Metod birlashma rahbari: O.Xayrullayeva
MATEMATIKA FANI O’QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA FANLARARO INTEGRATSIYANING ASOSLARI
Ta’lim jarayonini integratsiyalash, uning metodik asoslarini o’rganish, shakl va metodlarini ishlab chiqish, davlat ta’lim satandarti va uzluksiz ta’lim tizimi bilan bog’liq dolzarb masaladir. Bugungi yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimining integratsiyasi bozor iqtisodiyoti o’zgarishlari talablariga mos kelishi, o’quv jarayononing moddiy-texnik va axborot bazasi bilan yetarlicha ta’minlash, talim jarayoniga yuqori malakali pedagogik kadrlarni jalb qilish, sifatli o’quv-metodik ishlanmalarni tayyorlash, ta’lim tizimi va ishlab chiqarish o’rtasida o’zaro integratsiyani yo’lga qo’yish muhim masalalardan bo’lmoqda. Kadrlar tayyorlash sifati va ularning bandligini ta’minlashda tarmoqlararo integratsiyani amalga oshirish bosqichlarini ishlab chiqish uchun, eng birinchi ijtimoiy, kasbiy ehtiyoj va talablardan kelib chiqqan holda, integratsiyadan ko`zlanadigan pirovard maqsadlar, ularni amalga oshirish uchun qo`yiladigan vazifalar, vazifalarni hal qilishning usul va vositalari atroflicha va puxta tahlil qilinadi. Tarmoqlararo integratsiya bosqichlarini amalga oshirishda kadrlar tayyorlash sifati va ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan tarmoqlararo integratsiya asoslarini yaratish; tarmoqlar uchun kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarining integratsiya strategiyasini ishlab chiqish va uni optimal mexanizmlar, usul va vositalar orqali amalga oshirib borish; mehnat va ta’lim xizmatlari bozoridagi rivojlanish tendentsiyalari, talab va taklif dinamikasi. tarmoqlardagi tarkibiy o`zgarishlarning integratsiyaga ta’siri monitoringi mezonlarini joriy qilish; oliy ta’limda marketing faoliyatining tashkiliy-huquqiy jihatlarini qayta ko`rib chiqish va takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari boshqaruvida integratsiya yondashuvi imkoniyatlaridan samarali foydalanishni amalga oshirish.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda yashirin aloqadorlik va bog`lanishlarni aniqlay bilish, fanlararo bog`lanish, ya`ni uzviylikni ta`minlash bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan biridir. Chunki fanlararo aloqadorlik ta`minlangan holda, darsni tashkil qila olgan o`qituvchi o`quvchilarda o`zining faniga bo`lgan qiziqishini oshiribgina qolmasdan, mazkur fanni o`zlashtirishga yordam beradi. Fanlararo aloqadorlikni tizimli tarzda amalga oshirish natijasida o`quv-tarbiya jarayonining aloqadorligi sezilarli darajada ortadi. Shu bilan bir qatorda, o`quv fanlariga oid bilim va qiziqishlarini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. O`quv materialini mavzular bo`yicha tahlil etish yo`li bilan turli o`quv predmetlarini qaysi mavzulari bir- biri bilan aloqadorligi yuzaki ravishda aniqlansa, tarkibiy tahlil etish orqali o`quv materialini tashkil etuvchi tushunchalari, dalillari, qonuniyatlari, hukm, xulosalari, tasavvurlari orasidagi aloqadorlik o`rnatiladi. Fanlararo aloqadorlikning qanday shaklda qayd etilishi undan foydalanuvchining imkoniyatlariga bog`liq.
Fanlararo aloqadorlikni nafaqat alohida o`quv fanlarining, balki o`qituvchi va o`quvchilarning ham o`zaro xatti-harakatlari deb, ya’ni o`quv jarayoni barcha elementlarining tizimi sifatida olib qarash bilan kengroq talqin qilish lozim. O`quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning ahamiyati va o`rnini belgilash uchun ularning aloqalarni tasniflash zarur, chunki, tizimli yondashuv bu aloqadorlikning nafaqat ko`p qirraliligini, balki ularning namoyon bo`lishi hamda ulardan qanday hollarda foydalanish metodlarini ham aniqlashga imkon beradi.
O‘quv fanlararo aloqadorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyati o‘quvchilar uchun bir qadar murakkablik kasb etadi. Bunda boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha dastlabki uy vazifalari, darsda bir darslik materiallari asosida takrorlash daqiqalari, sxematik ko‘rgazmalilikdan foydalanish kabilarga ahamiyat beriladi. O‘quv fanlararo aloqadorlikni ta’minlash asosida o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga erishish o‘quv fanlararo aloqadorlikni maqsadga muvofiq tarzda ta’minlash imkonini beradi.
O ‘quv fanlararo aloqadorlikni ta’minlash asosida uy vazifasini bajarishga ham umumiy talablar qo‘yiladi. Bunday mustaqil, individual mashg‘ulotlar ilmiylik va tushunarlilik kabi yo‘nalishlarga ega bo‘lishi, ta’lim mazmunining hayotiyligi, amaliyot bilan bog‘liqligini ta’minlash, o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlarini jadallashtirishi kerak. O‘quv fanlararo aloqadorlikka tayangan holda ilg‘or pedagogik texnologiyalar, muammoli masalalar yechish, kitob bilan mustaqil ishlash, ko‘rgazmalilik kabi o‘qitishning turli shakllaridan keng foydalanishlari lozim.
Matematika fani o’qituvchilarini tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifasi shunday ta’lim muhitini yaratishdan iboratki, u jamiyat manfaatlari yo`lida zamonaviy, yuksak pedagogik mahoratga ega, innovatsion faoliyat olib borishga qodir bo`lgan o`qituvchini tayyorlashga yo`naltirilgan bo`lishi kerak. Shu nuqtai nazardan, bo`lajak matematika o`qituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorlashni bakalavriatning birinchi bosqichidanoq boshlash maqsadga muvofiq. Jumladan, talabalarda yangilikka intilish hissini uyg`otish, mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish o`qishning dastlabki yillaridanoq boshlansa, u holda 3-bosqichda pedagogik-psixologik turkum fanlarini bo`lajak matematika o`qituvchisini innovatsion faoliyat olib borishga yo`naltirib o`qitish, 4-bosqichga kelib esa ularga yangiliklarni mustaqil ravishda izlab topish, relevant axborotlarni tanlab olish va amalga tatbiq etish ko`nikmalarini shakllantirish lozim bo`ladi. Bu bosqichlarning barchasini amalga oshirish jarayonida shaxsga yo`naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy manbalarning nazariy tahlili shuni ko`rsatdiki, shaxsga yo`naltirilgan ta’lim talabalarda mustaqil o`rganish, kommunikativlik, kognitivlik, kreativlik, o`z-o`zini rivojlantirish va namoyon qilish (ekzistentsiallik) kabi qobiliyatlarni rivojlantirishga imkon yaratadi.
Texnika oliy o`quv yurtlarida matematika fanlari ta’limi orqali kasbga yo`naltirish muammosiga bag`ishlangan tarixiy–pedagogik, psixologik–pedagogik va ilmiy- metodik adabiyotlarning tahlili shuni ko`rsatadiki, kasbga yo`naltirilgan ta’limni amalga oshirish uchun matematika fanlari tayyorgarligini mukammallashtirish istiqbolli yo`nalishlardan biri hisoblanadi.
Metod birlashma rahbari: O.Xayrullayeva
Dostları ilə paylaş: |