Nigora JO‘RAYEVA, Xo‘jand davlat universiteti o‘qituvchisi
ROZIY – YAXSHI XULQLAR BAYROQDORI emasdi – Ibn Sino uni mukammal qildi” [2: 5]. Shuning
o‘zi Roziyning tabib sifatida tanilganining ishorasi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “...meditsina tarixida birinchi
bo‘lib “kasallik tarixi” yozishni Roziy joriy qilgan. Uning
o‘zi har bir bemor uchun alohida “kasallik tarixi” tuzib,
bemorning kasalxonaga tushgan kunidan boshlab ah-
voli, undagi o‘zgarishlar va kasallikning kechish jara-
yonini juda aniq va sinchiklab yozib borardi” [2: 12].
Roziy tabib sifatida bevosita odamlar bilan doimiy
muloqotda bo‘lar ekan, insonning nafaqat jismi, balki
ruhini ham davolash maqsadga muvofiqligini ta’kidlab
o‘tadi. Roziy aqidasicha, tabobat ham, zakovat va ilm
ham inson uchundir. Olamning oliy mavjudoti bo‘l mish
insonning yoshligidan ruhini tarbiyalab borish zarur va
natijada, u o‘z ruhini tartib-intizom doirasida saqlab
turadi. Uning bunday axloqiy qarashlari «Falsafiy hayot
tarzi», «Ruhiy tabobat», «Baxt va farovonlik belgilari»,
«Tanlangan asarlar» singari kitoblarida aks etgan. Ar-
Roziy axloqshunoslik fanini insondagi yaxshi fazilatlarni
tarbiyalash, yomon odatlarni yo‘qotish yo‘llari va usul-
lari haqidagi fan deb biladi: axloq va ruhiy tarbiya kishi-
ni aql-u farosat bilan ish ko‘rishga, ya’ni har bir ishda
odob doirasidan chiqmaslikka o‘rgatadi. Uning asosiy
maqsadi tabib sifatida odamlarning jisminigina emas,
faylasuf sifatida ruhini ham davolashdir.
ikkinchidan, Mavlono Lutfiyning vafot etgan yilini
aniq ko‘rsatadiki, bundan to‘qson to‘qqiz (hijriy hisobda)
olib tashlansa, uning tug‘ilgan yili ma’lum bo‘ladi;
uchinchidan, Mavlono Lutfiy shaxsining serqirraligi
ma’lum bo‘ladi.
“Tavorixi musiqiyun”dan iqtibos: “Musiqachilarning
o‘n beshinchi piri Hazrat Mavlono Lutfiydur. Bu aziz
ushbu Mo‘g‘ulistondin (Uyg‘uriston – M.M.) erdilar.
Olimliqda hazrati Abu Nasr Forobiydek, hakimlikda Ibn
Sinodek, shoirliqda hazrati Amir Nizomiddin Alisher
Navoiydek, mug‘anniyliqda taxi Qodirxondek erdilar. Bu
azizni bilmaydurgon olim yo‘q erdi. Zamonining alloma-
si erdilar. Besh yuzdin to‘laroq olim va qorilar shogird
bo‘lib o‘qudilar va olim bo‘ldilar. Ikki yuzcha kishi mu-
siqiy fanida kamolot, mahorat ko‘rsatdilar. Yigirmadan
ortuq kitob tasnif qildilar... Ta’rixi hijriyning sakkiz yuz
yetmish sakkizida vafot bo‘lub ketdilar”.
Ushbu faktlardan son-sanoqdagi mubolag‘a pardasi
olib tashlanganda ham Mavlono Lutfiy shaxsining naqa
-
dar yirikligi va buyukligini aniq tasavvur etish mumkin.
U kishining vafot yillari – 878 dan 99 ni olib tash-
lasak, Mavlono Lutfiyning tavallud sanasi 779-yil kelib
chiqadi. Demak, Mavlono Umar Lutfiy 1376-yili tug‘ilib,
1473-yilda vafot etgan. Bu bizning ilmiy adabiyotlardagi
sanalarga yangicha aniqlik kiritadi.
Xullas, ushbu yangiliklar Lutfiyning Shohrux mirzo
saroyida uzoq muddat xizmat qilgani, musiqa, she’ri-
yat va din ilmida Hirotda mashhurligi, Saroy shahrida
bo‘lgani va uzoq muddat sayohat qilib, Ozarbayjon,
Qorabog‘, hozirgi Qozog‘istonda bo‘lgani, ona yurtiga
qaytib, darveshona yashagani hamda tavallud va vafot
etgan yilining aniqlangani haqidagi ilmiy-adabiy dalil-
lardir.