Anguage and literature



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/65
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195155
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65
uzb-2019 3-son

“Badiiy vaqtning es
-
tetik ahamiyati subyektiv kategoriyalarda muhimligi bilan 
farqlidir.­Shuning­uchun­ham­badiiy­vaqt­masalasi­shoir-
ning dunyoqarashi va hayotga munosabati nuqtayi nazari
-
dan e’tiborga olinishi lozimdir”.
4
 
Shoir Abduvali Qutbiddin 
ijodida badiiy vaqt masalasi turli obrazlarda namoyon 
bo‘ladi. Uning ijodida badiiy zamon masalasining muhim 
jihatlaridan biri 
“tun”
obrazining ko‘p qo‘llanilishidir. Lirik 
asar tabiatida 
“tun”, “yarim tun”, “tong sahar”
badiiy za-
moni poetik g‘oyani ifodalab kelishi bilan birga muallif 
vaqti, sujet vaqti, lirik kechinma mohiyatini ham ifodalab 
keladi. Masalan, 
“Bir qozon atala ag‘dardi kecha”, “Hijron 
qish tuniday cho‘zilganida”, “Yulduz gijinglatgan oqshom 
bir dona”, “Qorong‘u yerda yonib, kul bo‘lib titrasaydim”, 
“Qaydadir tun siyoh kokilin eshar”, “Yulduzlar itlarning 
kechki ovqati”, “Tonggacha chidayman – u yog‘i hayot” 
kabi misralarda tun sujet vaqtini ko‘rsatib kelmaydi, faqat-
gina lirik kechinma tabiatini yoki tuyg‘ularini, oshiqning 
yor vasliga yetolmay hijronda qolganligini,
 “sog‘inchdan 
dili to‘lib buzilgan”
ini va tasavvur olamidagi xayolotni tun 
motivi orqali ifodalab keladi. Modern lirikada hech qa-
chon poetik mushohada umumiylik kasb etmaydi. Aslida 
realizm ning cho‘qqisi hisoblangan modernizm adabiyoti 
faqat an’anaviy uslubdan voz kechishnigina emas, balki 
unda ko‘proq gumanizm g‘oyalari targ‘ib qilinishi bilan ham 
an’anaviy adabiyotdan farq qiladi. Metonimiya, metafora-
dan tashqari modern adabiyotning yetakchi shakllaridan 
biri bu sinekdoxa, ya’ni qism orqali butun yoki butun orqali 
qismni ifodalashdir. Ana shu qism butun asarning g‘oyasini 
yoki muallif kechinmasini tasvir qilish markazi hisoblanadi. 
Xilvat go‘sha,
Olmos shamchiroq
Yoritadi har yoqni bir on.
So‘zlarimni qaydan qidiray?
5
Muallif vaqti epik asarlarga nisbatan lirik asarlarda yaq-
qolroq ko‘rinadi. Epik asarlarda voqelik katta ko‘lamni o‘z 
ichiga oladi va obrazlar xarakteri ko‘p planda yori tiladi. 
Prolog, epilog, peyzaj, lirik chekinish orqali muallif vaqti 
aniqlashadi. Sujet vaqtida muallif vaqti yaqqol ko‘rinmay-
di, yo ortda qoladi yo ilgarilab ketish holati kuzatiladi. Lirik 
janr larda, ayniqsa, hozirgi o‘zbek she’riyatida lirik men 
birin chi o‘rinda turganligi bois, ma’lum bir voqelik aks et-
gan asarlarga nisbatan lirik qahramon o‘z 
“men”
ini tahlil 
qilgan holat ko‘proq uchraydi. Birgina “shamchiroq” so‘zi-
ga muallif juda katta ma’no yuklaydi. Kunduzi tun haqida 
yozish nisbiy tushunchadir. 
“Rido tortib olgan bo‘shliq ilja
-
yar”

“Oy miskin, chorlaydi tilovatlarga”
kabi misralardan 
sujet vaqti ko‘rinib tursa-da, u bevosita muallif vaqti bilan 
ham bog‘lanib ketadi. Muallif vaqtini eng muhim vaqt deb 
olamiz, chunki lirikada haqiqiy asar yozilishi muallif vaqti 
bilan bog‘liq hodisadir. Shoir ijodida muallif vaqtini she’rla-
rining sujet vaqtidan aniqlaymiz. Bu hamma she’rlari 
uchun ham xos bo‘lmasa-da, lekin ijobiy natijalar beradi. 
“Qadalar yelkamga tunning iyagi, Jalojin to‘polon talashar 
sabot”
misralari orqali yoki:
Bu kecha 
Osmon isi kelgan lablaringdan
Laylaklar dardini tinglamoq nasib
Bu kecha
Xizr tayog‘i tekkan
To‘fonning parchasi bizlarga niliy,
6
 –
satrlarida muallif vaqti va sujet zamoni ko‘rinadi. Tun ijod-
kor ijod qiladigan ayni payt hisoblanadi. Tunda muallif o‘z 
xayollariga erk beradi. Tasavvur va tasvir muallif g‘oyasini 
ochib beradi. Noan’anaviy uslub orqali ijodkor kitobxonga 
o‘z kechinmalarini bayon qiladi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin