Anguage and literature



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/65
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195155
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65
uzb-2019 3-son

Muzaffar MAMATQULOV,
Umid EGAMOV, 
filologiya fanlari nomzodlari
MAVLONO LUTFIY ISMINI BILASIZMI?
vofiq, Zokirjon Mashrabov boshliq hay’at vakillari bu 
makonda O‘zbekistonda tayyorlangan sag‘ana toshi va 
maqbarani bunyod etishgan.
Ikkinchi yangilik shuki, filologiya fanlari nomzodi 
Vahob Rahmonov “Fan va turmush” jurnalining 2000-yil 
4-sonida “Lutfiy ismi – Umar” nomli maqola e’lon qilgan. 
Muallif maqolada Po‘latxon Qayumovning “Tazkirayi 
Qayyumiy” kitobidan Mavlono Lutfiy haqidagi quyida
-
gi ma’lumotlarni keltirgan: “Lutfiy Alisher Navoiy ila 
musohaba etmish, Hirot shahrida tug‘ilmish shoirdir... 
O‘z zamonasining jahongashta olim shoiri dir. Boshda 
temuriylardan Shohrux mirzoning saroyida (1404–1446) 
xizmatda bo‘ldi. Noma’lum sababga ko‘ra bundan ketib
Saroy shahrida turdi. Bir ozdan so‘ngra Ozarbayjonga 
keldi. Qorabog‘ viloyatlarida sayohat etdi. Nihoyat bu 
uzoq sayohatidan O‘rta Osiyoga qay tib keldi... So‘ngra 
hayotini darveshona o‘tkarib, Hirot shahriga yaqin bir 
qasabada vafot etdi”. 
Maqolada Lutfiy ijodidan uning Saroyda, Qrimda, 
Qorabog‘da bo‘lganligiga oid baytlar keltirilgan.
Tazkirada Po‘latxon Qayumov Lutfiy ismini aniqlov
-
chi o‘rnini topgan: “Mavlono Lutfiy o‘z nomini tubandagi 
muammo bilan ko‘rsatadur:
Ko‘ray desang agar istab otimni,
Imoratni buzub, otni chiqorg‘il.
“Imorat” so‘zini buzib, “o” bilan “t”ni olsak, ot 
chiqadur. Qolmish harflarni yozsak, Umar bo‘ladurki, 
Lutfiyning nomi Umar bo‘lib chiqadur”.
Ko‘rinadiki, Po‘latxon Qayumov biz ko‘rmagan va 
bilmagan manbalarni ko‘rgan, o‘qigan va Mavlono 
Lutfiyning ismi Umar ekanligini aniqlashga muyassar 
bo‘lgan. 
Xalqaro Bobur jamoat fondi raisi Zokirjon Mashrabov 
Xitoy safaridan olib kelgan, mashhur uyg‘ur hofizi va 
musiqashunosi Ismatulloh ibn Ne’matulloh Mo‘jiziyning 
“Tavorixi musiqiyun” (“Musiqashunoslik tarixi”) asarini 
olim Vahob Rahmonov 2010-yilda nashrga tayyorlab, 
hozirgi o‘zbek tiliga tabdil etib, “Mumtoz so‘z” nashri-
yotida chop ettirdi. Xalqaro Bobur fondi tamg‘asida 
bosilgan bu kitobda Mavlono Lutfiy haqida juda ko‘p va 
yangi-yangi ma’lumotlar berilgan. Bundagi yangiliklarni 
quyidagicha tasnif etishimiz mumkin:
birinchidan, Mavlono Lutfiyni kitob muallifi o‘z 
davrining mashhur cholg‘uchisi, bastakor ustoz sifatida 
taqdim etadi;
Tahlil


24
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tahlil
Inson yaralibdiki, uning ma’naviy kamoloti ham-
ma davr va zamonlarda ham muhim masalalardan 
hisoblangan. Qadimda va o‘rta asrlarda komil inson 
haqidagi ta’limot xalqning orzu-armonlari, fikr-u aqida
-
larini aks ettirgan bo‘lib, maqsad insonning ma’naviy 
tarbiyasi va go‘zal xulqi jamiyat manfaati uchun foyda 
keltirishi hamda uning botiniga insoniy xislatlar – go‘zal 
fazilatlarni singdirishda bo‘lgan.
Sharq axloqshunosligida raylik buyuk mutafakkir 
Abubakr Muhammad ibn Zakariyo ibn Yahyo ar-Ro-
ziyning (865–925) axloqiy qarashlari falsafasi alohida 
o‘rin tutadi. Dunyo ilm ahli Zakariyo ar-Roziyni alkimyo-
gar, tabib, faylasuf sifatida taniydi va e’tirof etadi. Olim 
bu sohalarda ko‘plab asarlar yozgan bo‘lib, Qiftiy ular-
ning soni 133 ta, Ibn Nadim 164 ta, al-Beruniy 184 ta, 
Abu Usaybiya 234 ta, A.B.Xalidov bo‘lsa, 260 ta, deb 
ma’lumot beradi. [1: 155]
Alkimyogarlik ar-Roziyning yoshligidan sevgan 
mashg‘uloti bo‘lgan. U o‘zi yashagan shaharning sarrofi 
(sof tangalarni qalbakisidan ajratuvchi) ham edi. Uzoq 
vaqt bu ish bilan mashg‘ul bo‘lishi va ko‘plab tadqiqot-
lar, kimyoviy reaksiyalarni o‘tkazishi natijasida ko‘zi xi-
ralashib boradi.
Aliasg‘ar Xalabiyning aytishicha: “Tabiblik yo‘q edi, 
Gippokrat uni vujudga keltirdi, o‘lik edi, Jolinus tiriltirdi, 
parokanda edi, Roziy uni to‘pladi, kamchiliklardan xoli 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin