Anguage and literature



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/65
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195155
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65
uzb-2019 3-son

Key words:
 foreign language, the 
content of foreign language teaching
professional in communicative compe
-
tence, in professional vocabulary.
Birinchi 
vazifa – o‘qituvchi va talabalar hamkorligi-
da ta’limni pedagogik muloqot tarzida tashkil etish orqali 
talaba shaxsini shakllantirish va kommunikativ-kognitiv 
topshiriqlarni birgalikda hal etish. Fikrlash, dalil keltirish, 


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
41
навбатчи
Tadqiqotlar
isbotlash, ishontirish, asoslab berish, anglash kabi vazi-
falarni tanlash o‘qituvchiga talabaning turli materiallar 
yuzasidan fikr yuritishi va o‘z fikrini izchil bayon etishga 
maqsadli o‘rgatish imkonini beradi. Shu bilan birga ish 
shakli muloqotning talabalar bilan samimiy va ishonchli 
kechishi, xolisligi va yaxlitligini ta’minlashi lozim.
1
Chet tilni o‘rganish jarayonida talaba shaxsini rivoj-
lantirishda belgilab olingan vazifalarning 
ikkinchi-
si uning kasbiy tayyorgarligiga yordam ko‘rsatish va 
kasbiy kompetentligini oshirishdir. Ushbu muammoni 
hal etishning aniq yechimi biz taklif etayotgan chet til 
o‘quv predmeti, chet til o‘qitishning mazmuni va chet 
tilda muloqotni o‘rgatishni ta’lim obyekti sifatida bilish 
va tanlashdir. 
Talaba shaxsini rivojlantirishning 
uchinchi
vazi-
fasi jamiyatning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlari bi-
lan bog‘liq. Muloqot madaniyatini takomillashtirish, 
chet til mashg‘ulotlarida nafaqat refleksiv, balki tilning 
amaliy funksiyasini (muloqot etikasini tushunish va 
o‘zlashtirib olish, muloqot formulalari va nutq madani-
yatini egallash) mashq qildirish talabalarning xorijiy tilni 
o‘zlashtirib olishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu 
bilan birga muloqot madaniyatini egallash chet tildagi 
matnlarni o‘qishni jahon madaniyati va sivilizatsiyasi 
tarixi, sohaning rivojlanish tarixi bilan uyg‘unlashtirish, 
nafaqat o‘z xalqi madaniyatini, balki tili o‘rganilayotgan 
xalq madaniyatini ham tushunish va his etish malakasi-
ning shakllanishiga olib keladi. Chet tildagi kommunika-
tiv kompetentlik chet tilni amalda qo‘llash, ya’ni chet 
tildan real muloqot vositasi sifatida foydalanishdir. Bu 
orqali oliy o‘quv yurtlarida ta’lim tizimini isloh qilish, kas-
biy tayyorgarlikni faollashtirish, chet tilda nutq faoliyati-
ning barcha turlarini (o‘qish, tinglab tushunish, gapirish, 
yozuv) o‘rgatish yoki nutq faoliyati turlarining har birini 
alohida-alohida o‘rgatishni takomillashtirish, AKT yor-
damida chet tildagi kasbiy kommunikativ kompetensi-
yani shakllantirish samaradorligini oshirishga erishish 
mumkin. Shunga ko‘ra, respublikamiz tibbiyot oliy o‘quv 
yurtlarida bo‘lg‘usi gigiyenist-epidemiologlarning xori-
jiy til bo‘yicha kasbiy kommunikativ kompetensiyasini 
shakllantirish bugungi kundagi dolzarb vazifaga aylandi. 
Talabalarning mustaqil ta’lim olishini samarali rivoj-
lantirish ta’lim tizimiga muhim o‘zgartirishlar kiritishni, 
yangi yondashuvlar, metodlar, pedagogik texnologiyalar 
va ma’lumotlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etishni talab 
etadi. Ushbu vazifani amalga oshirishda ma’lumotlar-
ni uzatish tezligi yuqori bo‘lgan, oson o‘zgartiriladigan, 
chop etish va tarqatishda katta mablag‘ talab etmay-
digan maxsus o‘quv materiallarini yaratishga ko‘proq 
e’tibor qaratish zarur. Umuman olganda, ta’limda, xu-
susan, chet til ta’limi sohasida axborot kommunikatsi-
ya texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha katta tajriba 
to‘plangan bo‘lsa ham, pedagogikaning konseptual 
muammolaridan biri hisoblanayotgan AKTdan samarali 
foydalanish shakllarini izlab topish va uning zamonaviy 
ta’lim talablariga javob beradigan bo‘lishi dolzarbligicha 
qolmoqda. 
Mutaxassislarning fikricha, ta’lim jarayonida kom-
pyuter texnologiyalaridan foydalanish qay tarzda borsa, 
talaba o‘zida to‘liq shakllangan mutaxassis shaxsini, 
ijodiy fikrlash va suhbat olib borish darajasidagi ijtimoiy 
faollikni ko‘ra oladi. Agar oliy o‘quv yurtlarida o‘quv ja-
rayoni axborot-ta’lim muhiti konsepsiyasiga asoslansa, 
o‘quv jarayonida axborot resurslari va texnologiyalari-
dan foydalanish yuqori natijalarni kafolatlaydi. Axborot-
lashgan jamiyat rivojlanishi bilan “axborot-ta’lim muhiti” 
tushunchasi paydo bo‘ldi. Axborot-ta’lim muhitida ta’lim 
olish bu – bir-birining o‘rnini bosa oladigan ta’limiy vazi-
yatlar yig‘indisi, ya’ni mustaqil o‘quv faoliyatini amal-
ga oshirishda zarur psixologik, pedagogik va didaktik 
shart-sharoitlar va rag‘batlantiruvchi tizim, qolaversa, 
talabaning o‘z o‘quv modelini ongli ravishda tanlab oli-
shi, o‘zgartirishi va amalga oshirishi hamdir. Shunday 
ekan, chet tildagi muloqotning alohida xususiyatini hi-
sobga olgan holda talabalarning mustaqil ta’lim olishiga 
yo‘naltirilgan hamda axborot texnologiyalariga asoslan-
gan ta’lim tizimini joriy etish tadqiqotning dolzarbligini 
va amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining mutaxassis tayyorlash 
tizimi xalqaro munosabatlar talablariga mos kelishi, uni 
O‘zbekistonning tibbiyot sohasidagi yangi xalqaro ham-
korlik yo‘nalishlari asosida, shuningdek, kasbiy ta’limda-
gi o‘zgarishlarning alohida xususiyatlari va dinamikasi-
ni hisobga olgan holda tashkil etish muhimdir. Xalqaro 
munosabatlar jadallashgan zamonda chet tillarni bilish, 
ko‘p tillilik (poliglossiya) tibbiyot mutaxassislari uchun 
ham muhimlik kasb etmoqda. Shuningdek, kasbiy ko‘p 
tillilik kompetensiyasi shakllangan, jahon miqyosidagi 
axborot maydonida va xalqaro miqyosda erkin muloqot 
olib bora oladigan tibbiyot mutaxassisini tayyorlash ma-
salalari ham dolzarb hisoblanadi. 
Ko‘plab oliy o‘quv yurtlari va maktablar chet tilni 
o‘qitishda mustaqil ravishda yoritilgan turli kompyu ter 
texnologiyalari va dasturiy ta’minotlardan foydalanadi, 
ammo bu multimedia mahsulotlari oliy o‘quv yurtlari yoki 
maktablarning o‘quv dasturlari talablariga, o‘qituvchi-
ning vazifalari, talabaning, o‘quvchining ehtiyojla-
riga mos kelmaydi. Har bir oliy o‘quv yurtida chet tilni 
o‘rgatish talabalarning bo‘lg‘usi ixtisosligi, chet tilni egal-
lash darajasi va o‘qituvchining vazifalari ga qarab turli 
shakllarda amalga oshiriladi. Biroq tibbiyot oliy o‘quv 
yurtlaridagi chet tilni o‘qitish holati til materiallarida mav-
zular, matnlar, mashq turlari kasbiy faoliyat sohasiga 
yo‘naltirilmaganligini ko‘rsatmoqda. Ushbu muammoni 
hal qilish zarurati yuqori kurslarda “English for medical 
students” fakultativ kursini tashkil qilish vazifasini belgi-
lab berdi. Aytish kerakki, talabalar uchun mo‘ljallangan 
chet til o‘rgatish dasturlari, asosan, umumtibbiy ma’lu-
motlardan iborat va “qog‘ozda bajari ladigan” mashq-
larning kompyuterlashtirilgan varianti xolos.
Ushbu muammoning yechimi sifatida tibbiyotga 
yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘rgatuvchi kompyuter tex-
nologiyasi ishlab chiqildi va uning tarkibida turli yo‘na-
lishlar uchun xorijiy til o‘quv materiallarini joylashtirish 
va muvofiqlash imkoniyati ham kiritildi, ya’ni turli mu
-
taxassislik sohalari bo‘yicha chet til o‘rgatishni mos-
lashtirish mumkin. Shu bilan birga tibbiy-profilaktika 
yo‘nalishlarida ingliz tilini individual yoki guruhlashtirib 
o‘rgatishga mo‘ljallangan o‘quv materiali yaratildi va 
dasturiy ta’minotga joylashtirildi.
2


42
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tadqiqotlar
Ingliz tilini o‘rgatuvchi mazkur dastur o‘zbek va rus 
tilida so‘zlashuvchi tibbiy profilaktika ishi fakultetlarida 
ta’lim olayotgan uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi kurs 
talabalariga mo‘ljallangan. Dastur predmetini sanitariya 
va gigiyena atamalarining talaffuzi, keng qo‘llaniladigan 
leksikaning neytral qatlami, shuningdek, sanitariya va 
gigiyenaga oid lug‘at, kasbiy muloqot etikasiga doir til 
birliklari tashkil etadi.
3
Tibbiyot oliy o‘quv yurtida chet til o‘qitishning yakuniy 
1
J.Jalolov. Chet til o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2012.
2
Ахмедова М.И., Абдуманонов А.А., Карабаев М. Электронная база данных санитарно-гигиенических терминов, 
текстов, диалогов и упражнений по формированию иноязычной профессиональной коммуникативной компетенции 
будущих специалистов студентов медико-профилактического профиля и тесты для оценки уровня усвоения требуемых 
компетенции. Свидетельство Патентного Ведомства Республики Узбекистан. N: VGU 00290-от 29.03.2012 г. об 
официальной регистрации электронных баз данных.
3
Ахмедова М.И. Из опыта формирования иноязычной профессиональной коммуникативной компетенции студентов 
медиков с использованием компьютерных технологий. Новый взгляд. Международный научный Вестник. Новосибирск. 
№9\MHB, 2015. C. 161–169.
maqsadiga erishish, bo‘lg‘usi mutaxassislarning xori-
jiy til bo‘yicha kasbiy kommunikativ kompetensiyasini 
shakllantirishga mos keluvchi turli axborot kommunikat-
sion vositalardan (dasturiy ta’minot va texnikaviy) foy-
dalanishni talab qiladi. Bo‘lg‘usi shifokorlarning xorijiy 
til bo‘yicha kasbiy kommunikativ kompetensiyasining 
shakl langanligi ularning xorijlik hamkasblar bilan xalqa-
ro miqyosda muloqot qila olish malakalariga ega ekan-
ligi bilan belgilanadi.


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
43
навбатчи
Tadqiqotlar
Dunyo tilshunosligi o‘zining keyingi davrdagi rivoji-
da milliy va adabiy tillarning o‘ziga xos hodisalarini te-
ran tadqiq etishga alohida e’tibor qaratmoqda. Ijtimoiy 
taraqqiyot, barcha fanlarda bo‘lgani kabi, tilshunoslik 
oldiga ham yangi talablarni qo‘ydi. Milliy tillar va ular-
ning o‘ziga xosligi hodisasi dolzarb masalalar sirasi-
da markaziy o‘rinni egallaydi. Bugungi kundagi jadal 
glo ballashuv milliy tillarni saqlab qolish muammosini 
yanada o‘tkirlashtirib, boshqa tegishli fanlar qatorida 
tilshunoslik zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklamoq-
da. Bu borada jahon tilshunosligida til va madaniyat 
muammosini o‘rganadigan alohida soha – lingvoma-
daniyatshunoslik yo‘nalishi shakllandi. Bu yo‘nalishdagi 
tadqiqotlar tilni uning egasi va u yashaydigan madaniy 
muhitdan ayirmagan holda olib borishni nazarda tuta-
di. Milliy tilning eng munosib shaklda namoyon bo‘lish 
o‘rni badiiy asar hisoblanadi. Badiiy asar xoh she’riy, 
xoh nasriy yoki dramatik bo‘lsin, milliy til o‘zining bu-
tun imkoniyatlarini tabiiy yashash shakliga muvofiq 
ko‘rsata oladi. Shu ma’noda badiiy asarda ishlatiladi-
gan buyruq shakllarini o‘rganish orqali milliy madani-
yatning bir qirrasini idrok etish mumkin. Rus va boshqa 
tilshunosliklarda imperativ konstruksiyalar termini os-
tida o‘rganilayotgan bu lingvopsixologik hodisalarning 
badiiy matndagi qo‘llanish tarzini o‘rganish ana shu 
maq sadlarga xizmat qiladi.
O‘zbek tilshunosligida imperativ konstruksiyalar 
monografik tadqiqot obyekti bo‘lgan emas. Buyruq 
gaplarning badiiy adabiyotda qo‘llanilishi haqida dast-
lab “O‘zbek tili stilistikasi” kitobida quyidagicha ma’lu-
mot berilgan: 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin