Shaxsning irodaviy sifatlari va ularning rivojlanishi Inson irodasi ma'lum fazilatlar bilan tavsiflanadi. Avvalo, irodani maqsadga erishish yo'lida yuzaga keladigan muhim qiyinchiliklarni engishning umumlashtirilgan qobiliyati sifatida ajratish odatiy holdir. Maqsadingizga erishish yo'lidagi to'siq qanchalik jiddiy bo'lsa, irodangiz shunchalik kuchli bo'ladi. Aynan iroda kuchi bilan yengib o'tiladigan to'siqlar irodaning namoyon bo'lishining ob'ektiv ko'rsatkichidir. Iroda kuchining turli ko'rinishlari orasida shaxsning bunday xususiyatlarini ajratib ko'rsatish odat tusiga kiradi: chidamlilik va o'zini tuta bilish, ular kerak bo'lganda o'z his-tuyg'ularini tiya olish qobiliyatida ifodalanadi; impulsiv va o'ylamasdan harakatlarning oldini olishda; o'zini nazorat qilish va o'zini ko'zlangan harakatni bajarishga majburlash qobiliyatida, shuningdek, o'zi xohlagan, lekin asossiz ravishda noto'g'ri ko'rinadigan narsani qilishdan tiyilish. Irodaning yana bir xususiyati maqsadlilikdir. Maqsadlilik deganda, faoliyatning ma'lum bir natijasiga erishish uchun shaxsning ongli va faol yo'nalishini tushunish odatiy holdir. Ko'pincha, ular maqsadlilik haqida gapirganda, ular qat'iyatlilik kabi tushunchadan foydalanadilar. Bu kontseptsiya maqsadlilik tushunchasi bilan deyarli bir xil bo'lib, insonning eng qiyin sharoitlarda ham maqsadga erishish istagini tavsiflaydi.
Iroda haqida tushuncha
Kishining o`z oldiga qo`yilgan maqsadga erishish uchun ichki va tashqi to`siqlarni harakat yordamida engish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayonni so`zning asl (tor) ma`nosida iroda deb atash qabul qilingan. Ichki to`siqlar - yalqovlik, charchovni, bajarilishi kerak bo`lgan vazifaga aloqasi bo`lmagan boshqa biror narsa bilan shug`ullanish istagini engishga majbur qilish qiyin bo`lgan vaqtning belgilangan narsani bajarishga xalaqit beradigan sub`ektiv, shaxsiy mayllardir, zararli odatlar, mayllar, istaklar. Kishi irodaviy zo`r berish tufayli ularni engadi. Tashqi to`siqlar ishning o`ziga xos bo`lgan ob`ektiv qiyinchiliklar, uning murakkabligi har xil xalaqit berishlar, boshqa kishilarning qarshilik ko`rsatishi, ishning og`ir sharoitlari va shu kabilar tushuniladi. Lekin iroda termini bilan shaxsning qiyinchiliklarni engib, astoydil va aniq maqsadni ko`zlab harakat qilish qobiliyatini ham ataydilar. "Zo`r iroda, bu biron narsani qilishga intilish va unga erisha olishgina emas, balki shu bilan birga, zarur bo`lib qolganda o`zini biror narsadan voz kechishga majbur qila olish hamdir".
I r o d a - bu shunchaki, istak va uning qondirilishi emas, balki bu ham istak, ham uni to`xtatish, ham istak, ham ayni vaqtda undan voz kechishdir. Iroda o`zaro bog`liq ikkita vazifaning - undovchi va tormozlash- to`xtatuvchi vazifalarning bajarilishini ta`minlaydi va ularda o`zini namoyon qiladi. Filosofiya va psixologiyada idealizm kishi irodasini alohida, dastlabki faollikka bo`ysungan bo`ladi. Amerika psixologi U.Jeyms harakatda hech narsaga bog`liq bo`lmagan irodaviy hukmga etakchi rol beradi. Obrazli tarzda bu quyidagicha tasavvur qilinardi: kishi o`z-o`ziga "Fiat!" (lotincha "Ha bo`la qolgin!" degan ma`noga ega bo`lgan so`zni bildiradi) deydi va go`yo ana shu birinchi galgi mistik turtki bilan belgilanmagan holda ish amalga oshiriladi.
Bevosita irodaviy harakatga undaydigan sabablar, ehtiyojlar, uning motivlari va maqsadlari, ishtiyoqlari, istaklari va hokozolari kiradi.
Bo`lar aniq bo`lsa, bunday intilish istak deyiladi. Anglanmagan intilishlar havaslar deb ataladi. Havas istakka qaraganda kishining irodaviy yordamini kamroq oladi va shu sababli havasning maqsadi ko`pincha real amalga oshmaydi.
His-tuyg`ular irodaviy harakatlarga undaydigan muhim sababdir. Ular qiyinchiliklarni engishga, o`z oldiga qo`yilgan maqsadga sabot bilan erishishga undaydi.
Irodaviy sifatlarni tarkib toptirishda mehnatning ahamiyati katta.
Kishining qaror topgan qarashlari, dunyoqarashi, irodaviy xulq -atvorning muhim sababidir.
Irodaviy jarayonlar oddiy va murakkab bo`ladi. Oddiy - kishi hech ikkilanmasdan ko`zlagan maqsad sari boradi, u nimaga va qanday yo`l bilan erishajagini aniq biladi. Murakkab - maqsadni tanlashga ikkilanish, harakatni tanlashga qiynalish. Bunday hollarda irodaviy harakat murakkab xarakterga ega bo`ladi va ikki bosqichga ajratiladi: 1) tayyorgarlik; 2) bajarilish; 1- Niyatni, maqsadni, anglashni ba`zan motivlar kurashi bilan qarorga kelishini, ish olib boriladigan metodlarni tanlashni o`z ichiga oladi. Masalan, oliy o`quv yurtiga kirish bosqichlari. 2- Qarorning bajarilishi. Kishi faoliyati davomida o`zini xarakterlab beradigan irodaviy sifatlarni hosil qiladi. Ayrim xususiyatlar kishini yanada faol qiladi, bu hol yarim sharlar po`stlog`idagi qo`zg`alish jarayonlarining ustunlik qilishi bilan bog`langan bo`ladi, boshqa sifatlar yoqimsiz psixik jarayonlarga va harakatlarga xalaqit berishda, ularni to`xtatib qolishda, yo`q qilishda nomoyon bo`ladi.
Irodani mustaqil tarbiyalash usullari juda ham har xil bo`lishi mumkin, lekin ularning hammasi quyidagi shartlarga amal qilishni o`z ichiga oladi. 1.Irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat qilishdan boshlash kerak. Oldiniga unchalik katta bo`lmagan qiyinchilikni, vaqt o`tishi bilan esa ancha katta qiyinchiliklarni muntazam ravishda chiniqtiradi. Har bir qarshilikni "buysundirilmagan qal`a" sifatida baholash lozim va uni, bu "qal`ani olish" uchun barcha imkoniyatni ishga solish kerak. 2. Qiyinchiliklarni va to`siqlarni bartaraf etish ma`lum maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi. Maqsad qanchalik ahamiyatli bo`lsa, irodaviy motivlar darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, kishi shunchalik katta qiyinchiliklarni bartaraf etishga qodirdir. Muhimi, kishi kundalik ishlari orasida uzoq kelajakni hech qachon unutmasligi, faoliyatning so`nggi maqsadlarini hech vaqt esdan chiqarmasligi kerak. 3. Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak. Har gal, qachonki, qaror qabul qilinib, uning bajarilishi yana va yana kechiktirilaversa kishining irodasi izdan chiqadi, qabul qilingan qarorlarning muntazam ravishda bajarilmasligi kishi irodasini intizomsiz qilib qo`yadi. Ammo qaror qabul qilayotib, uning ham maqsadga muvofiqligini, ham bajarilishini hisob-kitobga olishimiz kerak . 4. Agar kishi uzoqqa mo`ljallangan maqsadni oldiga qo`ygan takdirda uzoq istiqbolni nazarda tutishi, bu maqsadga erishish bosqichlarini ko`rishi, yaqin kelajakka mo`ljallangan istiqbolni ko`ra olishi juda muhimdir. Pirovardida pirovard maqsadga erishish uchun sharoitlar yaratiladi.