O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA
VAZIRLIGI
ANGREN UNIVERSITETI
FAN
NOMI
: Pedagogika nazariyasi va tarixi
GURUH: PP-106
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Yaxlit pedagogika jarayoni tushunchasi va uning turlari
Bajardi: Sheraliuyeva.Sh
Tekshirdi: Ishonqulov.M
Angren- 2023
YAXLIT PEDAGOGIK JARAYON
Reja:
1. Pedagogik jaroyon va unig tuzilishi.
2. Pedagogik jarayon konuniyatlari.
3. Yagona pedagogik jarayonning etaplari.
Xulosa
1. Pedagogik jarayon va uning tuzilishi. Pedagoglik kasbining paydo
bo’lishiga e’tibor qaratilsa, shu narsa ko’rinadiki, dastlab uning doirasida
differentsiallashuv va integratsiyalashuv jarayoni chegaralangan bo’lsa, key-inchalik
ochiqchasiga ta’lim va tarbiya qarama-qarshi qo’yila boshladi: o’qi-tuvchi
o’qitadi, tarbiyachi esa tarbiyalaydi. Lekin XIX asrga kelib, taraqqiy-parvar
pedagoglarning ishlarida argumentlarni asoslashda ob’ektiv nuq-tai nazardan
ta’lim va tarbiyaga bir butun, yaxlit hodisa sifatida qarala boshladi. I.F. Gerbartning
fikricha, tarbiyasiz ta’limda vosita bor, lekin maqsad yo’q, ta’limsiz esa maqsad bor,
vosita etishmaydi.
Nemis pedagogi A. Disterveg, ta’limni tarbiyaning bir qismi sifatida qaraydi:
“Ta’lim printsiplari bor ekan, hamisha tarbiya printsiplari ham bo’ladi, yoki
aksincha”.
Pedagogik jarayonning yagonaligi g’oyasi K.D Ushinskiy g’oyalarida chu-qur
ifodalangan. U pedagogik jarayonni maktab faoliyatining ma’muriy, o’quv va
tarbiya elementlarini
bir
butun
tizim
sifatida tushundi.
K.
D.
Ushinskiyning taraqiyparvar g’oyalari uning izdoshlari: N.F. Bunakov, P.F.
Lesgaft, K.B Yelniskiy, V.P Baxterov va boshqalarning ishlarida o’z aksini
topgan.
Pedagogik jarayon muammosi bilan P.F. Kapterev alohida shug’ullan-di. U
pedagogik jarayonlarning ko’ptomonlama ham ichki, ham tashqi jihatlarini taxlil
qiladi va quyidagi xulosalarga keldi: “Ta’lim, o’qi-tish, o’rgatish, tarbiya, pand-
nasihat, o’git va boshqa bir qator so’zlar turli xususiyat, jihatlar, vosita va
vaziyatlarni ifodalaydi, lekin ularning hammasi yagona pedagogik jarayondir”.
N.K.Krupskaya, A.P.Pinkvich, S.T.SHatskiy, P.P.Blonskiy, M.M.Rubin-
shteyn, A.S.Makarenko yagona pedagog jarayonning taraqqiyotiga katta hissa
qo’shishdi.
XX asrning 70-yillarida Yu.K. Babanskiy, B.S.Ilьin, V.M.Korotov,
B.V.Kraevskiy, B.T.Lixachev, Yu.P. Sokolnikov va boshqalar yagona pedagogik
jarayonga ilmiy qiziqish bilan qarashdi.
Pedagogik jarayonning mohiyati tizimli metodologik yondashuv asosidagina
zamonaviy mualliflar tomonidan ochib berildi. U pedagogik ob’ektlarni tizimlar
sifatida qarashni taklif etadi, aynan: tarkibiy qismlarining tuzilishini, ular orasidagi
o’zaro aloqadorlikni aniqlash kabilarni o’zida jamlaydi.
Pedagogik jarayon – pedagogik fanlarning eng muhim, asosiy katego-
riyalaridan biri.
Pedagogik jarayon kattalarning pedagogik faoliyati va tarbiyachilar-ning
boshqaruvchilik roli tufayli faol hayotiy faoliyat natijasida bolaning o’zini-o’zi
o’zgartirishining maqsadga yo’naltirilgan mazmundor, tashkiliy harakatidir.
U haqiqatdan ilmiy asoslangan, rivojlantiruvchi va takomillashib boruvchi
tizim sifatida mavjud bo’ladi hamda tarbiya qonuniyatlari, pedagogning ijodkorligi
va ta’lim oluvchilarning yosh bilan bog’liq o’zgarishlari dinamikasiga asoslanadi.
Pedagogik jarayon boshqa barcha ijtimoiy jarayonlar (iqtisodiy, siyo-siy,
axloqiy, madaniy va boshqalar) bilan chambarchas bog’langan. Uning mo-hiyati,
mazmuni va yo’nalganligi ijtimoiy jarayonlarning holati, ishlab chiqarish kuchlari
va ishlab chiqarish munosabatlarining real o’zaro haraka-tiga bog’liq bo’ladi.
O’quv-tarbiya jarayonining asosiy xususiyati – yagonalik, undagi barcha
muhim tarkibiy qismlarni saqlab qolish zaruriyati.
Yaxlitlik asosiga ta’lim, tarbiya va rivojlanish birligini ta’min-lash pedagogik
jarayonning mohiyatini tashkil etadi.
Pedagogik jarayon – ko’plab jarayonlarning ichki aloqadorligi yig’indi-sidir.
Unda o’qitish, ta’lim, tarbiya, shaxsning shakllanishi va rivojla-nishi jarayonlari
birlashadi.
Pedagogik jarayonning umumiyligi va birligi uni tashkil etuvchi barcha
jarayonlarni yagona maqsadga bo’ysundiradi. Pedagogik jarayonning murakkab
ichki munosabatlari:
- uni tashkil etuvchi jarayonlarning birligi va mustaqilligi;
- undagi jarayonlarning yaxlitligi va teng huquqliligi;
- umumiy mavjudlik va o’ziga xoslikni saqlashda namoyon bo’ladi.
Pedagogik jarayonga uning tarkibiy qismlarining o’zaro aloqadorlikda qonuniy
joy egallashi birligini o’zida ifoda etuvchi yagona tizim sifatida qarash mumkin.
Tuzilish(struktura) – bu tarkibiy qism(element)larning tizimdagi joylashuvidir.
Tizimlarning tuzilishi tarkibiy qismlarni qabul qilish mezonlarida belgilangani
bo’yicha, bundan tashqari ular orasidagi aloqadorlikda tashkil etiladi. Pedagogik
jarayonning
o’zi
maqsad,
vazifa,
mazmun,
metodlar,
pedagog
va
tarbiyalanuvchilarning o’zaro harakati shakllari, shu bilan birga erishilgan natijalar
bilan xarakterlanadi.
Pedagogik jarayonda ishtirok etadigan tizim tarkibiy qismlariga quyidagilar
kiradi:
- pedagoglar;
- tarbiyalanuvchilar;
- tarbiyaviy shart-sharoitlar.
Jarayonning aniq maqsadli tarkibiy qismi pedagogik faoliyatning barcha ko’p
obrazli maqsad va vazifalarini: bosh maqsad – har tomonlama va barkamol shaxsni
tarbiyalashdan – alohida sifatlarni shakllantirishning aniq vazifasigacha o’z ichiga
qamrab oladi.
Mazmunli tarkibiy qism umumiy maqsad bilan birga, xuddi shunday aniq
vazifani qo’yadigan ma’noni aks ettiradi.
Faoliyatli tarkibiy qism – jarayonni tashkil etish va boshqarishda busiz
belgilangan
natijalarga
erishish
mumkin
bo’lmagan
pedagoglar
va
tarbiyalanuvchilarning o’zaro harakati va ularning hamkorligi. Mazkur tarkibiy qism
pedagogik adabiyotlarda yana tashkiliy yoki tashkiliy-boshqaruvli deb ham
nomlanadi.
Jarayonning natijali tarkibiy qismi uni amalga oshishi samarador-ligini aks
ettiradi, qo’yilgan maqsad bilan bog’liqlikda muvafaqqiyatli o’zgarishlarga olib
kelish bilan xarakterlanadi.
Professor I.P.Rachenko ta’lim tizimidagi tarkibiy qism(kompo-nent)larni
quyidagicha bo’lib ko’rsatadi:
- tizim faoliyatini aniqlashtiruvchi maqsad va vazifalar;
- ta’lim va tarbiya mazmuni maqsad va vazifalarining amalga oshishi-ni
ta’minlovchi pedagogik kadrlar;
- tizimning ilmiy asosda ishlashini tashkil etuvchi ilmiy kadrlar;
- ta’lim oluvchilar(ta’lim oluvchilar);
- moddiy-texnik ta’minot;
- tizim va uning samaradorligi ko’rsatkichlarining moliyaviy ta’mi-noti;
- shart-sharoit(psixofiziologik, sanitar-gigienik, estetik va ijti-moiy);
- tashkil etish va boshqarish.
Amerikalik pedagog F. G. Kumbs quyidagilarni ta’lim tizimining asosiy
tarkibiy qismlari deb hisoblaydi:
- tizimning faoliyatini aniqlashtirib beruvchi maqsad va birinchi galdagi
vazifalar;
- ta’lim oluvchilar hamda tizimning asosiy vazifasi hisoblanmish o’qitish;
- tizim faoliyatini muvofiqlashtirish, rahbarlik va baholashni amalga
oshiruvchi boshqarish;
- turli vazifalar bilan bog’liqlikda o’quv muddati hamda ta’lim oluvchilar
guruhining tuzilishi va taqsimlanishi;
- mazmun – eng asosiysi, ta’lim oluvchilar ma’lumotga ega bo’lishlari
shart;
- o’qituvchilar;
- o’quv qo’llanmalar: kitoblar, doskalar, xaritalar, filьmlar, laboratoriyalar
va boshqalar;
- o’quv jarayoni uchun zarur bo’lgan bino;
- texnologiya – ta’limda foydalaniladigan barcha metod va usullar;
- bilimlarni baholash va nazorat qilish: qabul qilish, baholash, imtihonlar,
tayyorgarlik sifati qoidalari;
- bilimlarni oshirish va tizimni takomillashtirshi uchun tadqiqot ishlari;
- ta’lim samaradorligi ko’rsatkichlari xarajatlari.
Dostları ilə paylaş: |