Kapitan Kayshovskiy! – yo‘qlaydi general. – Kayshovskiy deyman! (17-bet)
–
Umarxon eshon, janobi oliylari, Umarxon eshon! – deydi. (17-bet)
– Dehqonqul! – deydi otamiz. – Yuviqsizlar huku - matidesang-dabo‘ladi,Sho‘rolarhukumatidesang-da bo‘ladi! (26-bet)
Tasdiqlash, ma’qullash ma’nolarini ifodalashda:
–
Ajab qilasiz, janobi oliylari, xo‘p ajab qilasiz! (17-bet)
Hayratlanishni ifodalashda:
– Ana tuproq, mana tuproq! – deydi. – Bo‘rsildoq tuproq, mag‘izdor tuproq, hosildor tuproq! Tuproqmi- san-tuproq! (21-bet)
Imperativ konstruksiyaning asosiy punktuatsion bel-
gisi undov belgisi bo‘lib, badiiy nutqda undovning bir
o‘zi (undov (!) belgisi) ham, kombinatsiyali ko‘rinishlari
(undov/so‘roq (!?), undov/ko‘p nuqta (!..), ketma-ket ikki
(!!) yoki uch undov (!!!) belgisi) ham ayni ma’noni real
-
lashtirishda qo‘llanilishi mumkin.
Badiiy nutqda undov belgisi va uning kombinatsiya-
li ko‘rinishlari qo‘llanilganligi uchun bunday konstruk-
siyalarni aniqlash nisbatan qulay hisoblanadi. Tog‘ay
Murod asarlarida quyidagi tinish belgilari bilan shakl-
langan imperativ konstruksiyalar qo‘llanilgan:
1. Undov belgisi yolg‘iz holda qo‘llaniladi:
– Yeganing burningdan chiqqurlar! – deydi. – Men senlar uchun byuroda gap eshitdim! O‘rtoq Mavlonov byuro ahli oldida izza qildi! Yo‘q, men senlar uchun izza bo‘lmayman! (53-bet)
2. Undov belgisi kombinatsiyali qo‘llaniladi:
– Ena, ena!.. – deyman. Men yuzlarimni onamiz qo‘llarigabosib-bosibhiqillayman.–Ketdi,otamketdi!.. (37-bet)
– Bilasanmi sen kimsan? Sen – bosmachisan, bos - machi!!! (55-bet)
–
O‘l-e,bor-e,yot-e!! (68-bet)
O‘zbek adabiyotida o‘z uslubiga ega bo‘lgan yozuv-
chilar ko‘p. Shunday yozuvchilardan biri Isajon Sulton
asarlarida imperativlarning turli ko‘rinishlarini kuzatish
mumkin. Ayniqsa, yozuvchining “Onaizorim” nomli qis-
sasida ona nutqidagi imperativ mazmunini ifodalovchi
vaziyatlarda imperativlikni ko‘rsatuvchi tinish belgilari-
dan foydalanmaydi. Buni matn mazmunidan anglashi-
miz mumkin. Yozuvchi ona tilidan bolaga uqtirilayotgan
odob-axloq me’yorlarini buyruq maylida ifodalasa ham,
ona ruhiyatidagi bolajonlik, mehr-shafqat va yumshoq-
likni hisobga olib undov belgilarini ishlatmaydi. Natija-
da buyruqning ona tiliga xos shakli namoyon bo‘lgan:
“
Otang kelganida “Assalomu alaykum”, deb qo‘lingni ko‘ksingga qo‘yib, burro-burro qilib salom berasan, – deb qulog‘iga quyadi ona. – Salom berganingda baqrayib qarab turmaysan, darrov qaytib, ishingga uri - nasan. Sen qiz bolasan, tengdoshlaringga salom berma - sang ham bo‘laveradi, lekin kattalarga, albatta, salom berasan. Kattalar senga salom berishsa, alik olmaysan, xuddi eshitmaganday, shoshib o‘zing salom berasan ”. (I.Sul-
ton)
Monologik va dialogik nutqda imperativ konstruksi-
yalarning badiiy-estetik imkoniyatlari yanada kengroq
namoyon bo‘ladi. Dialogik nutqda imperativ ba’zan
interrogativ konstruksiya bilan birga keladi va bunday
vaziyatda ekspressivlik nihoyatda kuchli ifodalana-
di. Quyidagi parchada qahramon nutqidagi dastlabki
buyruqning mazmuni va sababi interrogativ jumla orqali
izohlangan:
“O‘rnidan turib, qovog‘ini soldi-da, to‘sat- dan sheriklariga qarab dedi: – Tur o‘rningdan, o‘tiraverasanmi? Bittangni qadr -qimmatingo‘shaqizchalikemas,g‘iybatqilibgapso- tishingni qara! – Keyin qo‘shib qo‘ydi: – Yaxshisi, jo‘na hammanguyingga,bola-chaqangnioldiga!” (I.Sulton)
Badiiy nutqda, his-tuyg‘u, hayrat, ajablanish va ichki
hayajonni yuqori darajada ifodalashda imperativ kon-
struksiyalardan keng foydalaniladi. Bunday holatlarda
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
45 навбатчи
Tadqiqotlar
qahramon ruhiyatidagi kechinmalar yorqin namoyon
bo‘ladi. Masalan: “−
Iya, anavini qara! −
dedi bir mahal orzumand bekorchi hayajonlanib. Hammalari bosh burib qarashdi. Yo‘l chetidan ajoyib bir go‘zal shu tomonga kelar edi. Yuzi sutday oq, qoshi qaldirg‘och qanotiday, ko‘zi yulduzday,qomatitippa-tik,xullas,harqandaykishini lol qoldirib qo‘yadigan darajada suluv edi. –Voh-voh! −
deb yubordi orzumand bekorchi, hatto o‘rnidan turib ketayozdi. −
Uniqara-ya! – Kimga nasib qilgan ekan bunaqa parivash? −
dedi hazin ovozda bunisi. −
Birontaboygadir-da, −
dedi narigisi. −
Cho‘ntaging - da hemiring yo‘q, bunaqa go‘zallarni allaqachon boylar egallab olishadi ”. (I.Sulton)
Mazkur parchada qo‘llanilgan imperativlar mazmu-
nidan matnlararo aloqadorlikni ham ilg‘ash mumkin.
O‘spirinlarning “
harqandaykishinilolqoldiribqo‘yadi- gan darajadagi suluv ”ga havas va hayrat bilan boqish-
lari, umidsizlik ichida hatto orzu qilishga ham botina
olmasliklari, “...
cho‘ntagingda hemiring yo‘q, bunaqa go‘zallarni allaqachon boylar egallab olishadi ” qabili-
dagi chorasiz shikoyatlar Cho‘lponning mashhur “Qor
qo‘ynida lola” hikoyasini yodga soladi.
Xulosa qilib aytganda, badiiy matnda buyruq-istak
mazmunli birliklarning alohida o‘rni bor. Badiiy asarda
ishlatiladigan buyruq shakllarini o‘rganish orqali milliy
madaniyatning muhim bir qirrasini tasavvur etish mum-
kin bo‘ladi. Mazkur hodisaning badiiy matndagi qo‘lla-
nish tarzini o‘rganish esa ana shunday maqsadlarga
xizmat qiladi.