Bildirishnoma Bildirishnomaning zaruriy qismlari: tashkilot rahbari familiyasi, hujjat yozayotgan kishining lavozimi, familiyasi va hujjat matni, ilova hujjat hajmi va nusxasi ro‘yxati, tuzuvchilarning imzo va familiyasi hamda sana keltiriladi. Bildirishnoma tashabbus, axborot, hisobot xususiyatiga ega, korxona doirasida va yuqori tashkilot, mansabdor shaxslar nomiga yoziladi.
Tilxat Tilxat - ma’lum bir shaxsdan yoki muassasadan pul, hujjat qimmatbaho
buyumlar yohud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat.
Tilxat birgina nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi.
Tilxatning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tilxat),
2. Matn:
1) tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va ota ismi;
2) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi (zarur bo‘lganda muassasa nomi);
3) pul, hujjat, buyum yoki boshqa bir narsaning nomi va ularning miqdori (zaruriyat bo‘lganda bahosi);
4) olinayotgan buyumning texnik holati (agar u mashina, apparatlar va h.k. bo‘lsa).
3. Tilxat berilgan sana.
4. Tilxat muallifining imzosi.
Tushuntirish xati Xizmat sohasidagi xizmatga aloqador masalani uning ayrim jihatlarini yozma holda va muassasa (bo‘im) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo‘llovchi hujjatdir.
Tushuntirish xati huddi ma’lumotnoma va bildirishnoma singari ichki tashqi xususiyatga ega. Keyingi holatda, ya'ni tushuntirish xati yuqori tashkilotga yuborilayotganda u ko'pincha biror asosiy hujjat (rejalar, hisobotlar, loyihalar)ga ilova tarzida bo‘lib mazkur hujjatni umuman yoki ba’zi o'rinlarini qisman izohlab tushuntirib beradi. Bu xildagi tushuntirish xati, shuningdek, muassasada bo‘lib o‘tgan voqea-hodisaga, rahbarning ba’zi xatti-harakatiga, rejalashtirilgan ishlarning bajarilmay qolishiga ham izoh beradi yoki dalillaydi. Demak, bu holda tushuntirish xati mustaqil hujjat hisoblanmaydi. Shunga qaramay u muassasa oddiy ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi va rahbar tomonidan imzolanadi.
Ishonchnoma Ishonchnoma muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolat hujjat. Ular o‘z mazmuniga ko‘ra, mol-mulkini boshqarish, pul va moddiy buyum boyliklarini olish, sud idoralarida ish olib borish va boshqa ishlarni amalga oshirishni ifodalaydi.
Muallifni ish-harakatni bajarishga vakolat berish kim tomondan (muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab, ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bo‘linadi.