Тayyorlov guruhga o‘tgach, ularning appilikatsiya bo‘limi ancha
murakkablashadi ular qirqishning yangi usullarini egallay
boshlaydilar. Bu usullar-bir necha marta buklangan qog‘ozdan
qirqish va siluet qirqish hisoblanadi. Shu bilan birga bu guruh
bolalarini turli xil shakllarda dekorativ naqsh tuzishga va bir necha
qismdan tuzilgan predmetlarni tuzishga hamda mazmunli
Applikatsiya tuzishda predmetlarni joylashtirishga o‘rganadilar. Shu
bilan birga spektrning barcha ranglaridan foydalanishga
o‘rganadilar.
Siluet qirqish - eng murakkab usullaridan biridir. Siluet qirqish jarayonida bola doimo predmetining obrazini
xotirasida tutib turishga va uning konstruksiyasi va proporsiyasini kuzatib turishga, qo‘l harakatini hosil
qilishayotgan shaklining yo‘nalishiga moslashishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun bolalarni siluet qirqishga
o‘rgatishni sodda shakllaridan (baliqlar, sabzavot
va mevalar) dan boshlash lozim.
Кatta guruh bolalarini applikatsiya qilishga
o‘rgatishda qirqimning
turli
usullarini
egal lash muhim ahamiyatga egadir. Bolalarning
tasavvuriga asoslangan holda tarbiyachi bolalar
bilan
natura
ni, uning qismlari, tuzilishini tahlil
qilib,
alohida qimlarga
ajratib ko‘rsatadi. Namunada
bolalar predmetni birinchi
marta tasvirlayotgan bo‘lishsa foydalanish mumkin. Uni tahlil qilishni
bolalarning o‘ziga topshirish mumkin bo‘ladi. Agar bolalar o‘zlariga
tanish predmetni bir necha qismlari bilan tasvirlanayotgan bo‘lishsa,
namuna o‘rnini natura bilan almashtirish mumkin bo‘ladi. Masalan,
oddiy uyni emas, afsonaviy uyni yoki bayramga bezatilgan uyni;
Кatta va tayyorlov guruhlarda bir necha namunalardan foydalanib, ko‘rsatish
tavsiya etiladi. Chunki bu narsa bolalarning ijodiy faolligini tarbiyalaydi. Bu guruhda
bolalar qog‘ozni ingichka buklab simmetrik shakllar qirqishga o‘rganadilar. Bu albatta
qiyin usul, shuning uchun I.A.Gusakova bolalarni bu usul bilan dastlab tanishtirishda
qog‘ozni buklab chizilgan kontur berishni tavsiya etadi. Bolalar bu usulni egallab
olgach ularni qunt bilan chamalab qirqishga o’rgatiladi.
Кatta guruhda
jamoa bo‘lib applikatsiyalar bajariladi. Masalan: «Akvariumdagi
baliqlar», «O‘tloqdagi gullar», «Ko‘chadagi uy va mashinalar». Har bir bola ishning
qaysidir qismini bajaradi. Keyin har bir qism umumiy fondga birlashtiriladi.
Tarbiyachi
ishni
bolalarni hoxishiga qarab taqsimlaydi. Ba’zi jamoa
ishlarni bajarishda bolalar 4-5 ta bo‘lib, guruhchalarga birlashishadi.
Dostları ilə paylaş: