veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
31
навбатчи
Tadqiqotlar
bo‘lib, uy ichida, ya’ni o‘zlari yaratib olgan olam,
makon-
da loqaydlikka ko‘milgan, olamni unutgan odamlarning
tabiat harakatidan ta’sirlanishlari berilgan. Demak, hali
qalblarda hayrat bor. Hali dunyoni loqaydlikdan qutqa-
rish mumkin.
Jamiyatda paydo bo‘lgan yangicha tushuncha va
qadriyatlar, barchaga ma’lum bo‘lgan azaliy muammo-
larga yangicha yondashuv shoirdan vaqt va makon bir-
ligiga mas’uliyat bilan qarashni ham talab etadi. Bu yer-
da vaqt mifiklik, tarixiylik, ijtimoiylik, reallik tusiga kiradi.
Masalan, “Tungi manzara” she’rida xronotop tarixiylik
kasb etadi.
O‘rmonlar jim, yig‘lamas shamol,
Soy sayramas, baqalar jimdir,
Ingroqlarga to‘lib ketgan tun –
G‘amgin qo‘shiq aytadi kimdir.
Mazkur parchadagi tun xronotopida tarixiylik xusu-
siyati yetakchi. Buni bir o‘qishda ilg‘ab olish qiyinroq.
Biroq nimaga o‘rmonlar jim, shamol nechun yig‘lashi
kerak, soy nima uchun sayrashi lozim, baqalar sukuna-
tida nima bor degan ritorik so‘roq ostida berilgan ke-
chinma va uning tabiatida tarixiylik bor. Unda qachondir
bu yerlarda o‘rmonlar
shodlikdan quvnagani, shamol-
lar yurt go‘zalligiga oshiq bo‘lib, yo‘qlab o‘tgani, soylar
sayragani haqida xabar beriladi-da, bugun ularning jim-
ligi o‘quvchi qalbiga og‘riq soladi. Lirik subyekt o‘zini
qiynagan savollar yakunida ingroqlarga to‘la tun obra-
zini ko‘ryapti. Ingroqlarga to‘la
tun xronotopida tarixiylik,
o‘tmishdagi adolatsizliklar qurbonlarining alamli ovozi,
ingrog‘i eshitilyapti. Bu dardlar shu qadar ko‘pki, ular
uzluksiz yangrab, ma’lum ritm asosida qo‘shiqqa ayla-
nib ketgan. Bu qo‘shiqqa “g‘amgin” epitetining berilishi
esa she’rning ozodlik, erk g‘oyasi haqida ekanligini es-
latib turadi.
Shoirning boshqa bir “Vaqt” nomli she’rida esa vaqt
-
ning reallashgan tasviri beriladi:
Vaqt senga qul bo‘lmas aslo,
undan kutma muruvvat, tama.
Sig‘in unga, yolborgin, avra,
bir amallab vujudga qama.
Qul bo‘lolmas senga, baribir,
vaqt hamisha hushyor, jangari –
yorib tashlar jismingni nogoh,
chiqib ketar sendan tashqari .
Bu yerda vaqt so‘zi obrazga aylanib, aniq payt va
makonni ifodalagan. Uning jim turmasligi, odam umri-
dan uzoq (ya’ni odam umri, jismi bilan bog‘liq bo‘lma-
gan holda) mangulikka daxldor ekanligi ko‘rsatilgan.
Maqoladagi fikr-mulohazalarni
umumlashtirib qu-
yidagicha xulosaga kelindi:
1. Xronotop aslida ijodkor va qahramon o‘rtasidagi
chegarani bildiradi. Ya’ni bunda qahramon dunyoqa-
rashi muallif dunyoqarashidan farq qiladigan o‘rinlar
yuzaga chiqadi. Natijada qahramon xronotopi mustaqil
ravishda mavjudligi isbotlanadi.
2. Xronotop so‘z san’atida doimiy harakatdagi kate-
goriya sifatida o‘sib o‘zgarib, takomillashib borishi
mumkin. Natijada uning tarixiy xronotop, ijtimoiy xrono-
top, real xronotop, subyektiv xronotop degan shakllari
namoyon bo‘ladi.
3. Aksariyat she’rlardagi xronotopda subyektivlilik
xususiyati yetakchilik qiladi.
Demak, adabiyot o‘qitishda lirik
asar janri, shakl va
mazmun birligi, obraz va obrazlilik kabi masalalar bi-
lan birga lirik asardagi xronotop masalasiga ham e’tibor
berilsa, o‘quvchi ongida mustaqil ravishda lirik voqelik
shakllanadi hamda bolada mustaqil fikrlashga intilish
kuchayadi.
Dostları ilə paylaş: