Jirkanish -shaxslararo munosabatlarda ro`y bеradigan va sub'еktning hayotiy nuqtai nazari, qarashlari va xulq-atvoriga nomutanosibligi oqibatida hosil bo`ladigan salbiy hissiy holatdir.
Qo`rquv -sub'еkt o`zining xotirjam hayot kеchirishiga ziyon еtishi mumkinligi haqida, unga rеal tarzda tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mumkin bo`lgan xavf-xatar haqidagi xabarni olishi bilan paydo bo`ladigan salbiy hissiy holatdir. qo`rquv hissiyoti stеnik tusda ham, astеnik tusda ham bo`lishi mumkin, yoxud hissiy zo`riqishlar tarzida, yoxud ruhan astoydil tushkunlikka bеrilgan va xavotirlangan tarzda, yoxud affеktiv holatga tushgan tarzda (dahshatli qo`rquv hissiyotning eng so`nggi turidir) kеchishi mumkin.
Uyalish- o`zining niyat maqsadlari, hatti-harakatlari va tashqi qiyofasi faqat tеvarak -atrofidagilar tomonidan kutilganiga mos kеlmaganligini emas, balki o`ziga loyiq xulq-atvor va tashqi qiyofa haqidagi shaxsiy tasavvurlarga ham mos kеlmayotganligini anglab еtishida ifodalangan salbiy holatdir.
His-tuyg'ular-kishi shaxsining ancha yorqin ko'rinishlaridan biri bo'lib, u bilish jarayonlari va xulq-atvor hamda faoliyatni irodaviy boshqarish bilan birgalikda namoyon bo'ladi. Shaxs o'zi bilib olayotgan va bajarayotgan narsaga uning barqaror munosabati his-tuyg'ularning mazmunini tashkil etadi. Shaxsni ta'riflash degani ko'p jihatdan muayyan konkret kishi umuman nimani sevadi, nimani yomon ko'radi, nimadan nafratlanadi, nima bilan faxrlanadi, nimadan xursand bo'ladi, nega uyaladi, nimaga havas qiladi va hokazolar degan ma'noni anglatadi. Individning barqaror his-tuyg'ulari predmeti, ularning jadalligi, kechinmalarning xususiyati va hissiyotlari, affektlar, kuchli hayajonlanish holatlari va kayfiyatlari shaklida tez-tez namoyon bo'lishi kuzatuvchi ko'z o'ngida kishining hissiy dunyosini, uning his-tuyg'ularini va shu asnoda uning individualligini namoyon etadi.
Test savollari. 1. Inson o’z diqqatini biron narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida mutassil qaratib tura olishi nima deb ataladi +Diqqatning kuchi va barqarorligi - Diqqatning ko’lami - Ixtiyoriy diqqat - Irodaviy diqqat
2. Har qanday irodaviy harakat nimadan boshlanadi? + Maqsadni belgilab anglashdan -Qo’rqoqlikni yengishdan -Mexanik aktlarni bajarishdan -Ixtiyorsiz harakatlardan
3. O‘z-o‘zini ishontirish bu – … ? + o‘z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish orqali ijobiy xulq normalariga bo‘ysundirish - o‘zini konkret tarbiya ob’yekti sifatida idrok etish va o‘zi bilan muloqotni tashkil etish - tig‘iz va ekstremal holatlarda o‘zini qo‘lga olish va maqbul yo‘lga o‘zini chorlay olish sifati - sotsial normalardan kelib chiqqan holda o‘zida ma’qul ustanovkalarni shakllantirish
4. Shaxsning ongli harakatlarida o’z-o’zini tuta bilishda ifodalanadigan, maqsadga erishish yo’lida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yengib chiqishda namoyon bo’ladigan ixtiyoriy faollik bu + iroda - ehtiros - hissiyot - faoliyat
5. Psixoanaliz maktabiga kim asos solgan?
+ Z.Freyd - K.N Kornilov - E.Torndayk - Dj.Uotson
6. … psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit o’zgarishi bilan o’zgaradi.
- determinizm - ong va faoliyat birligi - ongni faoliyatda rivojlanishi - barcha javoblar to’g’ri
7. … ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham aynan bir narsa emas ular bir butunlikni tashkil etadi.
+ ong va faoliyat birligi - determinizm - ongning faoliyatda rivojlanishi - psixika
8. Qaysi qatorda tashkiliy guruh metodlari ko’rsatilgan?
+ longityud, qiyoslash, kompleks - genetik donalash kuzatish anketa - kuzatish, eksperiment, longityud qiyoslash - sosiometriya, kuzatish kompleks qiyoslash
9. Inson faoliyati natijasining so’nggi obrazi sifatida namoyon bo’ladigan va ehtiyojlarning amalga oshirilishi bu…
+ maqsad - ish-harakat - motiv - odat
10. Kishini faoliyatga undaydigan va unga mazmun baxsh etadigan kuch bu…
+ motiv - ish-harakat - maqsad - odat
XULOSA
Irodaviy harakatlarda kishining axloqiy xislatlari namoyon bo‘lsa, iroda kuchi ijobiy ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. Ikkinchidan, kishilarning axloqiy hislarlari haqida fikr yuritilganda aytilgan so‘zlarni emas, balki ularning ma’naviy qiyofasini ko‘rsatadigan irodaviy harakatlarni nazarda tutamiz. Shuning uchun kuchli irodaning mardlik, o‘zini tuta bilish, sabot-matonat, chidam va jasurlik kabi xususiyatlari irodaning axloqiy sifatlari deb hisoblaymiz. Kishi biror qarorga kelishda o‘z qarori va harakatlari uchun axloqiy mas’uliyat sezsa, uning irodasi axloqiy hisoblanadi. Kishining chinakam axloqiyligi ma’naviy qiyofasi, so‘zida va muhokamalarida emas, balki faoliyatida, ishida va asosan mehnatda, ya’ni mehnatga va ishning o‘ziga mehr qo‘yishida namoyon bo‘ladi. O‘zining intilish (mayllarida), qaror va harakatlarida har doim ahloq tamoyillariga amal qiladigan kishilarni axloqli kishilar deb ataymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
1. Nishanova Z. Psixodiagnostika va elsperimental pisixologiya. T. Tafakkur bo’stoni
Nishanova Z. G. Alimova Bolalar psoxologiya va uni o’qitish metodikasi. T.2006
M. Davletshin, Sh.Do’stmuhammedova, M. Mavlonov , S. To’ychiyev Yosh davrlari va pedagogik psixologiya T. 2004. O’quv metodik qo’llanma.
Shamshetova A.K, Soipova M.L. T. 2022y. O’quv qo’llanma.
G’oziyev E.G. Ontogenez T. 2010
Smirova E.O. Detskaya Psixologiya O’quv qo’llanma. T. 2016