Onlayn (Онлайн, On-line) - tarmoqqa ulangan holatda ishlash tartibi.
Onlayn texnologiyalar (онлайновые технологии, online technologies) - tarmoq axborot fazosida, haqiqiy vaqtda axborotni sinxron almashuvini ta’minlab beruvchi, xabarlarni kommunikattsiya vositalari: «suhbat kanallari» (chatlar), audio- va videokonferentsiyalar va boshqalar.
Oyna (Окно, Window)- ekranning to’g’ri to’rtburchak shaklida chegaralangan qismi bo’lib, unda dasturlarning ishlashi yoki jarayonlarning borishi ifoda etiladi. Windows operatsion tizimi muhitida bir vaqtda bir qancha oynalar bilan ishlash mumkin. Oyna bilan bajarish mumkin bo’lgan amallarga oynani yopish, bir joydan boshqa joyga ko’chirish, o’lchamini o’zgartirish, yig’ishtirish kabilarni kiritish mumkin.
Ro’yxatga kiritish (регистрация, registration)- foydalanuvchilarni ro’yxatga olish va ularga dasturlar va ma’lumotlarni ishlatishga huquq berish jarayoni. Ayrim web -saytlar foydalanuvchilarga qg’shimcha xizmatlarni olish va pullik xizmatlarga obuna bo’lish uchun ro’yxatdan o’tishni, ya’ni, o’zi haqida qandaydir ma’lumotlarni xabar qilishni (anketa tg’ldirishni) va login va parol olishni taklif qiladilar. Ro’yxatga kiritish varaqasini to’ldirganingizdan so’ng, sizning ma’lumotlaringiz sayt egalariga kelib tushadi. Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tganda, uning uchun «akkaunt» (account) deb ataluvchi – hisob yozuvi yaratiladi, foydlanuvchiga tegishli turli axborot saqlanadi, masalan, sayt uchun uning sozlashlari, pullik xizmatlarni iste’mol qilgani haqida ma’lumotlar va boshqalar.
Ro’yxatga olingan fayllar turi (Зарегистрированный типа файлов, Registered type of the files)- tizimli reestrga kiritilgan fayllar turi bo’lib, ular Kompyuterga o’rnatilgan dasturlar tomonidangina anglanadi.
Sahifa (страница, page) - noyob manzilga ega bo’lgan, ko’rish dasturi yordamida ochib ko’rilishi mumkin bo’lgan hujjat. WWW sahifalardan iborat. Odatda, bu matn, grafika, tovush, video yoki animatsiya, boshqa hujjatlarga gipermurojaatlarni o’z ichiga olgan ko’ptashuvchi hujjatlardir.