Anguage and literature



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/65
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195155
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   65
uzb-2019 3-son

Mansurbek BABADJANOV, 
Qoraqalpoq davlat universiteti tadqiqotchisi
O‘ZBEKCHA FRAZEMALARNING QORAQALPOQ TILIDA LEKSEMALAR 
BILAN IFODALANISHI
Annotatsiya
.
 Maqolada o‘zbekcha 
frazemalarning qoraqalpoq tilida lek
-
sema bilan ifodalanishi R.Fayziyning 
“Hazrati inson” va P.Qodirovning “Yul
-
duzli tunlar” asarlari misolida tahlil etil
-
gan. 
Kalit so‘zlar:
 frazeologizm, fraze
-
ma, ibora, leksema, leksik negiz. 
Аннотация.
­В­статье­на­приме-
ре­произведений­П.Кадирова­“Звёзд-
ные­ ночи”­ и­ Р.Файзи­ “Его­ величе-
ство­ человек”­ про­ анализировано­
сопоставление­узбекских­фразем­­с­
лексемами­в­каракалпакском­языке.­
Ключевые слова:
­ фразеоло-
гизм,­фразема,­сопоставление,­лек-
сема,­основа­лексемы.
Annotation.
The article on the ex
-
ample of R. Fayzi’s “His Majesty the 
Man” and P. Kadirov’s novel “Starry 
Nights” analyses the compazison of 
Uzbek phrasemes with lexseme in 
Karakalpak language.
Key words: 
phraseology, phrasem, 
phrase, lexeme, base of lexeme.
gәp­etip­qaldы”
[4: 18]. Gәp etio‘ qoraqalpoq tilida biror 
narsa haqida gaplashish ma’nosini ifodalaydi. Demak, 
tarjimon og‘iz ochmoq frazemasini leksema bilan berib 
ma’noni to‘g‘ri ifodalashga erishgan. 
Asarda ko‘nglidan o‘tkazmoq frazemasi ma’lum 
bir muddat fikrlamoq ma’nosida ishlatilgan: 
“Nechun 
urushga­ jo‘namadi,­ deb­ tushundi-yov­ gapini”,­ –­ deya­
ko‘nglidan­o‘tkazdi-da­ortiqcha­cho‘zmadi”­
[2: 7]. Tarji-
mon ushbu matnni 
“Ne­ushыn­­urыsqa­barmay,­jүr­dep­
tүsindi-ao‘­ gәpimdi”,­ –­ dep­ oyladы­ da,­ artыqsha­ soz-
badы”
[4: 5] tarzida tarjima qilgan. 
Ko‘rinib turibdiki, o‘zbekcha frazema qoraqal-
poq tiliga leksema bilan 
oyladы
shaklida o‘girilgan va 
frazemadagi emotsional-ekspressivlik qoraqalpoqcha-
da o‘z ifodasini topmagan. O‘zbek tilidagi ko‘nglidan 
o‘tkazmoq frazemasi esa qoraqalpoq tilida yo‘q.
Rahmat Fayziy o‘z asarida ko‘nglidan o‘tkazmoq 
frazemasini asarda yana bir o‘rinda qo‘llagan:
 “Nahotki 
shu qizdan shuncha ishlar kelsa?..” – deb ko‘nglidan 
o‘tkazib turganida, tik turib choy uzatayotgan Salima 
oldiga keldi” 
[3: 11].
Bu frazema o‘rnida qoraqalpoq tilidagi tarjima-
da 
o‘ylamoq
leksemasi ishlatilgan: 
“Qalayыnsha­ usы­
qыzdiң­qolыnan­sonsha­isler­kelip­jүr?..­–­dep­oylanыp­
otыrg‘anыnda,­Salima­kelip,­bayag‘iday­jilыo‘a­menen­
kese­uzattы”­
[4: 8].
Demak, tarjimon har ikki matnda ham 
ko‘nglidan 
o‘tkazmoq
frazemasi o‘rnida o‘ylamoq leksemasini 
ishlatgan. O‘ylamoq leksemasi o‘zbekcha frazema 
ma’nosini aynan ifodalay olmasa ham, ma’no bir qadar 
yaqin.
Shunday misollarni P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” 
romani va uning qoraqalpoqcha tarjimasida ham ku-
zatish mumkin. Masalan: 
“Bu yerda qolgan soqchilar 
qanchalik ko‘p o‘ljalardan mahrum bo‘layotganlarini 
mana­shu­tovushlardan­payqab,­ich-etlarini­yeb­o‘tirar­
edilar” 
[6: 140] parchasidagi 
mahrum bo‘lmoq
iborasi 
“biror narsadan (o‘ljadan) quruq qolmoq” ma’nosida 
qo‘llangan bo‘lib, mutarjim ushbu iborani qoraqalpoq-


40
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tadqiqotlar
chaga qolg‘onlыqlarыn leksemasi vositasida o‘giradi: 
“Bul­jerde­qalg‘an­saqshыlar­qanshalыq­oljalardan­qal-
g‘anlыqlarыn­ mine­ usы­ dao‘ыslarыnan­ abaylap,­ ish-
lerin­iyt­jыrtqanday­bolыp,­tislenip­otыr...”
[7: 147] Tar-
jimada 
qolg‘onlыqlarыn
leksemasi bilan ibora ma’nosi 
ochib berilgan, deyish mumkin, biroq jumla mazmuni-
dagi jozibadorlik, ta’sirchanlik kamaygan, xalqona ifoda 
xiralashgan.
Navbatdagi jumlada ham leksema bilan tarjima qi-
lingan frazemaga e’tiboringizni jalb qilamiz: 
“Shayboniy-
xon uning bevalik hayotiga issiq jon bo‘lib kirib kelishi 
ko‘z­oldida­gavdalandi-yu,­qalamni­qo‘liga­olib,­xonga­
javob yozishga kirishdi”
[6: 195]. Ushbu ibora “O‘zbek 
tilining frazeologik lug‘ati”da “kimni yoki nimani tasavvu-
rida gavdalantirmoq” deb izohlangan. Tarjimon ushbu 
jumlani o‘girishda ham leksemadan foydalanadi: 
“Shay
-
baniyxan­onың­tul­өmirin,­gul­өmirge­aynaldыratugыn-
day­ bolыp­ sezildi­ de,­ qәlemin­ qolыna­ alыp,­ xang‘a­
juo‘ap­jazыug‘a­kiristы”
[6: 179]. Asar tarjima qilingan 
davrda ushbu iboraning qoraqalpoqcha varianti yo‘q 
bo‘lgan bo‘lsa ham, bugungi kunda Q.Paxratdinov 
hamda Q.Bekniyazovlar muallifligida 2018-yilda nashr 
qilingan 
“Qaraqalpaq­ tiliniң­ frazeologizmler­ sѳzligi”da­
kөz­ aldыna­ keltirdi­ frazemasi­ “oyladы,­ esledi,­ qыyal­
etti”
[1: 94] ma’nolarida qayd etilgan. Shu jumlada 
yana bir muallif tomonidan qo‘llangan 
issiq jon bo‘lib 
kirmoq
ijodiy iborasiga ko‘zimiz tushadi. Tarjimonning 
ham mohirlik bilan ushbu jumladagi iborani 
gul­өmirge­
aynaldыruo‘
muqobili bilan o‘girishi har ikkala ijodkor-
ning ham o‘z ishiga sidqidildan yondashganligidan da-
lolat beradi. Garchi ushbu frazemalar har ikki tilning 
frazeologik lug‘atlarida qayd qilinmagan bo‘lsa-da, bu 
orqali asarlarning ta’sirli chiqishi, ma’no nozikliklarini 
ochib berish, emotsional-bo‘yoqdorlikni ta’minlashda 
muhim bo‘lgan, deyish mumkin.
Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, frazemalar-
ni tarjima qilish uchun tarjimondan katta lug‘aviy zaxira, 
filologik sezgi talab etiladi. Bunda tarjimada ham fraze
-
ma bilan berilishi lozimki, frazemadagi ijobiy va salbiy 
baholar leksemadagi ijobiy va salbiy baholardan ortiq 
bo‘ladi. Demak, leksemalar orqali frazemalar ma’nosini 
qisman to‘g‘ri ifodalash mumkin, ammo bunda emot-
sionallik, obrazlilik va xalqona ifoda xiralashadi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin