Angren universiteti Psixologiya fanidan Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 23. 1-guruh talabalasi Israilova E'zozaning “Kasbiy burch, pedagogik faoliyat, o'qituvchilik madaniyati va ma'naviyati” mavzusida tayyorlagan taqdimoti Tekshirdi



Yüklə 19,4 Kb.
səhifə3/6
tarix13.12.2023
ölçüsü19,4 Kb.
#175419
1   2   3   4   5   6
Davlat tilida ish yuritish asoslari

Ma’lumot-axborot hujjatlari
Bu turdagi hujjatlar guruhi anchaginani tashkil qiladi. Bu guruhga kiruvchi hujjatlar, ya‘ni ariza, ma'lumotnoma, tushuntirish xati, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taqdimnoma, guvohnoina, taklifnoma. hisobot, tarjimai hoi, tilxat, bildirishnoma, bayonnoma kabilar ish jarayonida juda keng qo'llanadi. Ularing har biriga alohida to‘xtab o‘tamiz.
Tarjimai hol
Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv. Tarjimai hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimai holda ayrim qismlarning bo‘lishi shart.
Tarjimai holning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tarjimai hoi).
2. Matn:
1) muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi;
2) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug'ilgan joyi;
  • ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi,

  • ismi va ota ismi, ish joyi);
    4) ma’lumoti va ma’lumotiga ko'ra mutaxassisligi;
    5) ish faoliyatining turlari;
    6) oxirgi ish joyi va lavozimi;

7) mukofot va rag'batlantirishlar;
8) jamoat ishlarida ishtiroki;
9) oilaviy ahvoli va oila a‘zolari;
10) turar joyi;
3. Sana.
4. lmzo.
Ariza
Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozdir. Maktab o‘quvchisi va talaba ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs — jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan holi emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo'llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma - xildir.
Ma’lumotnoma
Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko'ra ikkita: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bolinadi. Xizmat ma’lumotnomasi-muassasa faoliyatiga doir voqea - hodisalarni rasmiy aks ettiradi va tasdiqlaydi. Xizmat ma’lumotnomasi axborot xususiyatiga ega bo‘lgan xilma-xil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, zarur hollarda esa raqamli jadvallar ko'rinishida tayyorlanadi. Bunday ma’lumotnomalar muassasa faoliyatiga aloqador voqea-hodisalar haqida yuqori idora yoki mansabdor shaxsni xabardor qiladi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar muassasa, jamoa xo'jaligi, ishlab chiqarish faoliyatining muhim masalalari bo'yicha, uning moliyaviy faoliyati, xodim (shtat) lar soni, rejalashtirilgan topshiriqlaming bajarilishi, moddiy tovar boyliklarining saqlanish holati: mehnat intizomining ahvoli haqida boshqa so‘ralayotgan masalalar to‘g‘risida bolishi mumkin. Masalan, Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodida 2007-yildagi mehnat intizomi haqida ma’lumotnoma.

Yüklə 19,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin