Fanni oʼqitishdan maqsad – talablarga psixologiya fanini vujudga kelishi va rivojlanishi haqidagi bilimlar, psixologiyaning mustaqil fan sifatida tarkib topishining tarixiy ildizlari hamda Oʼzbekistonda va jahonda psixologiyani rivojlanish yoʼlidagi yoʼnalishlar va maktablar haqidagi maʼlumotlarni tahlil eta olish koʼnikmalarini shakllantirish.
Fanning vazifasi:
– psixologiya tarixi boʼyicha bilimlarni dolzarblashtirish va mazkur predmet boʼyicha yangi bilim olishga boʼlgan motivatsiyani shakllantirish;
– psixologiya fanini xronologik jihatdan asoslovchi maʼlumotlarni talqin eta olishga qaratilgan koʼnikmalar rivojlantirish;
– jahon va Vatanimiz tarixida yuzaga kelgan ilgʼor psixologik gʼoyalarni tarixiy jarayon sifatida taqdim etish;
– oʼtmish allomalari, buyuk psixologlar tarjimai holi boʼyicha keltirilgan maʼlumotlar aosida, ilmiy psixologiyaning oʼziga xos xususiyatlarini koʼrsatib berish;
– psixologik bilimlar haqidagi maʼlumotlarni rasmiylashtrishga va ular asosida tavsiyalar taqdim etishga oʼrgatishdan iborat.