Idrok qilishni tashkil qilish. Sezgi ma’lumotlarini ahamiyatli idrokka aylantirish uchun biz uni tashkil qilishimiz kerak: narsalarni ularning atrof-muhitidan ajratib olishimiz, ularning ahamiyatli va doimiy shaklini farqlashimiz, shuningdek ular harakatlanishi yoki harakatlanmasligini va ular bizdan qanday masofada turganligini aniqlashimiz kerak. Miyaning idrok qilish va uning qoidalari shakllanishidagi roli ayrim illyuziyalar bilan izohlanadi. XX asr boshida bir guruh nemis psixologlari bizning aql-idrokimiz qanday tarzda his-tuyg‘ularimiz, sezgilarimizni tashkil qilishi va ularni idrokka aylantirishiga qiziqib qoldilar. Sezgi signallarini qabul qiluvchi odam ularni “geshtalt” (nemischa – “shakl” yoki “yaxlit” ma’nosini anglatadi)ga aylantiradi. Geshtaltpsixologiya odam bunday qobiliyatining ko‘p sonli misollarini tavsiflab berdi. Rasmga e’tibor bering, shaklning alohida qismlari – bu bor-yo‘g‘i uchta oq chiziqdan iborat. Biroq biz ularning barchasini birgalikda idrok qilganimizda, yaxlit shakl
Idrok etilayotgan jism = Ko‘rish burchagi x Masofa.
Jismlarning yo‘qolishini qayd etish, asosan, ulargacha bo‘lgan masofaning o‘zgarishida, bizning jismlarni idrok qilishimiz tajribamiz hisobiga amalga oshiriladi. Tanish jismlarni ko‘rganimizda, kattalik konstantligi ancha oshadi va ajratib olingan geometrik shakllar idrokida sezilarli darajada kamayadi. Agar jismdan juda uzoqda bo‘lsak, u bizga haqiqiy ko‘rinishidan kichkina bo‘lib ko‘rinadi. Masalan, samolyotda uchib ketayotgan bo‘lsak, pastdagi jismlar bizga juda kichik bo‘lib ko‘rinadi.
Jism fazoviy idrokining boshqa xususiyati jismlarningkontrastligidir. Biz idrok etayotgan jismning atrofidagi jismlar uning idrokiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘rta bo‘yli odam bo‘ylari baland odamlar orasida o‘zining haqiqiy bo‘y o‘lchamidan ancha kichik bo‘lib ko‘rinadi. Boshqa misol – geometrik shakllar idroki. Katta aylanalar o‘rtasidagi aylana, kichik o‘lchamli aylanalar orasidagi xuddi shunday diametrli aylanaga nisbatan kichik bo‘lib ko‘rinadi. Bundan tashqari, jism kattaligi idrokiga jismning rangi ta’sir etadi. Och rangli jismlar to‘q rangli jsmlarga qaraganda bir muncha kattaroq bo‘lib ko‘rinadi. Katta hajmli shakllar, masalan, shar yoki silindr ularga mos bo‘lgan yassi tasvirlardan kichikroqdek tuyuladi.