Anguage and literature


«Kichkina Shahzoda» ertagi



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/65
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195155
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65
uzb-2019 3-son

«Kichkina Shahzoda» ertagi
Ilon
Tulki
Xavfli boabab
Nilufar guli
Sayyoralar
Uchuvchi
Yovuzlik timsoli 
Asteroidlar
Birinchi uchratgan do‘st
Yomonlik timsoli
Kichkina shahzodaning 
ashaddiy dushmani
Ramziy qahramon
Sevgi-muhabbat timsoli
Qirol
Shuhratparast
Piyonista
Ramziy xarakterga ega bo‘lmagan
yagona qahramon
Ertakda roviy qahramon
Korchalon
Chirog‘bon
Kichkina shahzoda
Antuan de-Sent Ekzuperi
Meni asarlarimdan izlang...
Do'stga bag'ishlangan asar
Ezgulik ramzi
Ramziy qahramon
Jug‘rofiy olim
Uchuvchi
Ramziy qahramon
Idrok xaritasi
Insondagi fazilat va nuqsonlar
Ezgulikka qo‘yilgan haykal
so‘ng talaba og‘zaki va yozma nutqining uslubiy ravonligini 
shakllantirish maqsadida ijodiy bayon va insholarga diqqat-
ni qaratish muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari dars-
ning boshlanish qismida 5–7 daqiqadan iborat “savodxon-
lik daqiqalari”ni tashkil qilish ham mumkin. Unda 10–12 ta 
so‘zdan iborat lug‘at diktant yozish talab etiladi. Masalan: 
xayol, favqulodda, dasturulamal, Is’hoq, anglashilmovchilik, 
muxlis, ixlos, daxmaza, saxovat, voqea… So‘zlarning to‘g‘ri 
yozilishi yozuv taxtasida ko‘rsatib beriladi. Talabalar o‘z xa-
tolari ustida ishlaydilar.
Tinish belgilarini to‘g‘ri ishlatishni o‘rgatishda talabalar-
ga tinish belgilari qo‘yilmagan bir nechta gaplardan iborat 
matnlar tarqatiladi va matnga mos tinish belgilarini qo‘yish 
topshirig‘i beriladi:
1. Tilga ixtiyorsiz elga e’tiborsiz degan edi A Navoiy
2. Kichkina shahzoda asari bolalar kitobi lekin uni tushu-
nishga kattalarning aqli kerak
3. Senga o‘z singlimga baxt omad tilayman Omon bo‘l
4. Niyatim shu odamlarda huquqiy ekologik madaniyat 
bo‘lsa
5. Bilmasam Kattalardan so‘rang Ana bobom uyda-ku
6. Uka agar to‘g‘risini aytsam xafa bo‘lmaysanmi Mungli 
ko‘zlar asari
Gapni to‘g‘ri tuzish, uslubiy ravon jumlalar yaratish, 
nutqiy g‘alizlikdan xoli bo‘lishni maqsad qilganda, uslubiy 
noto‘g‘ri qo‘llangan gaplardan iborat matnlardan foydala-
nish mumkin. Bunda talabalardan matndagi noto‘g‘ri jum-
lani topish so‘raladi:
1. Yo‘lchi mashaqqatlar, qiyinchiliklar ichida bo‘lsa ham, 
faqir hayotning uch yilini Mirzakarimboy eshigida o‘tqazdi. 
(o‘tkazdi)
2. Mashhur bog‘bon Darvesh hoji shaftoli ko‘chatlarini 
o‘tkazdi. (o‘tqazdi).
3. Salimning gapi borgan sari unga ko‘proq nasha 
(nash’a) qilar edi.
4. Davraga dutor, tambur (tanbur), g‘ijjak, nay, doira 
ko‘tarib mashshoqlar kirib keldi.
5. Quyosh hamal yulduzlar burchi (burji)ga o‘tishi bilan 
kunlar isiy boshladi.
6. Olisdagi qarindoshdan yaqindagi yod (yot) yaxshi.
Ba’zan internet saytlaridan aniq bir mavzuni o‘rganib ke-
lishni topshirib, undagi imloviy, tinish belgilariga oid, uslubiy 
xatolarni topish topshirig‘ini ham berish mumkin. Bu usul 
o‘quvchining savodxonligini oshirishda qo‘l keladi. Tala-
baning o‘zi mustaqil tuzgan (internetdan ko‘chirilgan emas, 
chunki internet saytlaridagi matnlar ham tahrirtalab) matnni 
o‘qib, u haqida tasavvurga ega bo‘la olamiz.
Demak, talabaning imlo, ishora savodxonligiga eri shish, 
gaplarni to‘g‘ri tuzish, til birliklarini o‘rinli qo‘llay olish ko‘nik-
masining shakllanishida matn ustida ishlash, badiiy asar 
mutolaa qilishi muhim ahamiyat kasb etar ekan.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin