PAYT polvon ekan. Hol momo buyur-
gan yumushlarning fursatini belgilab berarkan. Ishining baja-
rish zamonini, paytini bilar ekan, inilari ham uning aytganini
qilisharkan. Kunlardan bir kun Hol momo Payt polvonga:
– O‘g‘lim, yerni haydab qo‘y, – dedi.
– Qachon hayday, ena? – deb so‘radi Payt polvon.
Hol momo unga:
– Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang, yuz hay-
da, – deb javob beribdi.
Hol momo Payt polvonning “qachon?”, “qachongacha?”,
“qachondan beri?”, “qay vaqt?” kabi so‘roqlariga erinmasdan
javob berar ekan.
Payt polvon, ko‘pincha, Ot, Ravish, Son, shuningdek,
So‘z birikmasi degan do‘stlari bilan birgalikda ishlarini amalga
oshi rar ekan.
Hol momoning ikkinchi o‘g‘li –
O‘RINBOY polvon ekan. Qayerga ko‘pkariga borsa, qayerdan ot olib kelsa, qayerda
otini choptirsa, albatta, o‘z o‘rnini bildirib, onasini xabarsiz
qoldirmas ekan. Kuni kecha Vaxshivor tog‘laridan ot olib kel-
tiribdi va momoning oldiga kelib shunday debdi:
– Ena, Vaxshivordagi qarindoshlar tayin etdilar: Siz agar
Xo‘jasoatga borsangiz, ammamning eshigiga tushishingizni
aytdilar.
Hol momo bu o‘g‘lidan-da shod, ko‘ngli obod bo‘libdi.
Makon-zamon kelishigidagi so‘zlar, ko‘makchili otlar, o‘rin
ravishlari O‘rinboy polvonning uzangi yo‘ldoshlari, yiqilganda
qo‘ldoshlari bo‘libdilar. Ular bilan hamisha ko‘pkari chopibdi,
bu borada baxt-omad topibdi. Solimlarni katta-katta olibdi,
dushmanlarni hayratga solibdi, ortidan ne-ne qizlar dog‘da
qolibdi.
Qishloqning, nafaqat birgina qishloqning, balki boshqa
qishloqlarning olish-kurashlarida eng old polvoni, alp ku-
rashchi
RAVISH polvon Hol momoning uchinchi o‘g‘li ekan.
Har kurashdan qaytganda, albatta, Hol momoga uchrar, un-
dan so‘ng boshqa ishga kirisharkan. U to‘ylardagi kurashda
raqiblarini qanday qilib, qay ahvolda mag‘lub etgani, qanday
ko‘tarib kuragini yerga tekkizganini bir-bir so‘ylar, momom
nima derkin, deb o‘ylarkan. Momo bundan, albatta, faxr tu-
yarkan, alqab-alqab suyarkan.
Ravish polvon epchillik bilan chala, yonbosh otishlarini
enasiga gerdayib-gerdayib aytib berarkan. Uning o‘zidek ism-
li Ravish, Fe’l, Ko‘makchili ot kabi do‘stlari birgalikda mashq
qilisharkan.
Ravish polvonning uyiga ena tomondan bobosi