Anguage and literature



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/65
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195155
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65
uzb-2019 3-son

“So‘qir gadoning”
sahro-
ning o‘rtasidan buloq topishi, 
“yashil sahro topgan bizlar 
badaviy” va “maloyikalar”
ning sir olishigacha, lirik qahra-
mon tundan 
“hech narsani yashirol”
masligini metaforik 
obrazlar orqali gavdalantiradi. Dunyoni va unda ro‘y be-
rayotgan turli holatlarni, hayot murakkabliklarini qalbida 
kechirayotgan lirik qahramon olami ham turlicha bo‘ladi. 
Kuchli psixologik kechinma natijasida shoirning o‘y-xayol-
lari ham chegara bilmas darajada o‘sib boradi. Ana shu 
kechinma va shoir fit ratidagi mushtaraklik poetik musho
-
hadani tun motivi orqali ifodalash imkonini beradi, qolaver-
sa, lirik kechinma bayoni va tasavvur ramziyligini jonlanti-
rish orqali ifoda etadi.
Tarixiy vaqt epik asarlar turiga qarab biror davrni qam-
rab oladi. U davr asrlar, yillar yoki oylar, haftalar, kunlarni 
o‘z ichiga olishi mumkin. Sujet zamoni asar qahramonlari 
xarakteri orqali va shunga tegishli bir voqelik asnosida 
yori tiladi. Bu muallif maqsadi, ijodiy niyati va izchil konsep-
siyasi bilan amalga oshiriladi. Lirik janrlar turida tarixiy vaqt 
ma’lum bir davrni qamrab olishi shart bo‘lmaydi. Unda, 
shoir mikro voqelik asosida o‘sha davr ruhini, kayfiyatini 
o‘quvchiga tasvirlab beradi.
Musiqa muallimi chalishni boshlar,
G‘alati­tovushlar­eshitilar:­kar-ram.
Kolxoz klubi yutinar,
Qishloq bevalari yutinar,
Bir chetda sulayib teshilgan to‘rva,
Dasturxon yamog‘in tishlagan sichqon
Yutinar:­–­Sho‘r-va:­sho‘r-vam
7
 


38
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tadqiqotlar
Shoir “Pianino. 1942-yil” nomli she’rida urush dahshat-
larini jang maydonlarining o‘zida emas, balki front orti 
voqeligi asosida o‘sha davr ruhini jonlantiradi. Xalqning 
og‘ir o‘tmishini 
“zo‘rg‘a eshikkacha yetolar pashsha”, “osh
-
pichoq o‘g‘irlab g‘ijinar kuchuk” 
kabi kichik tasvirlarga urg‘u 
berib ta’kidlashga harakat qiladi. Shoirning “Oqshom” 
she’rida tarixiy shaxslar nomidan tarixiy zamon tushun-
chasi anglashiladi. 
Aloq-chaloq­achigan­uyqu,
Terga botdim. Hiqildoqda jon.
Baqiraman, chinqirib, yohu:
U meniki Hoy, Madalixon.
Muallifning ushbu she’rida aniq bir voqelik ustida so‘z 
bormaydi. Kichik voqelik orqali qisqa hajmdagi tun yoki 
kun zamonini tasavvur qilishimiz mumkin. Biroq katta davr 
voqeligi kichik zamonlar bilangina emas, real obrazlar 
orqali ifoda etiladi. Asl fojea lirik kechinmada tasvirlansa, 
ma’lum fojea aks etgan voqelik “tun” badiiy zamonida o‘z 
ifodasini topadi.
Hurliqo goh badburush lahzalar o‘tib bitar,
Momo tilla supurgi, kumush kul olib o‘tar.
Kelinchak charx tortadi, falak yo‘llari tutar,
Kulohi yog‘dulanib, yuz qalandarlar ketar.
Barisi­bir-bir­o‘tar.
Rangi yo‘q yelpig‘ichning nafasi yugurar zuv,
Kaftida o‘t ezg‘ilab qarsillatadi suluv.
Yumaloq supaga oq xizmatkor sepadi suv,
Oshufta gulzor aro kezinar qahrabo “uvv”.
Barisi­bir-bir­o‘tar.
8
 
Shoirning poetik g‘oyasi ma’lum bir tarixiy detallar 
orqali: 
“momo tilla supurgi”, “kelinchak charx tortadi”, “ku
-
lohi yog‘dulanib”, “oq xizmatkor sepadi suv”, “mehmoni 
ko‘p ayvonli”, “inqillagan karvonni”, “serg‘alva haram ichra 
kanizlar ko‘zguda ko‘z”
tarixiy vaqt tasvirlarini aks ettiradi. 
Ijodkor tomonidan yaratilgan badiiy asar olamining ramziy 
modeli tarixiy vaqt bilan birga real vaqt qurilishining o‘ziga 
xos yechimi, qolaversa, hissiy manbalariga ega bo‘lib, u ta-
biat qonunlari va ijtimoiy-psixologik jihatlar bilan belgilana-
di. Tarixiy xronotop A.Qutbiddin she’riyatida alohida ahami-
yatga ega. Uning ijodida tarixiy xronotopni o‘rga nishning 
muhim jihati ramziy va semantik nuqtayi nazardan (vo-
qealarning tarixiy hodisasi, vaqtning subyektiv aloqasi nati-
jasida real vaqt bilan qorishiq kelishi) muayyan bir aspektda 
birikishi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda badiiy zamon lirik 
asarlarda yaratilgan tasvirlar dunyosini xarakterlaydi, uning 
o‘zi majoziy ma’noga ega bo‘ladi. Majoziy ma’no ma’lum 
bir voqelikka asoslangan zamoniy vaqt asrlar yoki yillar 
tasviridagi moddiy olamning shu zamonga tegishli obyektiv 
xususiyatlarini ochib berishga imkoniyat tug‘diradi. Bu de-
gani lirik turdagi asarlarning makon va zamonini talqin qilish 
ham tasvir, ham mazmun xususiyatini belgilaydi.
Shoir ijodida badiiy zamon masalasining yana bir muhim 
jihati hozirgi zamon ko‘rinishidagi vaqt konsepsiyasidir. 
Muallif hozirgi zamon orqali xotira vaqtini gorizontal emas, 
balki vertikal planga chiqaradi. Buning o‘ziga xos mohiyati 
bor. Ongosti xotira har qanday shoir ijodining muhim qirra-
si hisoblanadi. Unda hozir kechayotgan kechinma o‘tmish 
bilan bog‘langan lirik zamon tushunchasidir. Shoirning 
“Borokko” turkum she’rlarida muallif zamonining bir qismi 
va ayni zamon ko‘rinishlarini kuzatamiz. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin