Uzunlik o‘lchovlari: 1 mil = 1609 metr
1 fut = 12 duym = 0,3084 metr
1 duym = 2,450 sm
So‘ng o‘quvchilar darslik bilan ishlab, asardan dos-
kadagi o‘lchov birliklariga mos keluvchi misollarni topi-
shadi:
Buloqqa yarim mil qolganda mustang sergak tortdi.
Gala bor-yo‘g‘i to‘rt milcha ilgarilab ketdi.
Baytal qushday uchdi, lekin ayg‘ir bilan oralaridagi
masofa bir duym ham kamaymadi.
Qoyadan pastga sakradi, ikki yuz futcha uchib yur-
di...
O‘quvchilar o‘lchovlarni hisoblab, fikrlarini asoslab
berishadi. Masalan: 1 mil = 1609 metr bo‘lsa, yarim mil
= 804,5 metr bo‘ladi. Demak, salkam 1 km qolganda
mustang sergak tortdi.
Shundan so‘ng o‘quvchilarga quyidagicha test top-
shirig‘i beriladi:
1. Asarda qaysi o‘lchov birligidan foydalanilma- gan? A) duym
B) mil
D) fut
E) kilometr
2. Olishuvda nechta ot nobud bo‘ldi? A) yigirmata
B) sakkizta
D) bitta
E) to‘rtta
3. Asarda qaysi zaharli o‘t haqida gap boradi? A) taryok
B) loko
D) mastak
E) jenshen
4. Qaysi so‘z otni bildirmaydi? A) mustang
B) baytal
D) jayron
E) duldul
O‘quvchilarning test savollariga bergan javoblari
umumlashtirilib, faol o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Navbatdagi bosqichda
“Baliq skeleti” usuli yor-
damida o‘quvchilar asardan olingan joy nomlari (atoqli
ot)ga mos nom (turdosh ot)larni topishlari kerak bo‘ladi:
Shundan so‘ng o‘quvchilar asarning bosh qahramo-
ni Yovvoyi yo‘rg‘a haqida fikrlashishadi. Bunda ularga
“T” chizmasi dan foydalanish qo‘l keladi.
Tashqi
ko‘rinishi
Xarakteri
Tashqi
ko‘rinishi
Xarakteri
Qop-qora
yolli
E
shakday
o‘jar
Ko‘k ko‘z
Itday
qahrli
Chiroyli
Tirnog‘i
bo‘lsa,
arslonni
gumdon
qiladi
Qudratli
Ozodlikni
sevadi
Terisi
yaltiroq
Chayir
tabiatli