Anguage and literature


MAKTAB KUTUBXONASI ZAMON TALABIDA



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/65
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195155
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65
uzb-2019 3-son

MAKTAB KUTUBXONASI ZAMON TALABIDA
 
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan poytaxtimizdagi 110-umum-
ta’lim maktabida shahrimizning 11 ta tuman xalq ta’limi bo‘limi 
mudirlari, Axborot-resurs markazlari rahbarlari hamda 303 ta 
umumta’lim maktablarining kutubxonachilari uchun “Maktab 
kutubxonalarini zamon talablari asosida jihozlash va kutub-
xona ish hujjatlarini yuritish” mavzusida o‘quv-seminari o‘tka-
zildi. 
Tadbirda mutaxassislar Prezidentimiz tashabbusi bilan va-
zirlik, idora, tashkilot va muassasa rahbarlari tomonidan o‘zi 
o‘qigan maktabga sovg‘a qilinayotgan kitoblarni kirim qilishga 
alohida e’tibor qaratish, kitobxonlar formulyarlarini to‘ldirish 
va kutubxona ish hujjatlarini yuritish, o‘quvchilarni kitob mu-
tolaasiga qiziqtirishning innovatsion uslublarini yo‘lga qo‘yish, 
sovg‘a qilinayotgan kitoblarni o‘quvchilar orasida targ‘ib qilish 
yuzasidan fikrlar bildirildi.
“QIZLARJON” O‘QUVCHI-QIZLAR SAMMITI 
Samarqand shahrida “Ilm-fan – kelajak poydevori” shiori 
ostida “Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammiti bo‘lib o‘tdi. Maz-
kur tadbirda mamlakatimizning barcha hududlaridan 14–18 
yoshdagi jami 140 nafar, jumladan, “Qizlarjon” klubi koordi-
natorlari, xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘oliblari, 
hunarmandlik, AKT sohasi bilan shug‘ullanayotgan o‘quv-
chi-qizlar, innovatsion g‘oyalar mualliflari, mehribonlik uylari 
tarbiyalanuv chilari, Yoshlar ittifoqi sardorlari qatnashdilar. 
Dasturga ko‘ra ular jamoada muloqot qilish (Soft skills) 
ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy AKT imkoniyatlari va 
ularni hayotga tatbiq etish usullari, innovatsion menejment va 
marketing bo‘yicha bilimlarini boyitdilar.
Shuningdek, ishtirokchilar sammit doirasida guruhlarga 
bo‘lingan holda mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan tash-
kil etilgan psixologik treninglar, mahorat darslari, hunarmand 
o‘quvchi-qizlar mahsulotlari savdo-yarmarkasida qatnashdi-
lar. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin