalar yelimlash malakasini egallashi davom ettiradilar. Bola hayotining yilida
doira,
kvadratdan
tashqari uchburchak, oval,
o‘zun to‘g‘ri to‘rtburchakni biladilar. Trapetsiya
shaklini esa kichik guruhda bo‘lgani kabi obrazli
tasvirida davom etadi.
Masalan: tom, qayiqcha, kichik guruhga yana
qo‘shimcha havo rang, pushti, kulrangni
sezishga va to‘g‘ri aytishga
o‘rganadilar. Ular qog‘oz varog‘ida tez va osonlik
bilan mo‘ljal olishga o‘rganadilar. Ular orqada,
ketma-ket, teng masofada va boshqa fazoviy
tushunchalarni egallaydilar. Bolalar to‘g‘ri
kesmalar qirqishdan tashqari aylanaviy shakllar qirqishga o‘rganadilar. Ular kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchakning
burchaklarini dumaloqlashga o‘rganadilar. Ana shu qirqib olingan aylanaviy shakllardan qo‘ziqorin, minorcha,
qorbobo kabi predmetlarni hosil qilishga o‘rganadilar.
Yopishtiriladigan qismlar soni ham ko‘payadi, masalan: uychani tasvirida faqat devori emas, balki eshik va
derazalarni ham tasvirlaydilar. Shakl va rang bilan ishlash ham rivojlanadi: to‘rtburcha, kvadrat, doira,
uchburchak, pushti rang, kulrang, havo rang va boshqalar. Bu guruhda qog‘oz varag‘ida to‘g‘ri mo‘ljallashga
o‘rganadilar va quyidagi tushunchalar bilan tanishib boradilar. Masalan, orasida, chekkada, bir xil masofada va
boshqalar. O‘rta guruhda tarbiyachi o‘zining asosiy diqqatini bolalarni qaychi bilan ishlashga qaratiladi. Yil
davomida tarbiyachi bolalarni qirqishning turli usullari bilan tanishtiradi. Tarbiyachi qaychini, qog‘ozni to‘g‘ri
ushlashga o‘rgatib boradi. Yopishtirish malakasi esa mustahkamlanib boradi. Bu guruhda asosiy vazifa bolalarni
qirqish texnikasini egallab olishga qaratilgandir. Bu guruhda tarbiyachi bolalarni predmetli dekorativ, mazmunli
applikatsiyaga o‘rgatib boradilar. Sodda predmedlardan murakkab predmedlarni tasviriga o‘rgatiladi. Tarbiyachi
bolalarni qaychi bilan ishlashga, uni to‘g‘ri ushlashga o‘rgatib boriladi.
Bolalar qaychi bilan ishlashga darhol o‘zlashtira olmaydi.
Shuning uchun tarbiyachi qaychi bilan ishlashga o‘rgatishda
dastlab enli, ensiz kesmalar qirqishga o‘rgatib,
mashqlantiradi, har bir applikatsiya mashg‘ulotlarining
mavzu va mazmuni turlicha bo‘lishi lozim. Masalan: dastlabki
mashg‘ulotlarda tarbiyachi bolalarga «do‘kon» uchun chipta,
cheklar qirqishni taklif etadi. Qirqilgan kesmalardan uycha,
chiqishga tortib, quyidagi savollarni beradi: Predmet qanday shakllardan tuzilgan? Bu qanday shakl? Rangi
qanday? va boshqalar.
Tarbiyachi predmetning qismlarini yoki naqsh elementlarini yopishtirish tartibini ko‘rsatib beradi. Bu guruhda
tarbiyachi faqatgina qismini ko‘rsatib berishdan ham foydalanadi. Masalan: uyni yopishtirishda uni tomini
qirqishi ko‘rsatib beradi, xolos qolganini bolalarning o‘zlari bajaradilar. Bu guruhda alohida ahamiyat qaychi bilan
ishlashga beriladi. Tarbiyachi bolalarga qaychi bilan ishlash texnikasini ko‘rsatib tushuntiradi. Qo‘lni qaychining
richagini qanday harakatlantirishini o‘rgatadi. Qaychi bilan dastlabki mashqlarni yaxshisi 8-10 bola bilan
o‘tkazgan ma’qul, chunki ularni kuzatish va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
Мashg‘ulotning oxirida tarbiyachi bolalar bilan birgalikda bajarilgan applikatsiyani ko‘rib chiqadi: predmetga
o‘xshaydimi,
shakllar toza yopishtirilganmi? Tarbiyachi
bolalarning tahliliga yakun yasab, bolalar diqqatini yaxshi
ishlarga jalb etadi.
Dostları ilə paylaş: