Aniq fanlar yo’nalishi bo’yicha fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish va steam yondashuvini samarali tatbiq etish haqida Ma’lumot



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə3/6
tarix20.11.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#162885
1   2   3   4   5   6
3-мезон буйича

Metod birlashma rahbari: O.Xayrullayeva

Toshkent viloyat Bo’ka tumani


12-umumiy o’rta ta’lim maktabining Aniq fanlar metodbirlashmasi o’qituvchilariga “Fanlaraoro integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvini samarali tadbiq etishdagi faolligi” to’g’risida metodbirlashma rahbari
Xayrullayeva Oydin tomonidan 3-4 choraklar uchun


MA’LUMOTNOMA

Matematika fani o’qituvchilarini tayyorlaydigan o’rta ta’lim muassasasining asosiy vazifasi shunday ta’lim muhitini yaratishdan iboratki, u jamiyat manfaatlari yo`lida zamonaviy, yuksak pedagogik mahoratga ega, innovatsion faoliyat olib borishga qodir bo`lgan o`qituvchini tayyorlashga yo`naltirilgan bo`lishi kerak. Shu nuqtai nazardan, bo`lajak matematika o`qituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorlashni bakalavriatning birinchi bosqichidanoq boshlash maqsadga muvofiq. Jumladan, talabalarda yangilikka intilish hissini uyg`otish, mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish o`qishning dastlabki yillaridanoq boshlansa, u holda 3-bosqichda pedagogik-psixologik turkum fanlarini bo`lajak matematika o`qituvchisini innovatsion faoliyat olib borishga yo`naltirib o`qitish, 4-bosqichga kelib esa ularga yangiliklarni mustaqil ravishda izlab topish, relevant axborotlarni tanlab olish va amalga tatbiq etish ko`nikmalarini shakllantirish lozim bo`ladi. Bu bosqichlarning barchasini amalga oshirish jarayonida shaxsga yo`naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy manbalarning nazariy tahlili shuni ko`rsatdiki, shaxsga yo`naltirilgan ta’lim talabalarda mustaqil o`rganish, kommunikativlik, kognitivlik, kreativlik, o`z-o`zini rivojlantirish va namoyon qilish (ekzistentsiallik) kabi qobiliyatlarni rivojlantirishga imkon yaratadi.



Fanlararo aloqada o‘quvchining ma’lum bilimlami o‘zlashtirish jarayonida u yoki bu muammoni imkon qadar chuqur anglash hamda olingan bilimlami amaliyotga samarali joriy etishiga imkon berish maqsadida о‘quv fanlari orasida o‘matiladigan aloqa nazarda tutiladi. Integratsiya esa fanlararo aloqaga, ya’ni umuman fanlar, o‘quv fanlari, ulaming bo‘lim va mavzulari bo‘yicha olingan bilimlarga tayanilgan holda o‘rganilgan masalaga xos bo‘lgan yetakchi g‘oyalar hamda hodisalaming izchil, har jihatdan chuqur hamda serqirra ochilishi demakdir. Biror muammoning yechimini fanlararo aloqaga asoslangan holda integratsion o‘rganish uchun o‘qituvchi, avval maqsadni aniq belgilab olishi, o‘rganiladigan materialni qayta qarab chiqishi, uning samarali o ‘zlashtirilishi uchun mos metodlami tanlashi, dars jarayonini tashkil etishning shakli va zaruriy ashyolarini aniqlashi va olinadigan natiialami oldindan belgilab chiqishi taqozo etiladi.
Umumiy ta’lim mazmuni o‘quvchilarni har tomonlama ruhiy rivojlanishga, ularda turli xil tafakkurni shakllarini rivojlantirishga qaratilgan. Har bir o‘quv predmetini o‘rganish bolaning materialni anglash jarayonini, uni eslab qolishni, ta’sirchanlikni faollashtiruvchi, tafakkurni, nutq va tasavvurni rivojlantiruvchi ruhiy diqqatni yaratishga imkon beradi. Ayniqsa, bilish jarayonidabir-biribilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tafakkurning turlarini rivojlantirish juda muhimdir. O‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishda fanlararo bog‘lanish, ya’ni uzviyliknita’minlash buqunqi kunninq enq dolzarb masalalaridan biridir. Chunki fanlararoaloqadorlik ta’minlanqan holda, darsni tashkil qila olqan o‘qituvchi o‘quvchilarda o‘zining faniqa bo‘lqan qiziqishini oshiribqina qolmasdan, mazkur fanni o‘zlashtirishqa yordam beradi. Fanlararo aloqadorlikni tizimli tarzda amalqa oshirish natijasida o‘quv-tarbiya jarayonining aloqadorliqi sezilarli darajada ortadi. O‘quvchilarda fikrlash ko‘nikmalari shakllanadi. Shu bilan bir qatorda, o‘quv fanlariga oid bilim va qiziqishlarini rivojlantirishning muhim shartidir. Fanlararo aloqadorlikning mazmuni va materiallar hajmi maktab matematika kursida o‘quv dasturi orqali aniqlanadi. Har bir fan o‘qituvchisining u yoki bu fanning o‘zaro bog‘liqligini o‘z o‘quvchilariga tushuntirishi va o‘quv jarayonida undan mohirona foydalanishi o‘qitish metodikasida ilgaridan ma’lum.
Ta’limni takomillashtirishdagi turli yondoshuvlar, fanlarni o’qitishda integratsiya va uni qo’llash muammolari bo’yicha ilmiy-metodik ishlarni tahlil qilish natijasida bo’lajak matematika fani o’qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishda integrativ yondoshuvni tatbiq etish bo’yicha ilmiy izlanishlarga zarurat mavjud. Integratsiya – tizimning, bir butun fanning bir-biridan farq qiluvchi alohida bo’limlarining o’zaro bog’langanligini anglatuvchi jarayondir. Jamiyatning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, ta’lim sohasiga ham o’z ta’sirini o’tkazishi ta’lim mazmuni, o’qitish metodlari va texnologiyalariga ham o’zgarishlar kiritishni talab etmoqda. Ta’lim mazmunini integrativ yondoshuv asosida muntazam yangilab boorish muhim ahamiyat kasb etadi. Fan va texnologiyalarning jadal taraqqiyoti sababli milliy axborotlar hajmi keskin oshayotgan bugungi kunda o’quv jarayoniga axborot-komunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ommalashtirish dolzarb masaladir.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin