Anguage and literature


TALABANING TASHRIF QOG‘OZI



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/65
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195155
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   65
uzb-2019 3-son

TALABANING TASHRIF QOG‘OZI
(Davomi, boshi 12-betda)


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
23
навбатчи
Mumtoz shoirlarimiz ismi shariflari, ularning lug‘aviy 
ma’nolari, hayot yo‘llari haqidagi ma’lumotlar ilm uchun 
va birinchi navbatda, ularning vorislari – yosh avlod 
uchun mo‘tabardir. Jumladan, ismi noma’lum bo‘lib ke
-
layotgan Mavlono Lutfiy hayoti haqidagi ma’lumotlar 
ham.
Alisher Navoiyning she’riyatdagi ilk ustozi, unga 
oq yo‘l tilab, ilk g‘azaligayoq tan bergan kishi Mavlono 
Lutfiydir. Daho shoirimiz bu kishi haqida “Majolis un-
nafois” va boshqa asarlarida uch-to‘rt marotaba ma’lu-
mot bergan va uni “Malik ul-kalom”, ya’ni “Badiiy so‘z 
podshosi” deb sharaflagan.
Chunonchi, “Majolis un-nafois” asarida: “Mavlono 
Lutfiy o‘z zamonasining malik ul-kalomi erdi. Forsiy 
va turkiyda naziri yo‘q erdi. Ammo turkiyda shuhrati 
ko‘prak erdi va turkcha devoni ham mashhurdir. Va mu
-
taazzir ul-javob matla’lari bor. Ul jumladin biri budurkim:
Nozukluk ichra belicha yo‘q tori gesuyi,
O‘z haddini bilib, belidin o‘lturur kuyi.
Yana biri bukim: 
Sayd yetti dilbarim meni oshufta sochdin
Soldi kamand bo‘ynuma ikki qulochdin.
Va Mavlononing “Zafarnoma” tarjimasida o‘n ming 
baytdin ortuqroq masnaviysi bor. Bayozg‘a yozmag‘on 
uchun shuhrat tutmadi. Va lekin forsiyda qasidago‘y us
-
todlardin ko‘pining mushkul she’rlarig‘a javob aytibdur 
va yaxshi aytibdur. To‘qson to‘qquz yashadi. Va oxiri 
umrida radifi “oftob” she’ri ayttikim, zamon shuarosi 
barcha tatabbu’ qildilar. Hechqaysisi matla’ni oncha 
ayta olmadilar...
Mavlononing qabri shahr navohisida – Dehi 
Kanordakim, o‘z maskani erdi, andadur”.
Alisher Navoiyning “Holoti Sayyid Hasan Ardasher” 
manoqibida bu tabarruk zotning Lutfiy ijodidan uchta 
baytni yod aytib yurgani qayd etilgan.
Keyingi yillarda Mavlono Lutfiyning tavallud joyi, va
-
foti yili, faoliyati haqida ko‘plab yangi ma’lumotlar davriy 
matbuot va kitoblarda yoritildi.
Birinchi yangilik shundaki, sobiq Dehi Kanor qish-
log‘ining hozirgi nomi Nangoboddir. Bu qishloq Hirotdan 
25 kilometrlar masofada bo‘lib, Xalqaro Bobur fondi 
raisi Zokirjon Mashrabov tashabbusi bilan 2007-yilda 
Nangobod yaqinidagi yaydoq yerda xuddi yashil orol-
dek daraxtzor maskandan Mavlono Lutfiy qabr toshi 
topilgan. O‘sha yili mazkur fond rayosati qaroriga mu-

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin