Angren universiteti


Pedagogik jarayon qonuniyatlari –



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix10.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#95563
1   2   3
yaxlit pedagogika

  
2. Pedagogik jarayon qonuniyatlari – bu ob’ektiv mavjud bo’lgan, 
takrorlanadigan, barqaror hodisalar orasidagi ma’lum aloqadorlik, mazkur 
jarayonning alohida tomoni. 
Qonuniyatlar nima va pedagogik jarayonda qanday bog’langan, nima bilan u 
bog’liqlikda ekanligini ko’rsatadi. 
Pedagogik taraqqiyot sifatidagi bu qadar murakkab, katta va dinamik tizimda 
ko’plab turli tavsifiy aloqalar namoyon bo’ladi. 
Zamonaviy pedagogikada pedagogik jarayon qonuniyatlarning yagona tas-nifi 
mavjud emas. SHu sababli quyida mavjud tasniflardan ba’zilarini ko’rib o’tamiz. 
I. P. Podlasыy tasnifi bo’yicha: 
Tarbiya va ijtimoiy tizimlarning aloqadorligi: aniq tarixiy sharoitlardagi 
tarbiya xarakteri jamiyatning ehtiyojlari, iqtisodiy, milliy-madaniy o’ziga xosliklari 
bilan aniqlanadi. 
Ta’lim va tarbiya orasidagi: bu jarayonlarning o’zaro bog’liqligini, ularning 
ko’ptomonlama o’zaro ta’sirini, birligini belgilab beruvchi aloqadorlik. 
Tarbiya va faoliyatning aloqadorligi: tarbiyalash – faoliyatning turli turlariga 
tarbiyalanuvchilarni jalb etish demakdir. 
Tarbiya va shaxs faolligining aloqadorligi: agar uning ob’ek-ti(shaxs) bir 
paytning o’zida sub’ekti sifatida aks etsa, tarbiya muva-faqqiyatli amalga oshadi
ya’ni shaxs o’zining faol xulq-atvorini, shaxsiy erkinligini, mustaqilligini, 
faoliyatdagi ehtiyojini namoyon etadi. 
Tarbiya va muloqotning aloqadorligi: tarbiya jarayoni har doim odamlar – 
o’qituvchilar va ta’lim oluvchilarning o’zaro harakatida kechadi. 
Bola tarbiyasi muvafaqqiyati to’g’ridan-to’g’ri shaxslararo aloqalar-ning 
intensivligi va boyligiga bog’liq bo’ladi. 
Pedagogik jarayonning dinamik qonuniyati – ta’lim oluvchining keyingi 
barcha 
muvafaqqiyatlarining 
qimmati 
uning 
dastlabki 
bosqichlar-dagi 
muvafaqqiyatiga bog’liq bo’ladi. 


Pedagogik jarayonda shaxsning rivojlanishi qonuniyati – shaxs rivoji 
darajasi va sur’ati: 

irsiyat; 

tarbiya va o’quv muhiti; 

pedagogik ta’sir etish usul va vositalarining qo’llanishiga bog’liq bo’ladi. 
O’quv-tarbiya jarayonini boshqarish qonuniyati – pedagogik ta’sirning 
samaradorligi: 

ta’lim oluvchilar va pedagoglar orasidagi qayta aloqalarning intensivligi; 

ta’lim 
oluvchilarga 
ko’rsatiladigan 
korrektsiyali 
ta’sirlarning 
asoslanganligi hamda xarakteri, qimmatiga bog’liq bo’ladi. 
Pedagogik jarayonda hissiyot, mantiqiylik va amaliyotning birligi 
qonuniyati – o’quv-tarbiya jarayonining samaradorligi: 

hissiy idrokning sifati va intensivligi; 

idrok etilganning mantiqiy anglanishi; 

anglanganning amaliy qo’llanilishiga bog’liq bo’ladi. 
Tashqi(pedagogik) va ichki(bilish) faoliyatning birligi qonuniyati – 
pedagogik jarayonning samaradorligi: 

pedagogik faoliyatning sifati; 

tarbiyalanuvchilarning shaxsiy o’quv-tarbiyaviy faoliyatining sifatini shart 
qilib qo’yadi. 
M. Kodjaspirov bo’yicha: 
Ijtimoiy shart-sharoitlar bilan shartlanganlik qonuniyati: ta’lim va 
tarbiyaning ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlarga bog’liqligi. 
Inson tabiati bilan bog’langanlik qonuniyati: 

shaxsni shakllantirishda muloqot va faoliyatning hal qiluvchilik roli; 

ta’lim va tarbiyaning ta’lim oluvchilarning yosh va individual o’ziga 
xosliklariga bog’liqligi. 
Tarbiviy jarayon mohiyatining shartlanganlik qonuniyati: 

tarbiya, o’qitish, ma’lumot va shaxs rivoji jarayonlarining o’zaro 
bog’liqligi; 

o’quv-tarbiyaviy jarayonda shaxs va ijtimoiy guruhlarning o’zaro aloqasi. 


M.Kodjaspirovning mazkur tasnifi Yu.K.Babanskiyning tasnfiga juda yaqin. 
Yagona pedagogik jarayonning qonuniyatlari, aynan akademik Yu.K.Babanskiy 
tomonidan sodda va tushunarli ochib berilgan: 
Ta’lim va tarbiya jamiyatning ehtiyojlari va ijtimoiy-iqtisodiy shart-
sharoitlariga bog’liq holda amalga oshadi. 
Tarbiya, o’qitish, ma’lumot va rivojlanishning o’zaro bog’liqligi qonuniyati. 
Tarbiya va o’zini-o’zi tarbiyalashning birligi qonuniyati. 
 Ta’lim va tarbiya jarayonida muloqotning hal qiluvchilik roli qonuniyati. 
Pedagogik jarayonda ta’lim oluvchilarning yosh va individual 
xususiyatlarini hisobga olish. 
Pedagogik jarayonda jamoa va shaxsning o’zaro aloqadorlik qonuniyati. 
Pedagogik jarayon vazifalari, shakllari, metodlarining o’zaro aloqadorlik 
qonuniyati. 
Yagona pedagogik jarayon qonuniyatlari singari tamoyillari masalasida ham 
turli qarashlar mavjud. Hatto ba’zi pedagoglar ularni qonuniyat sifa-tida e’tirof 
etishga moyildirlar. Biroq yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, qonuniyatlar ob’ektiv, 
eng muhim, barqaror, o’zgarishda, shu bilan birga, aniq sharoitlardagi harakatni 
ifoda etadi. Pedagogik jarayon qonuniyat-laridan uni samarali tashkil qilishga 
nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadiki, buni tamoyillar(printsiplar) deb 
ataymiz. 
Yagona pedagogik jarayon tamoyillarining ham hozirgacha turli tasnif-lari 
adabiyotlarda o’z aksini topgan. Agar ularni sinchiklab o’rganib chi-qilsa, 
tasniflarning bir-biriga yaqinligini ko’rish mumkin. SHu sababli biz quyida 
ko’pchilik tomonidan tushunarli deb topilgan ikkita (Yu.K.Ba-banskiy, 
B.T.Lixachev) tasnifini berishni ma’qul deb topdik. 
Yagona pedagogik jarayon tamoyillarining Yu.K.Babanskiy bo’yicha tasnifi: 
pedagogik jarayonning maqsadga yo’naltirilganligi; 
ta’lim va tarbiya mazmunining ilmiyligi; 
ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish
tushunarlilik; 
tizimlilik va ketma-ketlik; 
onglilik, faollik, tashabbuskorlik, ta’lim oluvchilarning ijod-korligi; 
ta’lim va tarbiyaning ijtimoiy foydali, ishlab chiqarish mehnati bilan aloqasi; 
ta’lim va tarbiyaning jamoaviy xarakteri; 


ko’rgazmalilik; 
ongli talabchanlik bilan birgalikda ta’lim oluvchi shaxsini hurmat qilish; 
ta’lim va tarbiyaning qo’lay metod, shakl va vositalarini tanlab olish; 
sababiylik, onglilik hamda ta’lim, tarbiya va rivojlanishining amaliy 
natijalari; 
tarbiyaga kompleks yondashuv.
B. T. Lixachev tasnifi: 
o’quv-tarbiya jarayonining ijtimoiy-qadriyatli maqsadga yo’nalganligi; 
ta’lim oluvchilar faoliyatining turli turlarining o’zaro harakatini tashkil 
etishga kompleks yondashuvni amalga oshirilishi; 
butun o’quv-tarbiyaviy ishlarning hayot bilan bog’liqligi; 
ta’lim va tarbiya jarayonida har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish, 
jamoada ta’lim va tarbiya; 
ta’lim oluvchilarga talabchanlik va hurmatning birligi; 
ta’lim oluvchilar hayotiga rahbarlik qilishda ularning tashabbus-korliklarini 
hasobga olish; 
barcha ta’lim oluvchilar hayotini estetizatsiyalash; 
ta’lim va tarbiyaning boshqaruvchilik roli; 
ta’lim oluvchilarning bilish, mehnat va boshqa faoliyatlarini rag’-
batlantirishni hisobga olish, ularda ishga bevosita qiziqish uyg’otish orqali axloqiy-
irodaviy kuchini faollashtirish; 
ta’lim oluvchilarda barcha turdagi fikrlashni rivojlanishini hisobga olish
ketma-ketlik va tizimlilik; 
ko’rgazmalilik; 
tushunarlilik; 
sababiylik. 
Umuman olganda, yagona pedagogik jarayon va uning tarkibiy qismla-rining 
umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish ta’lim va tarbiya jarayonining 
samaradorligiga xizmat qiladi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin