Praksik hislar. Inson amaliy hayotining istalgan sohasi maqsadga muvofiq aqliy faoliyatiga, shaxsning ularga nisbatan muayyan munosabatda bo‘lish sohasiga aylanib qoladi. Bu birinchi navbatda biror maqsadni anglabgina qolmay, uni e’tirof etadigan yoki inkor qiladigan maqsadlarga erishish yo‘llarini baholaydigan ta’sir qilish usullari va ko‘lamlarini ma’qullaydigan va ma’qullamaydigan, ularni to‘g‘ri tanlanganligiga shubhalanadigan, nihoyat muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik hissini kechiradigan mehnat faoliyatida kuzatiladi. Hayotiy faoliyat jarayonida muhit va irsiy shartlar asosida insonda barqaror emotsional sifatlar – emotsional xususiyatlar va xossalar shakllanadi.
TEST
1) Emotsional jarayonlar va holatlarning organizm hayotida bajaradigan vazifalari: a) faqat moslashuvchi; b) faqat safarbarlikka oid; v) faqat moslashuvchi va integratsiyalovchi; g) moslashuvchi, safarbarlikka oid va integratsiyalovchi. 2)Emotsional holatlar: a) kayfiyat, ruhlanish, ehtiroslar, affektlar, stresslar; b) qiziqish, kechinma, barqarorlik, insonparvarlik; v) muhabbat, shubha, ajablanish, hazil, jadallik; g) nafrat, hayajon, uyalish, do’stlik, ehtiyojlar. 3) Psixik holatlarning aqliy, irodaviy va emotsional turlarga bo’linishi uchun asos: a) hissiyotlar hosil bo’lishida shaxs va vaziyatning o’rni; b) dominant (etakchi) tarkibiy qismlar; v) kechish vaqti; g) chuqurlik darajasi. 4. «Semantik differentsial» metodining maqsadi nima? A) Hissiy holatni o`rganish V) Nutqning talaffuz qilini shini o`rganish D) Tafakkur va nutqning bog`liqligini o`rganish S) So`zlashuvchining nutqi orqali hissiy holatini aniqlash E) SHaxs xususiyatini o`rganish. 5. Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishi; v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo.
6.“Tananing nervsiz birorta qismi yo‘q, birorta harakat, birorta hissiyot ularning ishtirokisiz kechmaydi”. Ushbu fikr egasini toping. + Klavdiy Galen - Gerofil va Erazistrant - Gippokrat - Aristotel
7.“Fikrlar yurakda hosil bo’ladi, jigar esa hissiyot markazlaridir”. Ushbu noilmiy fikr egasini toping. + Aristotel - Gerofil va Erazistrant - Gippokrat - Klavdiy Galen
8. Shaxsning ongli harakatlarida o’z-o’zini tuta bilishda ifodalanadigan, maqsadga erishish yo’lida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yengib chiqishda namoyon bo’ladigan ixtiyoriy faollik bu + iroda - ehtiros - hissiyot - faoliyat
9. “Ta’sirchan, chuqur kechinmali, gap ko’tara olmaydigan, ammo atrofdagi voqyealarga unchalik e’tibor bermaydigan, sekin gapiradigan, hissiyotlari sekin paydo bo’ladigan kishi”. Bu ta’rif temperamentning qaysi tipiga tegishli? + Melanxolik - Flegmatik - Sangvinik - Xolerik
10. Interiorizasiya + Ichki psixik faoliyatning tashqi amaliy faoliyatdan kelib chiqishi, tashqi harakatlarning ichki harakatlarga, tushunchalarga aylanish jarayoni - Aqliy va jismoniy harakatlar mujassamligi - Ijodiy uyg’onish paytida amalga oshiriladigan mavhum fikrlash faoliyati - Faoliyat va uni tashkil etuvchi predmetli harakat aynan nimalarga yo’naltirilganligi
Xulosa
Hissiyotlar va tuyg‘ular sezgi, idrok, tasavvur, inson bilishi va faoliyati tashqarida mavjud bo‘lmaydilar. Hissiyotlar va sezgilar ob’ekt va sub’ektning juda murakkab bo‘lgan o‘zaro munosabatlarida yuzaga kelib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan jismlarning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladilar. Hissiyotlar va sezgilarning o‘ziga xosligi insonning ehtiyojlari, motivlari, intilishlari, tilaklari, iroda, xarakter xususiyatlari bilan belgilanadi. Hissiyotlar va sezgilar tabiatini tushunish ularni inson hayotiy faoliyatida ko‘rib chiqishni taqazo etadi. Emotsional holatlar paydo bo‘lishining asosini insonning ehtiyojlari va motivlari tashkil etadi. Ularni qondirish maqsadni ko‘zlash, hayotiy masalarni hal etishni taqazo etadi. Ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan, ko‘zlangan maqsadlarga erishish amalga oshiriladigan real hayotiy sharoitlar emotsional kechinmalarning turli tumanligiga sabab bo‘ladi. Hissiyotlar ko‘pchilik ko‘rsatkichlari, ya’ni, sifati (ijobiy va salbiy), jadalligi (kuchli va kuchsiz), davomiyligi (qisqa muddatli va barqaror), anglanganligi, chuqurligi, irsiy manbasi, murakkabligi, bajaradigan vazifalari, organizmga ko‘rasatadigan ta’siriga qarab farqlanadi.
Hissiyotlar turlicha vazifalarni bajaradilar. Ularning boshqaruvchi, aks ettiruvchi, daraklovchi, undovchi (rag‘batlantiruvchi), mustahkamlovchi, o‘tkazuvchi, moslashuvchi, kommunikativ, hosil qiluvchi, ifodalovchi vazifalari shular jumlasidandir.
Hissiyotlar va sezgilar organizm holati va inson hulq-atvorini boshqarish vazifasini bajaradilar. Xuddi shuningdek, yaxshi so‘z jon ozig‘i deydilar. Bunda, avvalambor, muhim o‘rin tutgan insonning boshqa odamning emotsional holatiga verbal ta’siri ko‘zda tutilgan bo‘ladi.
Adabiyotlar: 1. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2. Югай A.Х., Мираширова Н.А. “Общая психология” – Tашкент 2014.
3. Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.
4. Болотова А.К., Макарова И.В. Прикладная психология: учебник для вузов. –М., Аспект Пресс, 2002. – 383с.