Web-dastur (Web- приложения, Web-program) - Web-serverlarda ayrim amallarni avtomatlashtirish maqsadida qo’llaniladigan dasturiy vositalar. Dasturlar mijozserver arxitekturasida yaratiladi. Bunday dasturlarga: ISAPI, CGI, ASP, JSP, WAPlarni kiritish mumkin.
Web-interfeys (web- интерфейс, web-interface) - foydalanuvchiga web - brauzer orqali turli dasturlar bilan o’zaro ishlash imkonini beruvchi interfeys (masalan, o’z buyurtmasini boshqarish Internet do’konida yoki tarmoq printerini sozlash). Web - interfeyslarining qulayligi shundaki, ular bitta ofisda joylashmagan xodimlarga birgalikda ish yuritish imkonini beradi. Masalan, web - interfeyslar turli ma’lumotlar bazalarini to’ldirish yoki Internet OAV da materiallarni chop etish uchun ishlatiladi.
Web-server (Web- сервер, Web-server)- www doirasida faoliyat ko’rsatuvchi server. Web-sahifalarni saqlaydi hamda tashqi serverlardan kelayotgan so’rovlarga javob beradi.
Web-usta (web – мастер, webmaster) - 1. Web-sahifalarni loyihalashtirish, yaratish va bezash bilan shug’ullanuvchi shaxs. Web - usta Internet texnologiyalari bo’yicha bilimlar majmuasi va rassom-bezaklovchi tajribasiga (kompozitsiya, dizayn) ega bo’lishi lozim. 2. Saytning tashqi ko’rinishi va ishi uchun javobgar kompaniya xodimi. Web - usta deganda turli-tuman majburiyatlar doirasi tushuniladi – kichik oddiy sayt uchun sahifalashtiruvchidan tortib dizayner va tizim ma’murigacha. Internet foydalanuvchilari uchun web - usta bu sayt va kompaniya domeniga bog’liq barcha masalalar bo’yicha aloqada bo’ladigan shaxsdir.
WWW (Всемирная Паутина, World Wide Web)- Internetning xizmat turi bo’lib, dunyo bo’ylab joylashgan Web-serverlardagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini beradi; Internetda mavjud bo’lgan elektron hujjatlar orasida gipermurojatlarni tashkillashtiruvchi xizmat.
Xavfsizlik (Безопасность, Safety)- Kompyuter va tarmoqdagi ma’lumotlarni buzilish va yo’qolishdan saqlash hamda foydalanuvchilar uchun chegaralangan foydalanish huquqini belgilash.