veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
39
навбатчи
Tadqiqotlar
Badiiy asarlarda frazemalardan foydalanish asar
jozibadorligi, badiiy qiymatini oshirish bilan birga ba-
diiy matnning o‘rinsiz takrorlardan xoli bo‘lishiga ham
xizmat qiladi. Iboralarning ko‘zga tashlanuvchi belgisi
ularning birdan ortiq so‘zdan tarkib topganligidadir. Ular
sodda so‘zdan oson farqlanadi, chunki iboralar o‘zaro
grammatik bog‘langan bittadan ortiq mustaqil leksik
negizdan tarkib topadi, sodda so‘zda leksik negiz bitta
bo‘ladi [2: 3]. Shunday ekan, frazemalarni nafaqat ori-
ginal asarlarda, balki tarjima matnlarda ham aniq yoritib
berish orqali ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.
Kuzatishlardan ma’lum bo‘ldiki, ayrim hollarda mu-
allif badiiy asar tarjimalarida frazemalar o‘rniga so‘zni
qo‘llaydi. Masalan, Rahmat Fayziy qalamiga mansub
“Hazrati inson” asarining qoraqalpoqcha tarjimasida
o‘zbekcha frazemalar qoraqalpoq tilidagi muqobili bi-
lan emas, leksema bilan izohlab berilgan hollar ham
kuzatildi:
Iqbol satangning hozirgi gaplari o‘sha to‘yda
ko‘ngli o‘ksib turganidagi mehribonligini eslatdi
[3: 5].
Ushbu jumladagi
ko‘ngli o‘ksimoq
frazemasi o‘zbek
tilida o‘ksimoq ma’nosida ishlatiladi [2: 63]. Mazkur
jumla qoraqal poq tiliga quyidagicha o‘girilgan:
Ыg‘bal
sәteңniңhәzirgigәpleri,soltoydaqapabolыpturgan
o‘aqtыndag‘ыmehribanlыg‘ыnesletti
[4: 5].
Ko‘rinib turibdiki,
ko‘ngli o‘ksidi
frazemasi qoraqal-
poqchaga
qapa bolыo
‘ (xafa bo‘lish) leksemasi bilan
o‘girilgan. Bu leksema frazema ma’nosini ifodalasa-da,
unda xafa bo‘lish tushunchasining obrazli ifodasi yo‘q.
Holbuki, tarjimon bu o‘rinda
ko‘ngli o‘ksimoq
frazema-
sining qoraqalpoqcha muqobilini topib ishlatsa, tarjima
tabiiylik kasb etardi.
Asarda yana shunday jumla bor: “
Hakimbek bilan
gaplashuvdim, – dedi Ahmad aka xotinining yoniga
o‘tirib, – xuftondan chiqqanda o‘zi og‘iz ochib qoldi” [
2:
23]. O‘zbek tilida u biror narsa haqida gap boshla moq
ma’nosini anglatadi. Tarjimon u ifodalagan ma’noni
qoraqalpoq tiliga leksema bilan o‘girgan:
“Hәkimbek
penensөylesipedim,–dediAhmedhayalыnыңqasы-
naotыrыp,–quptannamazыnanshыqqanыmыzdaөzi
Dostları ilə paylaş: